Guruh talabasi g'oziyeva Nazokatxon Rustambek qizining


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BOLALARNIDO’STLIK, O’RTOQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA O’ZBEK XALQ ERTAKLARIDAN FOYDALANISHNING MAVJUD HOLATI



Yüklə 182,86 Kb.
səhifə5/9
tarix01.12.2023
ölçüsü182,86 Kb.
#170769
1   2   3   4   5   6   7   8   9
G\'OZIYEVA NAZOKATXON RUSTAMBEK QIZI

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BOLALARNIDO’STLIK, O’RTOQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA O’ZBEK XALQ ERTAKLARIDAN FOYDALANISHNING MAVJUD HOLATI
2.1. Turli yosh guruhlarida bolalarni do’stlik o’rtoqlik ruhida tarbiyalashda o’zbek xalq ertaklaridan foydalanish
O’zbek xalqining o’ziga xos turmush tarsi, tarixi, madaniyati, tarbiya sohasida orttirgan tajribasi xalq og’zaki ijodiyoti janrlarida o’z ifodasini topgan.
Maqol va matallar, latifalar, qo’shiqlar va topishmoqlar, ertak va dostonlarda ilgari surilgan axloq, mehnat, do’stlik, insonparvarlik g’oyalari, burch va vijdon, kasb-hunar masalalari O’rta Osiyo xalqlari uchun umumiy yo’nalish va o’xshashlikka ega, Negaki, ularning moddiy hayotiga xos shart - sharoitlari yaqin, deyarli bir xil bo’lganligidan, tarixiy taraqqiyot davomida uzoq vaqt moddiy va ma’naviy hayot borasida ijtimoiy aloqalar tufayli chatishib, o’xshab ketgandir. Yana shuni ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo tarixiy bir oila Turon, Movaraunnahr tariqasida shakllangan va xalqlar, elatlar, millatlar bir mintaqa vakili sifatida shakllangan. Bu, albatta, ular turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odat va an’analatida umumiylikka sabab bo’lgan. Bu hol nafaqat turmush tarsi xalq og’zaki ijodida ham aks etgandir. Shunga ko’ra ular mazmunida uzviylik va o’xshashlikning bo’lishi tabiiydir. Ayniqsa, ertaklar oz mazmuni va unda ilgari surilgan tarbiyaviy g’oyalari jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Maktabgacha yosh davri bolaning hayot haqidagi ilk tasavvurlari shakklanadigan davri hisoblanadi.Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning boshqa fanlarni o‘zashtirishida katta ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun ham bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuni ham aytish joyizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,ona qornidan boshlash lozim.Chunki bola ona qornidaligidanoq olamni seza boshlaydi.Har bir ota-ona bunga e’tibor berishi lozim.Barkamol avlodni tarbiyalash uchun avvalambor ota-onalarning o‘zlari ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim.Buning uchun bugungi yoshlarimiz yaxshi bilim olsa,dunyoqarishi keng bo‘lsa, keyingi keladigan avlod ham yuksak ma’naviyatli bo‘lib boraveradi.Shuning uchun ham Prezidentimiz nafaqat Maktabgacha ta’lim tizimiga,shu bilan birgalikda yoshlarni ta’lim olishiga, kerak bo‘lsa xorijiy davlatlarda o‘z bilimlarini oshirishi uchun yetarlicha shart sharoitlar yaratib bermoqda.
Xalq og’zaki ijodiyoti tarbiyaning turli tomonlarini aks ettirib, xalqning hayotiy kuzatishlarini, moddiy va ma’naviy rivojlanishida orttirgan tajribalarini ifodalaydi. Shuning uchun xalqning o’zi birinchi tarbiyachidir. Masalan: kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarni kuzatish asosida xalq ular o’rtasidagi munosabatlar hamisha g’oyalar va hissiyotlarga asoslanishini aniqlab, “Do’st achitib aytadi, dushman kuldirib”, “Do’stsiz boshim, tuzsiz oshim” kabi maqollar yaratgan bo’lsa, odamning bir-biriga ta’sirini, atrofdagi kishilar xulqi boshqalar uchun namuna kuchiga egaligi va o’rnak bo’lishi mumkinligini ifodalab, “Yaxshiga yaqin yursang yetarsan murodga, yomonga yaqin yursang qolarsan uyatga”, “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang balosi yuqar” kabi xulosalar chiqargan va yosh avlodga hissiy ta’sir etish omili sifatida foydalanib kelgan. Ularning ba’zilari insonlar orasida hikmatli so’z sifatida o’rin olgan. “Otalar so’zi -aqlning ko’zi”, “Yaxshi naql-tomiri aql” v boshqalar.
Maqollar asrlar mobaynida og’izdan-og’izga o’tib, shu xalqning dunyoqarashini, hayot voqealariga muosabatini, axloq va odob qoidalari anormalarini, ruhiy holati vahissiyotini ifodalab, ular qadim zamonlardan beri, eng yaxshi ma’naviy meros sifatida avloddan-avlodga o’tib borgan.
XI asrning buyuk donishmandlaridan bo’lgan Mahmud Qoshg’ariy, Atoyi, Sakkokiy, Lutfiylar ham maqollarga alohida e’tibor berishgan. Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Mahbub ul- qulub, “Xazoyinul- maoniy”, “ Nazmul-javohir”, “Lison-ut-tayr” asrlarida ham hikmatlar va maqollardan keng foydalangan. Maqollarning tarbiyaviy g’oyasi va ta’sir kuchiga Bobur, Muhammad Solih, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tarlar ham alohida e’tibor berishgan. Maqollarda xalqning axloqqa doir talablari, axloqiy qoida va normalar aks etib, ularni ishlatish bilan katta avlod yoshlarni shu xil fazilatli bo’lishga va o’z xulqi, mnosabatlarida insonparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, hamkorlik, birodarlik, kamtarlik, mehnatsevar bo’lishga da’vat etuvchi g’oyalarni ilgari suradi.
Bu borada ertaklar ham boy imkoniyatlarga ega. Bolalar fol’klori janrlaridan biri bo’lga ertaklarda xalq tarixi, badiiy solnomasi, tafakkuri va donishmandligi o’ziga xos badiiy ifodasini topgan. Demak, ertaklar tarbiya haqidagi xalq donishmandligining asosiy manbalaridan biri bo’lib, bolalar sevib tinglaydigan, ma’naviy va axloqiy oziq oladigan, ezgulikka o’rganadigan vositadir. Bolalar uchun ertaklarning asosiy qahramoni sifatida turli hayvon va jonivorlar: tuya va bo’taloq, baliq yoki xo’roz, burgut va lochin, semurg’ yoki ilon, ot yoki qo’zi ishtirok etadi. Va ularning tili bilan odamlarning kamchiligi, nuqsonlari ustidan kuladi, do’stlik, saxiylik, o’z burchiga sadoqat namunasini ifodalaydi. Xalq ertaklarida xalqning orzu- istaklari haqidagi bolalarga hikoya qilinadi va ularning ro’yobga chiqishiga ishontiriladi. Ertaklar mavzusi g’oyat xilma-xil bo’lib, undagi asosiy g’oya kishilarning o’zaro munosabatlari, burch, vijdon, saxiylik, do’stlik, odob kabi xislatlarni targ’ib etish va tinglovchini shunday bo’lishga undashdir.
Inson taqdirida fol’klor allalardan boshlanadi. Onalarning beshik yonidagi so’zlari nechog’lik ohangdor, yoqimli, muloyim, orombaxsh bo’lsa, undan bahramand bo’lgan bolaning qalbi ham shunchalik yumshab, musiqaga, shirin muomilaga, mayin kuyga, mehr-shafqatga, vafo va sadoqatga moyil bo’lib o’sadi.
Ertaklar esa, bolalar hayotiga beshik davridan keyin, ularda tafakkuri va nutq shakllanishi bilan kirib keladi. Bolalikning bokira olami ertaklardan boshlanadi. Uzoq ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bunday sehrli olamning boqiyligi, hamma vaqt fusunkor va yoqimliligi ularda olijanob g’oyalarning mujassamlashganligidadir. Bu g’oyalar esa hamma vaqt kishilarni, ayniqsa, yosh avlodnima’naviy kamol toptirishda belgilovchi rol o’ynaydi. Forobiy ertaklarga baho berar ekan, jumladan shunday deydi: “Bolalikdan vatan, fuqaro, do’stlik, mehnatsevarlik tuyg’usi qon-qoniga ilk bor ertaklar orqali singan kishilar, keyincha, voyaga yetgach, haqiqatan ham ona yurtning chinakam fidoyi fuqarosi, do’st-birodarlikning qadriga yetuvchi, qudratli va bag’ri keng xalqqa aylanadi. Forobiyning fukrlarini rivojlantirgan holda Ibn Sino:
“Ertaklarning miqdori, mazmuni va badiiy nafosatiga qarab uni yaratgan va tashib yuruvchi xalqning axloqiy, estetik tushunchalari, dunyoqarashi, til boyligi, qisqasi ma’naviy qiyofasi va xarakteri haqida ma’lum tasavvur hosil qilish mumkin.”
Ertaklarning tarixiy, etnografik va badiiy jihatdan tarbiyaviy ahamiyati harbir davr olimlari tomonidan uqtirib kelinmoqda. Qachon va qanday yaratilganlgi, qanday sharoitda yashab, aytilib kelinganligiga qaramasdan, hamma vaqt va hamma joyda ertakni ijod qilgan, tilidan qo’ymay kelayotgan xalqning hayoti, kurashlari, intilishlari, tashvishlari, kelajak orzu-umidlari, dard-alamlari, qayg’u-hasratlari, shuningdek, odob- axloqiy, ta’lim-tarbiya borasidagi qarashlari ana shu ertaklarda aks ettiriladi. Ertaklar mavzusining g’oyaviy yo’nalishi, ta’limi, estetik vazifasi bilan ajralib turadi. Ertak qahramonlarining qayri-tabiiy kuchlarga qarshi chiqishi, g’ayri-tabiiy va mo’jizali qushlarni olib kelishi, devlar olib qochgan qizlarni qutqarilishi, o’zga yurt malikalariga, parizodalarga oshiq bo’lishi, bedavo dardlarga davo topishi kabi g’oyalar ertaklarning mavzui doirasini belgilaydi.
Ertak termini Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’oti turk” asarida “etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozir fanda ertak atamasi qabul qilingan bo’lsa-da, Surhondaryo, Samarqand, Farg’ona o’zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi tumanlarda, shuningdek boshqa yerlardagi o’zbek va tojik tillarida so’zlashuvchi aholi o’rtasida ushuk shaklida, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho’pchak termini ishlatiladi. O’zbeklar orasida ham ushuk, ertak, metal, cho’pchak terminlari bir qatorda hikoya, afsona, o’tirik kabi atamalar uchraydi.
Ertaklarning o’ziga xos xususiyati voqeabandligi bilan bog’liq bo’lib, ularda xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tinglovchi hissiyotiga ta’sir etib, unda badiiy zavq, xayrixohlik, qahramonlar kechinmasiga sheriklik tuyg’ularini uyg’otadi.
Demak, hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, fantastik hamda hayotiy uydurmalar asosida qurilgan didaktik g’oyani tashuvchi og’zaki hikoyalar ertak deb aytiladi.
Qadimdan ota-bobolarimiz o’z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan uyg’unlashtirgan holda go’zal mo’jizakor manzaraga, sodda va o’ta teran mazmunga ega ertaklarni yaratganlar. Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, psixologiyasini o’zida aks ettirgan ertaklarning badiiy kuchi hanuzgacha kattalar va kichiklar uchun birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida ta’sir etib kelmoqda.
Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar asosan mo’jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo’jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog’lab haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik kabi didaktik g’oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag’ishlaydi. Tinglovchi e’tiborini o’ziga jalb etib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi. Shirin tuyg’ular dunyosiga g’arq etadi.
O’zbek xalq orasida ertak so’zi dialektik jihatdan metal, cho’pchak, ushuk, o’tirik, tutal, hikoya, afsona atamalarida qo’llanadi. XI asrda ya shagan lingvistik olim Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ertak- “etuk” shaklida qo’llanilgan. “Ertak” leksimasi aytmoq, hikoya qilmoq, aytish kabi lug’aviy ma’no ham kasb etadi. Adabiy termin sifatida “ertak” leksimasi qabul qilingan. Alisher Navoiy g’azliyotida ertak “churchak” holida uchraydi. Uyg’ur xalqida ertak -chuchak deb yuritiladi. Bukarning hammasi zamonlar osha xalq orasida yashab kelmoqda. Folklorshunos V.I. Chicherov ta’rificha, “Xalq ertaklari deganda og’zaki hikoya tarzidagi afsonaviy sarguzasht yoki maishiy, uydirmaga asoslangan, tarbiyaviy yoki ovutish maqsadlarida aytiladigan og’zaki hikoya asarlari tushuniladi”
Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosida qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar ertak deb ataladi. Ertaklar obrazlar talqini, g’oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, fantastic uydirmaning o’rni va vazifasi, tili va usuliga ko’ra shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklarga bo’linadi.
Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo’ljallangan ijod turi bo’lib, ularni tuzlishi jihatidan bolalarning yosh xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha)
O’rta yoshdagi bolalar ertaklari (7 yoshdan 11 yoshgacha)
O’smir bolalar ertaklari (12 yoshdan 16 yoshgacha)
Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga aytiladigan ertaklarning voqeasi juda sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va personajlarning ham soni 3-4 nafardan oshmaydi. Ularning ham aksariyati bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar yoki o’rmon hayvonlari, shuningdek oila a’zolariga o’xshagan nomlari tanish (ota-ona, bobo-buvi, tog’a va shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar xususan, bolalarni ovutish, fikrni biror narsaga jalb qilish, biror foydali odatga o’rgatish, ularga notanish hayvonlarning o’zini, xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. Aksariyat hollarda, bu yoshdagi bolalarda ko’proq hayvonlar haqidagi ertaklarning shakl va mazmuniga ko’ra sof turi tavsiya etiladi. Sof hayvonlar haqidagi ertaklar nisbatan qadimiy bo’lib, ibtidoiy jamiyatning ovchilik bilan shug’ullangan bosqichida yuzaga kelgan deb taxmin qilish mumkin. Bu davrda hayvonlarni kuzatish kuchli bo’lgan hamda o’sha davr odamlari hayvonlarga nisbatan e’tiborini jalb etgan. Ba’zi hayvonlarning har xil ovoz chiqarishi, uv tortib bo’kirishi, “o’yin tushib” sakrashi, belgi- xususiyati, hatti-harakati odmlarning diqqatini o’ziga tortgan. Hayvonlarni kuzatish esa ertaklarning dastlabgi namuna sifatida yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Masalan, “Tulkiboy”, “Kiyik bilan kadi”, “Xo’roz bilan tulki”, “Boyqush”, “Qaldirg’och va ilon”, “Echkining o’ch olishi” kabilar shu tur ertaklarga misol bo’la oladi. Bu ertaklar asrlar mobaynida o’z mohiyatini, qimmatini yo’qotmay, avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Bu kabi ertaklar go’dakning olamdagi mavjudotni ongli ravishda anglab borishiga yordam beradi. Chunki bola atrof-muhit bilan tanisha boshlashi mobaynida dastlab hayvonlarga juda qiziqib, sinchkov nazar tashlaydi. Ko’rgan hayvonlari- yu parrandalarini ushlab ko’rishga intiladi. Sababi bolaning aksariyat o’yinchoqlari hayvonlar shaklidan iborat. Bu yoshdagi bolalarga ertak voqeasini tovush tembiga ko’ra ohang yordamida, ko’z, qo’l, gavda harakatlari orqali hikoya qilinadi. Shuningdek, ertak aytuvchi bolalarning diqqatini bir joyga to’plash, qiziqtirish va tinglashga tayyorlash uchun ertak oldi deb atalmish an’anaviy qolip jumlalaridan foydalanish zarur.
O’qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. O’qish faoliyati Maktabgacha ta’lim tashkiloti sinflarda barcha predmet darslarida amalga oshiriladi, lekin o’qishga o’rgatish o’qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchini o’qishga o’rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. O’quv materialini hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o’qishni tashkil etish bolani o’qish faoliyat ishlanmaidan charchashiga sabab bo’ladi.
Biroq bu holat bolalarda har xil darajada rivojlangan bo’ladi. Shu asosda uning shaxsida turg’un axloqiy hislar shakllanadi. Axloqiy hislar shaxsning vatanga, mehnatga, odamlarga, o’z shaxsiga munosabatini ifodalab, uning qarashlari, ongi, xulqi va intilishlari bilan bog’liq holda sodir bo’ladi.
Insoniy yaxshi fazilatlarni targ‘ib qilish yoki aksincha xarakterdagi yomon jihatlarni bayon etishda eng qulay va ta’sirchan usullardan biri ertak hisoblanib, bolalarga yaxshi va yomonni ajratishga,hayotni bolalar tilida tushunishga yordam beradi. Garchi ertaklar haqiqatga to‘g‘ri kelmasada, bolalarga ijobiy ta’sir qiladigan ta’lim berishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Ertaklar bolalar rivojlanishi uchun asosiy bilimlarni qiziqarli,sodda ko‘rinishda yetkazib beradi.Shuningdek, ertak bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib, xotirasini yanada kuchaytirish maqsadida mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sanaladi. Turli-tuman sarguzasht voqealar asosiga qurilgan syujet, o‘zida yaxshilik, insoniylik fazilatlarini singdirgan, xotirada tez saqlanib qolishdek xususiyatiga ega va bayon etishga oson, talaffuz qilishga qulay sintaktik qurilmalardan, tarkibida turli xil jumboqlardan tashkil topgan ertaklar bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy rivojlanishi, fikrlashni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.Bu ertak yordamida bajariladi. Ertak - bu shunday belgilar tizimi bo‘lib, uning yordamida bola atrofdagi voqelikni o‘zi tushungandek talqin qiladi.Ertak tanlayotganda, bolalarning yoshini va ruhan rivojlanganligini hisobga olish lozim.Tarbiyachi va ota-onalar bunga e’tibor bersagina ertaklar boalalarga foyda keltirishi mumkin. Ertaklardan foydalanish bolalarning qobiliyatlarini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.Ertakdan foydalanib, bolalarga ta’lim berishda yuqori natijalarga erishish mumkin.
