Guruh: 1mts -23 Bajardi: Mavlanova Z. A

Yüklə 23,55 Kb.
səhifə1/3
tarix18.12.2023
ölçüsü23,55 Kb.
#184321
  1   2   3
Multimediaviy ta’limning dasturiy texnik vositalari va ulardan amaliyotda

Mavzu:Multimediaviy ta’limning dasturiy texnik vositalari va ulardan amaliyotda foydalanish haqida tushuncha
Guruh: 1MTS -23
Bajardi: Mavlanova Z.A
Tekshiruvchi: D.Davlatova
Toshkent-2023
Multimediaviy ta’limning dasturiy texnik vositalari va ulardan amaliyotda foydalanish haqida tushuncha
Reja:
1. Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari.
2. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli

Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – Shepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 1. Muqobil istiqbollar 2. Faol ishtirok 3. Tezkor ta'lim olish 4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish 5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari 6. Tizimli ravishda tushuna borish 7. YUqori darajadagi tafakkur 8. Mustaqillik va e'tiborlilik 9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish 10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari

Matn va videoning onlayn usulidagi trening jarayonida birga ishlatilishi. Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing ma'lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Learning Peaks firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, sotuv bo‘yicha onlayn usulidagi trening ekrani ko‘rsatilgan. Ushbu misolda ekranning o‘ng tarafidagi matnda, videoda ko‘rsatilayotgan jarayonga qisqacha sharh berib o‘tilgan. Multimedianing samaralilik prinsiplariga ko‘ra (Meyer bo‘yicha), ta'limning muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga yonma-yon joylashgan bo‘lishi zarur.
Quyidagi Xede va Xede (Hede and Hede) modelida multimedia resurslari vositasida o‘qitish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar va ularning o‘zaro ta'siri ta'riflangan
Video (matn, rasm, video, animatsiya) Audio (suxandon ovozi, yo‘riqnomalar, replikalar, musiqa) Diqqat. Ishchi xotira (ma'lumotlarga ishlov berish) (modal effektlar, ikkilik kodlash, kognitiv qayta yuklash, takrorlash, kognitiv ulanish) Davomli xotira (me'yoriy talablarga oid bilimlar, shartli bilimlar, jarayonga oid bilimlar) O‘qitish. – doira ichida: O‘quvchilarni (o‘quv jarayonini) boshqarish (vazifa uchun vaqt, o‘zaro faollik, navigatsiya) Motivatsiya (tashqi, ichki). O‘qitish stili (yo’zaki/chuqur, tashqi omillarga bog‘liq/tashqi omillarga bog‘liq emas, faol/sust, vizual/verbal, “Kolb”ning 4 stili). Kognitiv jalb etish. Salohiyat (umumiy, spetsifik)
Refleksiya. Ushbu model ishlab chiqaruvchilarga qaysi omillar multimedianing ta'lim jarayoni uchun u yoki bu darajada samarali bo‘lishini hisobga olishda yordam beradi. Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‘qitish natijalarining to‘laqonli bo‘lmasligi va ushbu nomukammallik modelning ko‘pgina omillari bo‘yicha yo’z berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Multimedia resurslarining samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining ta'sir etishi mumkinligi bois, Layoning xulosalari umumiy pedagogik dizaynning qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ta'kidlash mumkinki, multimedia resurslari ta'lim jarayoniga juda ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, lekin ushbu resurslarni yaratishga e'tibor bilan yondashish zarur.
Ta'lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi? Samarali ishlab chiqilgan ta'lim muhiti (shu jumladan, multimediali ta'lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Axborotlarni aks ettirish.
2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‘yicha qo‘llanma.
3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar.
4. O‘tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqich (qadam)ga o‘tish zarurligini aniqlash uchun o‘zini baholash.
Ushbu to‘rtta element elektron o‘quv resurslaridan foydalangan holdagi ta'limda yoki an'anaviy ta'lim turlari bilan bo‘lgan kombinatsiyalarda ishlatilishi mumkin. Elementlarning barchasini multimediasiz ishlatish mumkinligiga qaramasdan, multimediada ushbu elementlardan foydalanish ularni yanada samaraliroq va muhimroq qiladi. Meyerning tadqiqotlaridan ma'lumotlarni keltirishdan maqsad, agar quyidagi prinsiplarga rioya qilinsa, axborotlarni xotirada saqlab qolishga va o’zatishga multimedia qanday ta'sir etishini ko‘rsatishdir. Ushbu prinsiplar o‘z avvalini ishchi xotiraning chegaralanganligi haqidagi fikrlar va o’zoq muddatli xotirada kodlash prinsiplari to‘g‘risidagi ilm-fan tasavvurlaridan boshlagan.

Yüklə 23,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin