Avtomobil yo’llari arxitekturasida yo’l servisini alohida ahamiyati va ikkita asosiy sabab aniqlandi: birinchidan, bular yo’l muhitida yo’l chetining o’zida bevosita joylashgan va ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan asosiy hajmiy bino va inshootlar. Ikkinchidan, bu obyektlar avtomobil harakatida komfort sharoit yaratadi, ya’ni amalda obodonlashtirish obyektlari singari, haydovchi va yo’lovchiga musbatt ta’sir qiluvchi estetik, emotsional obodonlashtirish obyektlaridir.

Yo’l servisini tashkil qilishning asosiy jihatlari – yo’lning komfort sharoiti, ish ritmi va dam olishi kerakligidan kelib chiquvchi uning optimal strukturasini yaratishdir. Shu bilan birgalikda uning tashkillashtirilishiga avtomobil yo’llarining transport hududsida elektr va issiqlik ta’minotining borligi, aloqasi yoki unga yaqinligi, yo’l servisi punktlarini material bilan ta’minlashga olib kelish qulayligi va shakli, mehnat resurslari kabilar ta’sir qiladi
Yo’l servisi strukturasi avtomobil yo’llaridagi turish, oziqlanish, savdo punktlari orasidagi minimal, maksimal, o’rtacha va taklif qilingan (optimal) masofa bilan tavsiflanadi. Aholisi zichligi, yo’l to’rining qalinligi, shuningdek iqtisodiy rivojlanish va xo’jalik shakli har xil bo’lgan davlatlarda bu ahamiyatlar so’zsiz farq qilishi mumkin. Rivojlangan Yevropa davlatlarida servis punkti orasidagi o’rtacha masofa unchalik katta emas: Angliyada – 40 km, ChexoSlovakiyada – 50 km. Bolgariyada oziqlanish punktlari o’rtacha har 30-40 km, motellar – har 120-130 km oraliqda joylashgan, Polshada kempinglar orasidagi masofa 50-100 km.