Bolalar tarbiyasi bilan ishlashda ertak terapiyasidan ham foydalaniladi. Ertak terapiyasi eng qadimiy usul hisoblanadi. Ota-bobolarimiz ham farzand tarbiyasi chog‘ida jinoyatchi bolani jazolashga shoshilmay, unga ertak aytib berishgan, bu ertak orqali bolalar o‘z xatolarini tushnib yetishgan. Ertaklar axloqiy tarbiya beruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan, bolalarga qanday yashashni o‘rgatgan. Ertakning inson hayotiga qanday ta'sir qilishini har bir ota-ona,tarbiyachi bilsagina bola rivojlanishiga juda ko‘p yordam bera olish mumkin. Ertak terapiyasi natijasida bola kattalarning yordamini his qiladi. Shuningdek, ertak dunyosini idrok etish orqali maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy sohasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tasavvurni shakllantiradigan tasvir va g‘oyalar bilan boyitish mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim davri bolalarda yuksak axloqiy hislarni shakllantirish uchun qulay davr hisoblanadi. Bu davrda ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalarning barcha ruhiy jarayoni tez rivojlanadi. Biroq ular o’zlarining his - tuyg’ularini, hayojonini idora qila olmaydilar hamda ularda turg’un bo’lmaydi.
Shunga ko’ra Maktabgacha ta’lim tashkiloti sinf tarbiyalanuvchilarining boshqa odamlarga munosabatida do’stlik, o’rtoqlik, birodarlik kabi sifatlar o’z aksini topib, ularning o’zaro aloqalarini, hamkorligini munosabatini ifodalaydi. Ruhshunoslarning ko’rsatishicha, bolalarning his-tuyg’ulari yoshining o’sib borishi bilan bog’liq o’zgarishlar, ijtimoiy muhitning, o’qituvchi va ota-onalar va boshqalarning maqsadga muvofiq amalga oshirayotgan ta’lim-tarbiyaviy ta’sirlari ostida rivojlanib boradi.
Axloqiy his-tuyg’ularni rivojlantirishga Abu Ali ibn Sino, Abu Nosir Muhammad al-Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylar ham alohida e’tibor berilgan.
So’nggi yillarda axloqiy his - tuyg’ularni shakllantirishning turli tomonlarni tadqiq etishga bag’ishlangan ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Tarbiyalanuvchilarda do’stlik va o’rtoqlik hissini tarbiyalash borasida quyidagi yo’naltiruvchi maqsadlar belgilanadi:
Tarbiyalanuvchida o’rtog’i, do’sti oldidagi o’zining burchini anglash hissini maqsadga muvofiq shakllantirib borish;
O’rtog’iga, do’stiga nisbatan (umuman odamlarga nisbatan) hurmat, mehr-shavqat, xayrixohlik, kechinmalariga sheriklik fazilatlarini tarbiyalash;
Johillik, urishqoqlik, adolatsizlik, toshmehrlik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, shaxsiyatparastlikka nisbatan nafrat va bunday hatti- harakatlar bilan kelisha olmaslikni tarbiyalash.
Kichikligidanoq bolada insonga mehribonlik, rahm-shavqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalaba borish zarur bo’lganda hamisha kuchsizga yordam, boshqalarning kechinmalariga hamdardlik va hamfikrlilik, shavqat va muruvvat ko’rsatishga tayyorlikni shakllantirish.
Bolalarda do’stlik, o’rtoqlikka xos ijobiy hislarni tarbiyalashni ustun maqsad qilib belgilash bilan uni amalga oshirish uchun darsda qanday vazifalarni hal etishga yordam berishligini aniqlash zarur, bunda quyidagilar belgilanadi:
tengdoshlariga nisbatan do’stlik, o’rtoqlik munosabatlarining ma’nosi va mohiyatini anglab olishini, bunga doir tushunchalarni shakllantirishni;
tengdoshlariga nisbatan mehribonlik, xayrihoxlik va hamdardlik munosabatlarini uyg’otish;
o’zining o’rtog’i, do’sti, birodari oldidagi burchi nimadan iborat ekanligini tushunish, umuman odamlarga do’stona muomala, rahm-shavqatli, muruvvatli bo’lish bilan o’zini insonparvarligini namoyish etishning ma’nosini anglashni ta’minlash kabilar.
.

Yüklə 182,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin