Texnologik maqsadlarda sarflangan issiqlik miqdori: QT = Q(l − P ik ) 1 100 3,8
bu yerda, Q – bug‘ yoki suv sarfi, kg/soat; i – qaynoq suv yoki bug‘dagi issiqlik miqdori.
Bu ko‘rsatkich suvning bosimi va haroratigа bog‘liq holda olinadi, уa’ni t =101,8 oС, Р=9,8 kPa uchun - i=426 (suv uchun), i=2680 (bug‘ uchun).
ir – qozonga qaytadigan kondensatning issiqlik miqdori, kDj/kg.
Umumiy issiqlik sarfi quyidagicha aniqlanadi:
ΣQc , =Qo+Qx+Qm+Qt.
Umumiy issiqlik sarfi miqdoriga asoslangan holda qozonning issiqlik quvvatini quyidagicha aniqlashimiz mumkin:
Рk = (1,1...1,15)(Qc10-3, ,kVt.
Markaziy suv bilan isitish qurilmalarida isitish jihozlari sifatida radiatorlardan foydalaniladi. Radiatorlar seksiyalar shaklida ishlab chiqarilib, batareya shaklida yig‘iladi. Radiatorlarning hisobiy sonini aniqlash isitish jihozlari (batareyalar)ning umumiy yuzasini aniqlash asosida amalga oshiriladi:
∑Fн.n. = ∑Qn ,
⎛ tk +tch −tx ⎞⎟
k⎜
⎝ 2 ⎠
bu yerda, Qn – binodagi umumiy issiqlik уo‘qotilishi, Vt; k – isitish jihozlari devorlarining havoga issiqlik uzatish koef- fitsiyenti (cho‘yan batareyalar uchun К=7,4, рo‘lat uchun k=8,3) tk – suvning radiatorga kirishdagi harorati, oС; tch – suvning radiatordan chiqishdagi harorati, oС; tx – xonaning harorati, oС.
Binoga o‘rnatish uchun talab etiladigan isitish jihozlari seksi- yalarining soni esa quyidagicha aniqlanadi:
∑Fн.n.
nc= ;
Fc bu yerda, Fнп– radiatrning bitta seksiyasini yuzasi, m2.
Ushbu ko‘rsatkich isitish jihozining turiga bog‘liq holda quyidagi ko‘rsatma asosida tanlanadi:
Isitish mavsumi davrida talab etiladigan yoqilg‘i miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:
Q=qy V (ti – tt)
bu yerda, qy – binoning 1m3 hajmini 1oС ga isitish uchun sarfla- nadigan yillik shartli yoqilg‘i sarfi, kg/(m3oС); ti – bino ichining harorati, oС; tt – tashqi muhit harorati, oС;
V – binoning tashqi hajmi, m2.
Bir shartli yoqilg‘ining issiqlik ajratib chiqarish miqdori- 29,3 mDj/kg.ga teng. Hisob ishlarini bajarishda boshqa yoqilg‘ilarga aylantirish koeffitsiyenti yordamida shartli yoqilg‘iga o‘tkaziladi. Ushbu koeffitsiyent antratsit uchun - 0,97; ko‘mir uchun - 2,33; torf uchun - 2,60; mazut' uchun - 0,70; o‘rta sifatli yog‘och o‘tin uchun - 5,32 deb qabul qilinadi.