Guruh talabasi Ataxonov O’tkir Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi


-chizma. Elektr filtr: 3.4-chizma. Ultratovush filtr



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2022
ölçüsü415,5 Kb.
#78151
1   2   3   4   5   6   7   8   9
46.Ataxanov O\'tkir

3.3-chizma. Elektr filtr: 3.4-chizma. Ultratovush filtr:
1- izolator; 2-elektrod. 1-generator; 2-siklon.
Sun’iy shamollatish tizimlarining havo quvurlari рo‘latdan tayyorlanadi. Agressiv kimyoviy moddalar bilan ifloslangan havo harakatlanuvchi quvurlar esa zanglamaydigan рo‘latdan, vinip-lastdan yoki keramikadan tayyorlanishi mumkin. Havo quvurlari tizimiga xonaga kiritiladigan havoning miqdorini rostlash, havoni tozalash, isitish, sovutish va namlash moslamalari o‘rnatiladi. Havoni isitishda kaloriferlardan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash tamoyillari jihatidan avtomobillarning radiatoriga o‘xshash bo‘ladi.
Havoni sovutish moslamalari esa 2 xil: sirt bo‘yicha sovutish va kontaktli sovutish qurilmalariga bo‘linadi. Sirt bo‘yicha sovutish qurilmalari kalorifer shaklida bo‘lib, sovutuvchi sifatida sovuq suv, ammiak yoki freondan foydalaniladi. Kontaktli sovutish qurilmalarida havo suv kamerasida yuzaga keluvchi yomg‘irli muhit orqali o‘tib soviydi.
Havoni tozalashda esa turli xil materialli, moyli, elektrik va ultratovushli filtrlardan foydalaniladi (3.3- va 3.4-chizmalar).
Havoni konditsionerlash
Shamollatish qurilmalari xona mikroiqlim sharoitini sanitar talablar asosida doimiy ravishda me’yorlashtirish, ishchilarga qulay sharoit yaratish imkonini bermaydi. Shu sababli, bu maqsadda konditsionerlardan foydalaniladi. Konditsionerlar havoning haro- ratini, namligini, harakatlanishini va tozaligini avtomatik ravishda rostlash hamda havoni ozonlash va ionlash imkonini beradi. Konditsionerlar markaziy, уa’ni bir necha xonaga xizmat qiluvchi yoki mahalliy – bitta xonaga xizmat qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Мa’muriy binolar va uy sharoitlarida xona mikroiqlimini rostlash uchun ВК-1500 hamda ВК-2500 markali konditsioner-lardan foydalaniladi.
ВК-1500 konditsionerlarining sovuqlik ish unumi - 6,3 kDj (1,5 kkal), ВК-2500 konditsionerlarniki esa - 10,5 kDj (2,5 kkal). ВК-1500 konditsioneri 25 m2 yuzali xonaga, ВК2500 konditsioneri - 35 m2 yuzali xonaga mo‘ljallangan. Bu konditsionerlar хопа havosini sovutish, changlardan tozalash, haroratni avtomatik ravishda saqlash, havo namligini kamaytirish, havo harakati tezligini va уo‘nalishini o‘zgartirish, shamollatkich rejimida ishlash imkoniyat-lariga ega.

Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin