O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari



Yüklə 78,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü78,18 Kb.
#182553
  1   2
o-zbekistonda-moliya-bozorini-rivojlantirishning-istiqbolli-yo-nalishlari (1)



O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli 
yo’nalishlari 
 
Bekzodjon Mavlon o’g’li Xamidov 
Jasur Xamrabayevich Razzoqov 
TMI 
 
Annotatsiya:
Maqolada moliya bozorining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni 
va ahamiyati, uning istiqboldagi asosiy yo’nalishlari keng yoritib berilgan. Moliya 
bozorini rivojlantirish sharoitida O’zbеkıston fond birjasi faoliyatini takomillashtirish 
istiqbollari ko’rib chiqilgan. 
Kalit so’zlar:
moliya bozori, moliya instrumentlari, fond birjasi, qimmatli 
qog’ozlar bozori, real investitsiya, bozor kapitalizatsiyasi, strategiya, valyuta bozori, 
korporativ boshqaruv, moliyaviy resurslar.
Prospective directions of financial market development in 
Uzbekistan 
Bekzodjon Mavlon oglu Khamidov 
Jasur Khamrabayevich Razzokov 
TFI 
Abstract:
The role and importance of the financial market in the country’s 
economy, its main directions in the future are widely explained in the article. Prospects 
for improving the activity of the stock exchange of Uzbekistan in the context of the 
development of the financial market were considered. 
Keywords: 
financial market, financial instruments, stock exchange, stock market, 
real investment, market capitalization, strategy, foreign exchange market, corporate 
management, financial resources. 
KIRISH 
Zamonaviy iqtisodiyotda qimmatli qog’ozlar bozori juda muhim o’rin egallaydi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat 
yurgizish bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional isloxotlar o’tkazilishi 
lozimligi ayni haqiqatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond bozoridagi qimmatli 
qog’ozlardan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy 
tizim sifatida muxim axamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar 
iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo’ladilar. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
957


Jahon tajribasi ko’rsatmoqdaki, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etish 
darajasi hamda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromadning yuqoriligi bilan 
bog’liq eng muhim ko’rsatkichlar, jumladan, (moliya bozorida muomalada bo’lgan 
qimmatli qog’ozlar turlarining ko’pligi va likvidlilikning yuqoriligi, aktsiyadorlik 
jamiyat 
(AJ)larida 
yuqori 
dividend 
siyosati, 
birja 
savdo 
tizimlarining 
takomillashganligi) moliya bozorining yuqori darajada rivojlanganligi, xususan, 
qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) kapitalizatsiyasining yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
hajmiga nisbatan ulushining yuqoriligi bilan izohlanadi.
ASOSIY QISM 
Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorini xalqaro miqyosda 
rivojlantirish, investitsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan masalalarning 
echimiga erishish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari 
asosida moliya bozorining milliy va xalqaro tizimlarini rivojlantirishga urg’u 
berilmoqda hamda uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda.
1
Ammo, yirik 
kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushining yuqoriligi, 
moliya bozori orqali investitsiya jalb etishni takomillashtirish, moliyaviy instrumentlar 
likvidliligini oshirish, jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali 
moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish, qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi 
bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb ahamiyatga 
ega. 
Ma’lumki, O’zbеkiston iqtisodiyotda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan 
tuzilmaviy o’zgarishlar, eng avvalo fond bozori bilan bеvosita bog’liq bo’lib 
kеlmoqda. Chunki Rеspublikada rеjalashtirilgan invеstitsiya programmasini amalga 
oshirishda o’tish davriga xos bo’lgan moliyaviy rеsurslarning chеgaralanganligi 
sеzilmokda. Shuning uchun ham fond bozorining qimmatli qog’ozlaridan samarali 
foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan foydalanish muxim masalalardan biri 
bo’lib kolmoqda. 
Hozirgi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy tarmog’i 
bo’lib kelmoqda. Bundan ko’rinib turbdiki, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish 
iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir. Hozir jahon fond bozorlari bir qancha muammoli 
holatlar vujudga kelmoqda. Prеzidеntimiz bu muammolar haqida quyidagi fikrlarini 
bildirganlar: - “Muhim masala - yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada 
rivojlantirish uchun Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish 
markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Biz bo’sh turgan davlat mulki 
obyektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni 
davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer 
uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish 
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini oʻrganish va keng 
jamoatchilik oʻrtasida targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy-ommabop qoʻllanma. – T.: «Maʼnaviyat», 2018. 189-b. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
958


zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat 
aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi. 2018-yilda bank tizimi 
faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar 
bilan tadbirkorlik subyektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik 
munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Valyuta 
bozorini isloh qilishga qarshi bo’lgan ayrim “ekspertlar”ning ikkilanishi va 
“maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani 
liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu 
sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni 
rivojlantirish manfaatlariga to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki 
berishi lozim”.
2
Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya 
bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami 
qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar 
kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi»
3

Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda 
moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda 
moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini 
ko’rsatmoqda. 
Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor 
insoniyat jamiyatida pulning paydo bo’lishi va u bilan bog’liq bozor munosabatlarini 
amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko’rish mumkin. Asrlar davomida moliya 
bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib 
kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini 
boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va 
qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o’sib, 
ularning xaq-xuquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir.
Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi. 
Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, 
borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o’z muhitiga 
ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo’luvchi 
murakkab tizim ekanligi aniq bo’lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy 
iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati 
quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.
Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta’riflash mumkin.
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va 
O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
murojaatnomasi. 
3
Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayonoti. 2019-yil 7-oktyabr. 
http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
959


Moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent 
moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq tashkillashgan iqtisodiy - xuquqiy mexanizm 
bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub’ektlari 
uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo’luvchi 
tizim.
“Moliya bozori - pul kapitalining harakatlanishi bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlar va institutlar majmuidir”.
“Moliya bozori - moliyaviy vositalardan foydalangan holda moliyaviy bitimlarni 
amalga oshirish sohasi”.
“Moliya bozori - ortiqcha mablag’larga ega odamlardagi pul mablag’larini pul 
mablag’lari yetishmayotganlarga o’tkazib berishga xizmat qiluvchi bozor”. 
Moliyaviy resurslarni jalb qilishda foydalanuvchi usullarni asoslashda nazariy va 
amaliy yondashuvlarni tahlil qilish mahalliy, milliy va jaxon kapital bozorlariga 
nisbatan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
-
birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy 
menejmentning maqsadlariga mos ravishda farqlanadi;
-
ikkinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari kapital bozorining 
segmentlari va turlari bo’yicha o’z xususiyatlariga ega;
-
uchinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy vositalar 
asosida aniqlanadi;
-
to’rtinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari quyidagi parametrlar: 
moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadlari, hajmi va shartlari, kompaniyaning 
tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlariga bog’liq.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy 
instrumentlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning 
korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o’zaro munosabatlari shakllanadi. 
O’z navbatida, segmentlar o’zaro ta’sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish 
qimmatli qog’ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o’rta, zaif) uch turdagi o’zaro 
bog’liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi.
Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni 
uning tovari hususiyatlari bilan bog’liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini 
hisobga olsak hamda, agar ko’rilayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib 
chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo’lsak, albatta 
sezilarli farq namoyon bo’ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi 
uchun ularga hos bo’lgan bozor zarur, qimmatli qog’ozlar uchun esa faqat moliya 
bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori 
bo’lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir 
necha marotaba oldi-sotti bo’ladi, qimmatli qog’ozlar esa cheklanmagan martta oldi-
sotti bo’lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
960


chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog’oz) esa muomalaga 
chiqariladi.
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy 
va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda 
moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo’lishi 
bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, 
umuman iqtisodiyotning ob’ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi. 
Oʻzbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada 
oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Przidentining 
topshirig’iga asosan
“2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqish 
borasida mas’ul davlat organi va tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Shuningdek, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorining qimmatli 
qog’ozlar bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini 
hisobga olsak, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorini institutitsional va infratuzilmaviy 
jihatdan yanada rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta koʻrib chiqish, fond 
birjasi va elektron savdo tizimlaridagi komission yig’imlar tarifini engillashtirish, 
xususiylashtirish jarayonlarida AJlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin 
savdosini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etish 
kapital bozorining tuzilmasi, fond birjasi hamda markaziy depozitariyning 
funktsiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing xususiyatlari, korporativ boshqaruv 
asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing vositalari, loyihani boshqarish 
bo’yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratish, shuningdek, bu boradagi 
muammolarni hal etish bilan chambarchas bog’liqdir.
Tahlillar ko’rsatishicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan 
o’xshash jihatlardan biri likvidlilikning etishmasligidir. Vaholanki, likvidlilik har 
qanday iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi omil bo’lib, bunda bir-biri bilan bog’liq 
shunday jarayon kuzatiladiki, chet ellik sarmoyador kompaniya likvidli bo’lsa, unga 
investitsiya jalb qiladi, ayni paytda korxonaga sarmoya kiritmay turib, likvidlilikni 
oshirish mushkul. Aynan shu o’zaro bog’liqlikni ta’minlash yoki boshqarish 
professional yondashuvni talab etadi. 
Moliya bozorini samarali tashkil etish va boshqarishda tartibga solish jarayoni 
juda muhim, ammo u haddan tashqari qat’iylashtirilmasligi zarur. Ushbu bozor 
rivojlanishi uchun uning ishtirokchilari ko’lamini kengaytirish va bu jarayon listing 
talabiga javob bermaydigan korxonalar hisobiga amalga oshirilmasligi darkor.
Birjada emitentlar ortib, ular tomonidan obligatsiya va aktsiyalar muomalaga 
chiqarilsa va daromadli bo’lsa, ularni sotib olishga qiziqish kuchayadi. Natijada YaIM 
hajmida banklar va birja ulushlarining balanslashuvi ta’minlanadi. Shuningdek, moliya 
bozori rivojida aholi o’rtasida moliyaviy madaniyatni oshirish ham o’ziga xos rol 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
961


o’ynaydi. Masalan, Vengriyada 2003-yilda bu borada katta islohotni amalga oshirishga 
kirishilgan, hozirga kelib bu mamlakatda moliyaviy madaniyatni shakllantirish 
masalasi maktab darsliklaridan o’rin olgan. 
Jahon kapital bozorida kuzatilayotgan muhim jihatlaridan yana biri bu, xorijiy 
investor qaysidir mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo’lsa, uning mahalliy qonun-
qoidalarga moslashuvi qiyin kechadi.
Xalqaro standartlarga muvofiq mavjud milliy qonunchilik esa chet ellik 
sarmoyadorga qulay sharoit yaratadi. Jahon talablariga tayanilgan holda hayotga tatbiq 
etiladigan xuddi shunday hujjatlar qatoriga korporativ boshqaruv kodeksini kiritish 
mumkin. Shu bois, ishtirokchilarga korporativ boshqaruv tamoyillarining huquqiy 
asoslari, uni tatbiq etishning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, AJlarda direktorlar 
kengashi, unda mustaqil a’zolarning o’rni ham alohida ega. U yerda rivojlangan 
mamlakatlardagi singari aktsiyalar bilan oldi-sotdini amalga oshirish uchun masofadan 
turib brokerlik hisob raqami ochish yo’lga qo’yilgan ekan. Bu xorijiy investorlar uchun 
juda katta qulaylik va bozor ishtirokchilari sonini oshirishda zarur omillardan biri 
hisoblanadi. Bizda esa bu jarayon hali yo’lga qo’yilmagan va mavjud qonunchilikka 
o’zgartirish kiritmasdan turib, uni amalga oshirish imkonsizdir. 
Korporativ 
harakatlarga 
xizmat 
ko’rsatish 
asosida: 
kapital 
bozori 
ishtirokchilarining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; kapital bozori 
ishtirokchilari o’zaro hisob-kitoblaridagi xatarni kamaytirish; daromadlar to’lovi va 
moliyaviy instrumentlarni so’ndirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etish
Markaziy depozitariyni O’zbekiston kapital bozorida yagona hisob-kitob tashkiloti 
sifatida rivojlantirishga erishiladi. 
XULOSA 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliya bozori orqali, bir tomondan davlat 
korxona va tashkilotlar, aholi o’zlari uchun zarur bo’lgan mablag’ni jalb qilsalar, 
ikkinchi tomondan korxona, tashkilot va aholi o’zlarining vaktincha bo’sh turgan pul 
mablag’larini qimmatbaho qog’ozlar sotib olishga yo’naltirib foyda ko’radilar. Bu esa 
moliyaviy resurslarning harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga turtki beradi. 
Moliya bozorining investitsion faolligini oshirish, nafaqat, aktivlar qiymati va 
savdo hajmlarining o’sishi bilan birga olib borilishi kerak, balki qimmatli qog’ozlar 
bozorining barcha ishtirokchilari faoliyati ta’minlanishi zarur. Qimmatli qog’ozlar 
bozorini rivojlantirish moliyaviy resurslarni faollashtirishga, ulardan oqilona 
foydalanishga va iqtisodiy rivojlanishni bir muncha tezlashtirish uchun qayta 
taqsimlashga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.
Davlat va xo’jalik birlashmalari ulushi mavjud bo’lgan AJlari aktsiyalar 
paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO va SPO) asosida sotish lozim. 
Buning natijasida kapital (moliya) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini hamda 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
962


investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni 
jalb qilish imkoniyati asoslangan. 
Strategik ahamiyatga ega yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali 
tuzilmasida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish yo’nalishlarini ishlab 
chiqish zarur. Natijada yirik investitsiyalar talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqarish 
hajmini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish 
imkoniyati yaratiladi.
Moliya bozorini rivojlantirish, nafaqat, davlat yoki korxonalar pul mablag’larini 
shakllantirish va joylashtirishda, balki mazkur bozorga aholi mablag’larini jalb etishni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur holatlarning barchasi O’zbekistonda moliya 
bozorini rivojlantirish uchun yagona kontseptsiyaga kuchli ehtiyoj mavjudligidan 
dalolat beradi. 
Aholi daromadlari va muomaladagi pul massasining QQB hajmining 
o’zgarishlariga ta’sirining korrelyatsiya hamda regressiya tahlili natijalari shuni 
ko’rsatadiki, aholi daromadlarining ortishi QQB hajmiga teskari proportsional (ta’sir 
qiladi), bu holat mamlakatda aholi daromadlari aksariyati iste’molga yoki boshqa 
sohalarga yo’naltirilayotganligini bildiradi. Qo’shimcha ravishda shuni ham e’tirof 
etish kerakki, mamlakatda aholi daromadlarining moliya bozorida ishtiroki 
cheklanganligini bildiradi, daromadlarning katta qismi iste’molga sarflanadi yoki aholi 
daromadlarini moliya bozoriga yo’naltirishdan iqtisodiy manfaatdorligi yuqori emas 
yohud moliya bozorining investitsion jozibadorligi sust.
Moliya bozorida qimmatli qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan 
shug’ullanuvchi bozorga moliya bozori deyiladi. Ushbu bozorning asosiy vazifasi 
iqtisodiyot ravnaqi uchun zarur investitsiya mablag’larini jamlash hamda taqsimlash, 
mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi yo’li bilan 
bozorni qayta taqsimlash, qimmatli qog’ozlar chiqarish yordamida davlat va AJ qarzini 
moliyalashtirish hisoblanadi. 

Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin