Guruh loyiha ishi mavzu biznes korxonalarining asosiy fondlari -fayllar.org
Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash
Fan-texnik taraqqiyoti natijasida asosiy fondlarni ishlab chiqarish shartlari va omillari ham o’zgarib bormoqda, binobarin, joriy bozor baholari va tariflari bilan bog’liq ravishda ularni ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgarib bormoqda.
Hozirgi kunda asosiy fondlar joriy baholari va tariflariga birinchi darajali ta’sir qiluvchi omil bo’lib inflyasiya hisoblanadi.
Korxona balansida asosiy fondlar vaqt o’tishi bilan turli xil qiymatda aks etib qoladi. Ya’ni, xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitida asosiy fondlarni faqat ularning boshlang’ich qiymati bo’yicha haqiqiy baholab bo’lmaydi va shuning uchun ularni qayta baholash va bir xil qiymatga o’tkazish zarurati to’g’iladi.