Guruh: 1mts -23 Bajardi: Mavlanova Z. A



Yüklə 23,55 Kb.
səhifə2/3
tarix18.12.2023
ölçüsü23,55 Kb.
#184321
1   2   3
Multimediaviy ta’limning dasturiy texnik vositalari va ulardan amaliyotda

Tamoyil

Tavsifi

Multimedia

Matn va grafikadan foydalangan holdagi ta'lim faqatgina matndan foydalangan holdagi ta'limdan yaxshiroq.

Fazoviy bog’liqlik

Matn va grafikadan foydalangan holda olib borilayotgan ta'limda grafikaning va izohlovchi matnning yonma-yon joylashtirilishi maqbul.

Vaqt bo’yicha bog’liqlik

Matn va grafikadan foydalangan holda olib borilayotgan ta'limda grafika va izohlovchi matnning ekranda biridan so‘ng biri emas, balki bir vaqtning o‘zida aks ettirilishi yaxshiroq.

Mantiqiylik

Ta'lim jarayonida matn, grafika yoki ovozlarning haddan ziyod ortiq bo‘lmaganligi ma'qul.

Modallik

Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan izohlanishidan ko‘ra suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroqdir

Haddan ziyod ortiqlilik

Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan izohlanishidan ko‘ra suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroqdirTa'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning ham suxandon ovozi, ham matn bilan izohlanishidan ko‘ra faqat suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroq.

Hususiy farqlari

Ushbu tamoyillarning samarasi o‘quvchilarga yuqori darajadagi bilimlarni berishdan ko‘ra boshlang‘ich bilimlarni berishda hamda hududiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan hudud o‘quvchilaridan ko‘ra bir-biridan juda ham olisda joylashgan o‘quvchilarni o‘qitishda sezilarli darajada namoyon bo‘ladi.

1-jadval: Meyer bo‘yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari.
Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‘tish imkonini beradi.
Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o’zatish uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma’lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgachao‘rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim modeliga diqqati ko‘p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg‘u beriluvchi falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog‘langan
Shaxsga yo‘naltirilganta'lim shunday ta'limki, u: • Ta'lim oluvchiga yo‘naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy qadriyati sifatida e'tibor qaratilgan; • Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va shakllantirishga, tafakkurini rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor shaxs sifatida yetilishiga, o‘rganishga bo‘lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning zehnini, kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi; • yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan.

Yüklə 23,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin