Guruh talabasi Maxsudov Elyorbek Qabul qildi: Rayimoh Abdulhamid 11- mavzu Sovet hokimyatining O’zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodi-ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati. Reja


- mavzu O’zbekistonda davlat mustaqilligini qo’lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 193,13 Kb.
səhifə22/24
tarix19.05.2023
ölçüsü193,13 Kb.
#117004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
3-mustaqil ish O\'zbekiston tarixi

14- mavzu O’zbekistonda davlat mustaqilligini qo’lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati.
Reja:
1.“Qayta qurish” siyosati va uning mohiyati.
2.90- yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat.
3.O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.
4.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80 – yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmushi sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.


1985 yil aprelь plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi. Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo’lingan edi. Ulardan birinchisi 1985 - 1987 yillar bo’lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o’z ichiga olga. Biroq qayta qurish o’zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat bo’ldi:
1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo’q edi.
2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. 3.M.Gorbachyov g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Bir so’z bilan aytganda, qayta qurish mustaqillikka intilishni yanada tezlashtiruvchi omil bo’ldi.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
I .A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat

Yüklə 193,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin