Guruh: Maktabga tayyorlov Faoliyat turi: Musiqa Mavzu: “



Yüklə 5,42 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#162131
Guruh Maktabga tayyorlov Faoliyat turi Musiqa Mavzu “-hozir.org


Guruh: Maktabga tayyorlov Faoliyat turi: Musiqa Mavzu: “

Guruh: Maktabga tayyorlov
Faoliyat turi: Musiqa
Mavzu: “Vatanimizning buyuk siymolari”
Ta’limiy maqsad:
  1. Bolalarda musiqiy ritmik harakatlar va musiqa asboblari orqali bolalarning musiqiy qobilyatini o’stirsh ;


  2. Raqs harakatlarida bayramona kayfiyatlarni ko’rsatish. Harakatlarni yengil, aniq yonidagi sherigi bilan bir xil bajarishga o’rgatish;


  3. Bolada musiqa savodxonligi oshirish lug’atiga yangi so’zlarni qo’shish (forte va piano)


  4. Bolalalarni doira va forta piano cholg’u asboblari bilan tanishtirish (AKT yordamida)




Tarbiyaviy maqsad: Kuylash faoliyati orqali bolalarda bir-biriga mehribon bo’lishni har doim yaxshi ishlar qilishni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarning tez fikirlash, zukkolik va chaqqonlik qobilyatini shakllantirish va xotira va tafakkurni rivojlantirish.
Davlat standarti: Maktabga tayyorlov guruhida lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni bolalarga singdirish. Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud, musiqani tinlaydi, anglaydi, his etadi va kuylashga harakat qiladi.
Kerakli jihozlar: Fortepiano, bolalar uchun cholg’u asboblari, ovoz kuchaytirish vositalari kompyuter, monitor, mavzuga oid ko’rgazmalar, nota kitobi.
Hamkor pedagoglar: Tarbiyachi-Nasibaliyeva Barno Xasanbekovna
Faoliyatning borishi: Kirish qismi:
Bolalar musiqa zalga musiqa sadosi ostida kirib keladi.
Mus.xod: Assalomu alaykum! Xurmatli aziz mehmonlar, qadrli o’qituvchilar va bayram tadbiri ishtirokchilari. Bugungi tadbirimizda “Vatanimizning buyuk siymolari” bo’lmish Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va O’zbek elining atoqli shoirasi Zulfiyaxonim bilan tanishamiz. Bugungi tadbirimizni raqqosa qizlarimiz ochib berishadi.
  1. Bolalar ijrosida “Bum-baka” raqs


  2. Ovoz sozlash mashqlari


  3. Bolajonlar ijrosida “Vatanjonim-vatanim” qo’shig’i. D.Omonullayeva musiqasi.




Bolalar: Assalomu alaykum
Mus.Xod: Bolajonlar sizlarga buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Zulfiyaxonim siymolarini bolalarga yoritib berish.


  1. Alisher Navoiy: Hayot yo’li: XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi.


Ijodi : Alisher Navoiyning yuksak cho’qisi “Xamsa” asaridir. Xamsa asari tarkibida 5ta doston bor.
  1. Hayrat ul-Abror 4. Layli va Majnun


  2. Farhod va Shirin 5. Sabbai Sayyor


  3. Sadiy Iskandariy





  1. Zahiriddin Muhammad Bobur: Hayot yo’li: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi. Otasi Umar Shayx Mirzo bo’lgan, Onasi Qutlug’ Nigorxonim. Bobur 12 yoshida valiaht sifatida taxtga o’tirgan.


Ijodi: Uning buyuk asarlaridan biri “Boburnoma” bo’lgan. Undan tashqari “Mubayyin ” nomli asari va ruboiy va g’azallar ham yartagan.


  1. Zulfiyaxonim; Hayot yo’li: Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtlaridayoq (1931–1934) adabiy toʻgaraklarga qatnashib, sheʼrlar mashq qiladi.


Ijodi: Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi sheʼri 1931 yil 17 iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk toʻplami oʻn yetti yoshida nashr etildi (1932).

Mus.xod: Bolajonlar ma’lumotga ega bo’ldikmi?
Bolajonlar: Ha albatta.
5.Musiqiy didaktik o’yin.
Mus.xod: 6. Bolajonlar ijrosida ga’zallardan namunalar.
7.Bolajonlar ijrosida raqs: “Andijon polkasi”
8. Yakuniy qism: Bolajonlar ijrosida “Ansambl”.
Mus.xod: Bolajonlar bugun sizlar musiqa faoliyatida nimalarni o’rgandingiz?
Bolajonlar: Vatanimizning buyuk siymolari va Fortapiano, doira, shaqildoq, musiqa asboblari bilan tanishdik.
Mus.xod: Bolajonalar bugungi tadbirimizda faol qatnshganingiz uchun Tashakkur!
http://hozir.org
Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin