Yoz fasli.
TARBIYACHI: – “Yoz fasli” jamoasini sehrli yo‘lakchaga taklif etamiz. (Sehrli yo‘lakchada gullar va olmalar bo‘ladi. Bolalarga yoz fasli haqida ma’lumotlar beriladi va shu faslga mos bo‘lgan she’rlar ayttirilib, joylariga kuzatib qo‘yiladi.)
XULOSA
Bugungi kunda boalarga ertak o‘qib beradigan ota-onalarning soni afsuski kamayib bormoqda. Bolalarning aqliy tarbiyasi bilan birga, o‘zbek xalq ertakalri orqali axloqiy tarbiyasiga ham ertaklar orqali ta’sir qilish, ularni to‘g‘ri tarbiyalash mumkin. Buning uchun tarbiyachilar ota-onalarga bu borada maslahatlar berishi,ertak kitoblarni o‘zlari tavsiya qilishi lozim. Chunki tarbiyachi boalning yoshiga mos ertaklarni bilganligi uchun tog‘ri kitobni tavsiya qila oladi. Bundan tashqari hozirda zamonaviy texnologiayalar tobora rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanish ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib ,ta’lim samaradorligini ma’lum darajaga oshirdi desak adashmagan bo‘lamiz. Multimedia vositalari bolalarga ertaklarni tinglash imkonini yaratdi.Bundan tashqari ertaklarning multifilm ko‘rinishiga kelishi bolalar uchun juda qiziqarli va ta’lim olishiga katta yordam berdi. Lekin bu jarayonga bog‘lanib qolishlik tavsiya etilmaydi. Chunki ota-onalar bolalarga o‘zlari ertak o‘qib berishlari bola ruhiyatiga ta’sir qilib ularda mehr tuyg‘usini shakllantiradi. Buni har bir otaonalar e’tiborga olishlari lozim. Tarbiyachilar ota-onalar bilan bo‘ladigna suhbat,yig‘ilishlarda bu boradagi o‘z tavsiyalarini berishsa, ota-onalarda ham pedagogik qobiliyatni shakllantirish uchun treninglar o‘tkazib turishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, ta’lim jarayonida doimo bir xil ertaklardan foydalanish ham kutilan natijani beravermaydi,doimo yangi ertaklardan foydalanish lozim. Ana shunday sharoitda yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi. Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib,xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va bolalarga ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Bundan tashqari,tarbiyachi o‘zining pedagogik mahoratini ishlatgan holda ertak qahramonlarini bola qiziqishiga moslab o‘zgartirib ta’lim jarayonida qo‘llasa ta’lim samaradorligi yanada ortadi. Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish bilan bir qatorda bolaga milliy urf-odatlar va an‘nalarimizning qay daraja beqiyos ma‘naviy meros ekanligini ongiga singdirishimiz zarur.
Bola o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabahalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini tahminlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma‘naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e'tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e'zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko'lamli jarayon birgina o'zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko'rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O'zbekistonni o'zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o'zaro hurmat, birodarlik, bag'ri kenglik fazilatlarining namoyon bo'lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g'oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro‘l o'ynamoqda.
O’zbek xalqi azaldan milliy an‘ana va qadriyatlarga, urf-odatlarga boy bo’lgan qadimiy xalq. Bu xalqning nafaqat biror-bir marosimi, balki butun umri, har bir kuni ma‘lum qadriyatlar, milliylik nafasi ufurib turuvchi harakatlar asnosida kechadi. Bu xalq har bir qadriyat va an‘analarini ulug’lovchi buyuk xalqdir. Aslida uning buyukligi ham mana shundan bo’lsa kerak. Zero, har bir millat milliy qadriyatlarini, milliyligini va o’ziga xosligini ko’z-ko’z qilish orqali o’zligini, milliy g’ururini namoyon qiladi. O’zlikni anglash milliylikdan boshlanadi. Milliy urf-odatlarga sodiqlik va ularga amal qilish har bir insonning milliy g’ururidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: |