15- mavzu Mustaqil O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakillantirish jarayoni. Reja: 1 “Qayta qurish” 2 1989-yil 23-iyun oyida O‘zbekiston MQning birinchi kotibi lavozimiga I.A.Karimov saylandi SSSRning inqirozga uchrashini seza boshlagan KPSS rahbariyati 1985-yil aprelida sovet jamiyatini «qayta qurish», jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy osishni fan-texnika yutuqlariga tayanib, jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq yillar totalitor rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari, byurokratik apparat ko’zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymadi. Bu davrga kelib respublikada ko‘plab muammolar to’planib qo’lgan edi. Ushbu muammolardan xalq e'tiborini chalg‘itish uchun ko‘p yillar davomida yig‘ilib qo’lgan milliy norozilikdan foydalanildi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989-yilda Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro’y bergan millatlararo mojarolar, quvg‘in qilingan xalqlarning noroziligidan razilona manfaat yolida - respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bolayotgan hurlik ovozini bog‘ish uchun foydalandilar.80-yillarning oxirlaridan boshlab sobiq ittifoqqa kirgan ko‘pgina respublikalar mustaqilligi uchun qat'iy kurashga o‘tdilar. Ittifoq shartnomasini yangilab, respublikalar huquqini kengaytirishni talab qila boshladilar. 1990-yiI bahorida Boltiqboyi respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildi, 1991-yil 18-avgustda SSSR vitse-prezidenti G.I. Yanaev boshchiligida Favqulodda holat davlat qo’mitasi tuzdilar. Mazkur qo’mita SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevni hokirniyatdan noqonuniy yo’l bilan chetlashtirdi. Fitnachilarning davlat to’ntarishi qilishga urinishi natijasida 19-21-avgust kunlari Moskvada fojeali hodisalar ro’y berdi. Fitna Rossiya Federatsiyasi rahbariyati boshchiligida demokratik kayfiyatdagi kuchlar tomonidan bostirildi. Endilikda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. KPSS halokatga uchradi. Respublikalar birin-ketin SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar. SSSR parchalanib tarix sahnasidan tushdi.
1989-yil 23-iyun oyida O‘zbekiston MQning birinchi kotibi lavozimiga I.A.Karimov saylandi. Uning tashabbusi biian 1989-yil avgust oyida qishloq aholiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, 580 ming oila unga ega bo‘ldi. O‘z mustaqilligiga intilayotgan O‘zbekistonning keyingi qadami 1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasida "O‘zbekiston ning Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi edi. Partiya yakka xukmdorligini bartaraf etish va hokimiyatni xalq deputatlariga qaytarib berish uchun 1990-yil 24-martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning I sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy qilish tog‘risidagi qaror qabul qilindi va I.A.Karimov ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib Prezident bo‘lib saylandi. O‘z suverenitetini tiklashda 1990-yil 20-iyun kuni respublika Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston SSR «Mustaqillik Deklaratsiyasi» muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqeadir. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib qoyilgan. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan respublikada joylashgan ittifoqqa boysinuvchi davlat korxonalari va muassasalari O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tkazildi.Mazkur mavzuni yoritishda talabalarning diqqat-e'tiborini shunga qaratish kerakki, 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» va 1991-yil 31-avgustda e'lon qilingan "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tog‘risida"gi qonun bir-biridan farq qiladi. "Mustaqillik Deklaratsiyasi"da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, o‘z suverenitetini tiklagan O‘zbekiston haqida gap ketgan. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Qonunda esa SSSR parchalanib ketganligi va mustaqil davlatga aylangan O‘zbekiston haqida gap ketgan. Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Oliy Kengash O‘zbekiston Konstitutsiyasini tayyorlash komissiyaga O‘zbekistonning yangi Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasini tayyorlash vazifasini topshirdi. Shu tariqa xalqimiz azaliy, asriy maqsadiga- Vatanimiz Mustaqilligiga erishdi. Dunyo haritasida yangi mustaqil davlat-O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikriga ko‘ra: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyat bunyod etish-bosh vazifadir.O‘zbekistonda yangi demokratik davlatni barpo qilish rejalarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning hissasi katta. O‘z asarlarida u demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini chuqur tahlil qildi. Masalan, «O‘zbekiston - o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992); «O‘zbekiston -bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» (1993); «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995); «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997); «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) va boshqalar. Ushbu asarlarida O‘zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o’rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy poklanishning asosiy yo’l-yo’riqlari yangicha mushoxada va yondashuv bilan ko’rsatib berildi.Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda asosiy vazifalardan biri uning huquqiy poydevorini yaratishdir. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri, uning asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi hisoblanadi.O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan edi. Buning uchun Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzilgan edi.