3.2 - chizma. Yon tomonlama shamol holatida. Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida tаbiiу havo almashinish qurilmalarida deflektorlardan foydalaniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo‘ladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi:
D = 0,0188 Wd /Vd bu yerda, Wd – deflektorning ish unumdorligi, m3/s; Vd – havoning deflektordagi tezligi, m/s.
Hisob ishlarida Vd – (0,2...0.4) Vx deb qabul qilish mumkin. Bu yerda, Vd – havoning tezligi, m/s.
Таbiiy havo almashinish qurilmalarining ishlash samaradorligi ulardan qanchalik to‘g‘ri foydalanish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun tabiiy havo almashinish qurilmalarining elementlari o‘rnatilib bo‘lingach, ular sinovdan o‘tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko‘zda tutilgan kanallar va tuynuklar ochib qo‘yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o‘tish уo‘lining o‘rtasiga anemometr o‘rnatilib, havoning tezligi o‘lchanadi.
Shamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi: Wt = 3600Vx Sx⋅t,
bu yerda, Vx – havoning tezligi, anemometr ko‘rsatishi asosida, m/s; Sx.t. – havo o‘tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2 .
Sinov vaqti turg‘un texnologik rejim davrida 1,5... 2,0 soat bo‘lishi lozim.
Sun’iу havo almashinish tizimlari Sun'iy, уa’ni mexanik shamollatish tizimlarida havo almashinishi shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun’iy havo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular yordamida xonaning istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish yoki xonaga toza havo yuborish hamda bu qurilmalarga havoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish mumkin. Bunday shamollatish qurilmalari shamollat-kichdan, havoni yuborish yoki haydab chiqarish qurilmasidan, havo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan bo‘ladi. Shamollatkichlar markazdan qochma va o‘qli bo‘ladi. Markazdan qochma ventelatorlar hosil qilgan bosimlariga ko‘га 3 turga bo‘linadi:
– past bosimli – 1000 N/m2gacha; – o‘rta bosimli – 1000...3000 N/m2; – yuqori bosimli – 3000... 15 000 N/m2. Shamollatkichlarning markasida ko‘rsatilgan raqam, ventelator ish g‘ildiragining diametrini bildiradi, masalan, №5 shamollatkichining 5 soni shamollatkich ish g‘ildiragining diametri Di.g.=500 mm ekanligini ko‘rsatadi.
O‘qli shamollatkichlar past bosimli havo almashinish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250-300 N/m~ atrofida bosim hosil qiladi.