Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash
Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizasiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo’yicha- asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik yilidagi narxlarda baholanadi.