Buni qanday qilib yechish mumkin? Agar biz o‘zimizda normal (aynan oddiy, normal, me'yordagi deyilmoqda, allaqanday ideal emas) to‘lov tizimini yaratishni istasak, quyidagilarni amalga oshirish zarur:
1. Naqd pul aylanmasi oldidagi ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etish kerak, oddiy omonatchilar, tadbirkorlarga bankdagi o‘z hisob raqamlari va kartochkalaridan naqd pulni erkin yechib olishga ruxsat berish kerak;
2. Bank sohasida raqobatni kuchaytirish kerak;
3. Plastik kartochkalarni beixtiyoriy, majburan joriy etish to‘liq taqiqlanishi lozim.
O‘z navbatida, xufyona iqtisodiyotga qarshi boshqacha usullar bilan kurashish kerak: soliqlarni kamaytirib, soliq ma'murchiligini soddalashtirib, biznes yuritish oldidagi to‘siqlarni bartaraf etib, valyuta bozorini erkinlashtirib.