10-mavzu. Marketingning nazariy asoslari



Yüklə 382,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix31.03.2023
ölçüsü382,37 Kb.
#91766
  1   2   3   4   5   6   7   8
10-мавзу



10-MAVZU. MARKETINGNING NAZARIY ASOSLARI 
10.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati 
10.2. Marketingning maqsad va vazifalari 
10.3. Marketing konsepsiyalari va ularning yevolyusiyasi 
10.4. Marketingning funksiyalari va tamoyillari 
Tayanch so‘z va iboralar: Marketing, bozor, bozor elementlari, talab, taklif, narx, 
ehtiyoj, hohish, muhtojlik, ayirboshlash, bitim, marketing konsepsiyasi, marketing-miks, 
marketing evolyusiyasi.
10.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati 
Marketing - bu bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama 
dastlab 1902 yilda AQSHda paydo bo‘lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning 
ko‘pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing ("marketing") - "bozor bilan 
bog‘liq faoliyat" ma’nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir.
Marketing - ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson 
faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan 
harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.
Marketing - murakkab, dinamik, ko‘p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman 
universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. So‘nggi yillarda chop etilgan 
marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda ko‘p ta’riflari berilgan. Ulardan ba’zi 
birlarini keltirishni lozim topdik. 
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta’rifini quyidagicha 
ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash asosida ayrim 
olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va 
boshqaruv jarayonidir". 
Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning 
ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q 
qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o‘rganish va tushunishdan 
iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o‘zini-o‘zi 
sotadi". 
Amerika Marketing Assosiasiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi esa 
quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish 
maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx 
belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir". 
Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu bilan bir 
qatorda marketing bozor munosabatlari sub’yektlarining biznes falsafasi, fikrlash 
strategiyasi va taktikasi faoliyati yekan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Demak, marketing 
bir vaqtning o‘zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni" yekan. Hozirgi bozor 
iqtisodiyoti yuqori darajaga ko‘tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar 
ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo‘lgan jarayonlarda yaqqol 
ko‘rinmoqda. Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq 
o‘zining "Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste’molchining talabini 
qondirishdan boshqa qayg‘usi yo‘qdir - deb yozgan edi. 
"Marketing" atamasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida XIX asrning boshlarida vujudga keldi 
va 50-yillardan boshlab boshqaruvning yetakchi omili sifatida qo‘llanila boshladi. 
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga 
mo‘ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo faoliyatlarini tashkil qilish va 


boshqarish tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Ishlab chiqarish va umuman xo‘jalik yuritishga 
marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z 
ichiga oladi. Bu bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini 
aniqlashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus 
usullarini qo‘llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi to‘g‘risida axborotlar topib
korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid 
qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy yo‘nalishlarni 
tashkil qiladi. 
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar quyidagilar 
bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol 
tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini 
shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va 
hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va rejalashtirishdan nima 
bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman 
hisobga olinmas edi. Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga 
almashinadigan va aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul 
oqimining ham aniq manzilli bo‘lishini talab qiladi. 
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar moslashishni va 
davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning 
samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni 
oshirishga asoslangan, o‘zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
qilishni har vaqt talab qiladi.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va maqsadlarini, 
jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va 
makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi. 
Respublikamiz o‘zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat bozor 
mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi vaqtdagi tovar-pul 
munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham ishontirmoqda. 
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki talabga ta’sir 
ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta’sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu 
aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar 
qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu 
bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga 
kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi.

Yüklə 382,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin