Guruh talabasi hamroyeva munisaning



Yüklə 50,3 Kb.
səhifə12/14
tarix02.01.2022
ölçüsü50,3 Kb.
#37830
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Hamroyeva Munisa

O’xshatish – bu “ ikki narsa yoki voqea-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttitibroq ifodalsh” dir.

O’xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalaniladi. Adabiyotlarda har qanday o’xshatish munosabati tilde ifodalanar ekan, albatta, to’r unsur nazarda tutiladi, ya’ni : 1) o’xshatish subyekti; 2) o’xshatish etaloni; 3) o’xshatish asosi; 4) o’xshatishning shakily ko’rsatkichlari.

O’xshatish etaloni o’xshatish konstruksiyasining poetic qimmatini, estetik salmog’ini belgilaydi. O’xshatish etaloni qanchalik original bo’lsa, o’xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo’ladi. Bunday matndagi o’xshatishli qurilmalar tekshirilgandaularni an’anaviy va xususiy-muallif o’xshatishlari sifatida tasniflash mumkin. An’anaviy o’xshatishlar og’zaki nutqda ko’p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo’qotgan o’xshatishlardir. Aslida ko’p takrorlanishi tufayli “ siyqasi chiqqan” deb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoraiga bog’liq. Xususiy-muallif o’xshatishlari yozuvchining o’z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o’xshatishlardir. Bunday o’xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo’ladi. Har qanday o’xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo’lgan tushunchalarni konkretlashtirish, mabhum tushunchalarni aniqlashtirsh, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko’zi o’ngida go’zal bo’yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo’lmog’I lozim.

Matn tarkibida murakkab sintaktik tuzilma bo’lgan matn tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Deyktik birliklar ishora birliklar bo’lib, matn semantic qurisishida o’ziga xos o’rin tutadi. Bu birliklar har qanday matnning obyektiv mazmunida voqelik yuz bergan makon, zamon va voqelik ishtirokchilariga ishora mavjud bo’ladi. Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan bog’lash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni ta’minlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqaradi.

Xulosa

Ta’kidlash joizki, yozuvchi tasviridagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq o’xshatish etaloni tanlagan, ya’ni qahramon – ruhoniy, sham –masjidniki, qahramon – g’arib, dardmand, sham – jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo’lib bormoqda, sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan o’xshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib kata bir dard shaklini olgan.Masalan: O’tgan yigirmanchi astda biz uchun ikkita tarihiy voqea ro’y berdi. Biri – inson qadamining Oyga yetishi, biri – O’zbekistonning Mustaqillikka erishishi. Ikkalasi ham qanchadan-qancha avlodlarning armoni edi. ( O’. Hoshimov).



Yüklə 50,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin