Guruh talabasi Ataxonov O’tkir Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi


- chizma. Yon tomonlama shamol holatida



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə7/9
tarix30.12.2022
ölçüsü415,5 Kb.
#78151
1   2   3   4   5   6   7   8   9
46.Ataxanov O\'tkir

3.2 - chizma. Yon tomonlama shamol holatida.
Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida tаbiiу havo almashinish qurilmalarida deflektorlardan foydalaniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo‘ladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi:
D = 0,0188 Wd /Vd
bu yerda, Wd – deflektorning ish unumdorligi, m3/s; Vd – havoning deflektordagi tezligi, m/s.
Hisob ishlarida Vd – (0,2...0.4) Vx deb qabul qilish mumkin. Bu yerda, Vdhavoning tezligi, m/s.
Таbiiy havo almashinish qurilmalarining ishlash samaradorligi ulardan qanchalik to‘g‘ri foydalanish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun tabiiy havo almashinish qurilmalarining elementlari o‘rnatilib bo‘lingach, ular sinovdan o‘tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko‘zda tutilgan kanallar va tuynuklar ochib qo‘yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o‘tish уo‘lining o‘rtasiga anemometr o‘rnatilib, havoning tezligi o‘lchanadi.
Shamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi:
Wt = 3600Vx Sxt,
bu yerda, Vx – havoning tezligi, anemometr ko‘rsatishi asosida, m/s;
Sx.t. – havo o‘tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2 .
Sinov vaqti turg‘un texnologik rejim davrida 1,5... 2,0 soat bo‘lishi lozim.
Sun’iу havo almashinish tizimlari
Sun'iy, уa’ni mexanik shamollatish tizimlarida havo almashinishi shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun’iy havo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular yordamida xonaning istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish yoki xonaga toza havo yuborish hamda bu qurilmalarga havoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish mumkin. Bunday shamollatish qurilmalari shamollat-kichdan, havoni yuborish yoki haydab chiqarish qurilmasidan, havo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan bo‘ladi. Shamollatkichlar markazdan qochma va o‘qli bo‘ladi. Markazdan qochma ventelatorlar hosil qilgan bosimlariga ko‘га 3 turga bo‘linadi:
– past bosimli – 1000 N/m2 gacha; – o‘rta bosimli – 1000...3000 N/m2; – yuqori bosimli – 3000... 15 000 N/m2.
Shamollatkichlarning markasida ko‘rsatilgan raqam, ventelator ish g‘ildiragining diametrini bildiradi, masalan, №5 shamollatkichining 5 soni shamollatkich ish g‘ildiragining diametri Di.g.=500 mm ekanligini ko‘rsatadi.
O‘qli shamollatkichlar past bosimli havo almashinish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250-300 N/m~ atrofida bosim hosil qiladi.


Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin