Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining haqiqiy miqdorlari aniqlangach, bu miqdorlar optimal ruxsat etilgan miqdorlar bilan taqqoslanadi hamda mikroiqlim holatni me’yorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi va bu borada isitish va shamollatish qurilmalaridan keng foydalaniladi.
Isitish tizimlarining turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar Isitish qurilmalari Davlat standartlari talablari asosida me’yoriy mehnat sharoitini ta’minlash maqsadida, ish zonasi havosi haroratining belgilangan miqdorda bo‘lishini saqlashga xizmat qiladi.