Guruh: mt 21 08 O`qituvchi: To`lqin Eshquvvatovich mundarija kirish


Maktabgacha ta’lim muassasalarida rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari



Yüklə 80,26 Kb.
səhifə6/7
tarix13.04.2023
ölçüsü80,26 Kb.
#97385
1   2   3   4   5   6   7
MTT da ta`lim tarbiya ishlariga rahbarlik qilish

2.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarida rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha ta’lim Davlat jamoat tizimining asosiy bo‘g‘ini, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo‘limidir. Maktabgacha ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy hamda mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi. Muassasalar mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilano‘z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik prinsip-larga mone’lik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyaviy-ta’limiy ishlar sifati, bolalar va otaonalar huquqiga jamiyat hamda Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun mas’uldir. Maktabgacha ta'lim muassasasio’z dasturi va mctodikasini islilab chiqish hamda amaliy faoliyatida qo’IIash huquqiga ega. Ularning tasdiqlangan tartibio’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bclgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi amaldagi qo-nunchilik doirasida maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning kasb-kor va mansab faoliyat-lariga asossiz aralashuvga chek qo’yuvchi zarur choralar ko’radi, maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo’yadi, shu masalalar bo’yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi no-midan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, muas-sasalarva tashkilotlarda uning manfaatini himoya qiladi, kreditlar tarqatadi; shartnomalartuzadi, ishonch qog’ozlarini beradi, bank-larda hisob va boshqa schyotlarini ochadi, u maktabgacha ta'lim muassasasi uchun zarur bo’lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pulo’tkazish yo’li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.6
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko’rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar mak-tabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majbu-riydir. Tarbiyachi-metodist, katta meditsina hamshirasi, xo’jalik mudiriningo’z huquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyida-gilardan iborat: ma'muriy guruh (mudira, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina hamshirasi), pedagogika, meditsina xizmati ko’rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta'lim muas-sasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy re-surslarni biriktiradi.
Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig’ilishidir. Maktabgacha ta'lim muassasasintng umumiy yig’ilishi: -maktabgacha ta'lim muassasalari to’g’risida Nizom asosidao’zining har bir Ustavini (Ustav deyiladi) ko’rib chiqadi va qabul qiladi; -maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zaruriyatini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi; -yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi ya tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pe-dagogik va xizmat ko’rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yoilarini belgilaydi; -jamoa shartnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qo’mitasiga taqdim etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari kadrlarining lavozimi huquqlari va majburiyatlari, ularning boshqaruv vakolatlari va vazifalario’z-bekiston Respublikasining qonun hujjatlari, tegishli me'yoriy huj-jatlar, ta’lim muassasasi Nizomi bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi xalq ta’limi boshqaruv organlari tomonidan oliy maiumotga ega va besh yildan kam bo’l-magan pedagogik stajga ega bo’lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tarbiyalash bo’yicha ishni ma'muriyat, mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi.
Kadrlarni tanlash chog’ida maktabgacha ta’lim muassasasi rahbario’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 205-sonli qaroriga, maktab-gacha ta'lim muassasasi Ustaviga amal qiladi. Bunda da'vogarlarning shaxsiy sifatlari va tanlagan sohaga moyilliklari inobatga olinadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdao’z-o’zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir boigan turg’un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni pedagogik va xizmat ko’rsatish mehnati samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi,o’z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazamo’stirib borishga g’amxo’rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao’z vaqtidajoydan-joyga ko’chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'-muriyat ruhiy-pedagogiko’qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg’unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
XULOSA
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda (P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi.
Akmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 80,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin