Guruh talabasi Maxsudov Elyorbek Qabul qildi: Rayimoh Abdulhamid 11- mavzu Sovet hokimyatining O’zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodi-ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati. Reja



Yüklə 193,13 Kb.
səhifə1/24
tarix19.05.2023
ölçüsü193,13 Kb.
#117004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
3-mustaqil ish O\'zbekiston tarixi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL–XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
“Kompyuter injineringi”
FAKULTETI
“Kompyuter injineringi”
KAFEDRASI
Tarix
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi 615-22-guruh talabasi
Maxsudov Elyorbek
Qabul qildi:
Rayimoh Abdulhamid

11- mavzu Sovet hokimyatining O’zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodi-ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati.
Reja:
1. Sovetlar davrida O`zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi.

2. Yangi iqtisodiy siyosat

3. O`zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari

XX asr 20-yillari boshlariga kelganda o’lka hayoti, yerli aholining maishiy-turmush tarzi nochor ahvolda edi. Birinchi jahon urushining og’ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o’rnatishda bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga nisbatan qo’llagan zo’rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko’zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin-maydonlari payxon bo’lib ketgandi. Eng yomoni, o’lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi. Buning ustiga mamlakatda fuqarolar urushi davom etayotgan paytda Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zo’rlik bilan joriy etila borgan oziq-ovqat razverstkasi va u bilan uyg’unlashgan «harbiy kommunizm» siyosati o’lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini qat’iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib borishiga sabab bo’ldi.

Yangi iqtisodiy siyosat. Vaziyat Sovetlar yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib qo’ydi. Bu vazifalar 1921-yil mart oyida bo’lib o’tgan RKP (b) X syezdi belgilab bergan Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari oziq-ovqat razverstkasini oziq-ovqat solig’i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat cheklanishini bekor qilishdan iborat bo’ldi.

Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar ittifoqini, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqtisodiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri - bu dehqon xo’jaligini oyoqqa turg’izish, uni rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo’jaligining boshqa sohalarini ham hech bir yuksaltirib, yetarli xomashyo bazasini yaratib bo’lmasdi. Oziq-ovqat solig’i talabiga ko’ra ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo’jaligi bilan davlat o’rtasida mahsulot yetkazib berish majburiyati to’g’risida shartnoma tuziladigan bo’ldi. Bu esa dehqonlarni yerdan ko’proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, yangi iqtisodiy siyosat dehqonning o’z mehnatidan manfaatdor bo’lishini tayin qildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g’allasi tortib olinmaydigan bo’ldi, o’zi yetishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi. Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP (b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.
1921-yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi oziq-ovqat, yem- xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig’i bilan almashtirish to’g’risida qaror qabul qildi. Unda 1921-22-yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o’laroq yil oxirida yig’ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo’ldi. Bu esa Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi. Bundan tashqari, sovet hukumati o’lkada birinchi navbatda o’zi uchun zarur bo’lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e’tiborni qaratdi. Yordam ko’rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi.


Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo’jalik hisobiga o’tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo’lsada jonlanishiga olib keldi. Mayda va o’rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga berildi. O’lkada yangi sanoat korxonalari, temir yo’llar qurildi. Xilkovo sement zavodi, Farg’ona pillachilik fabrikasi, Toshkent guruch zavodi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo’l shahobchalari shular jumlasidandir. O’lkada ayniqsa paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq bo’lgan paxta tozalash korxonalari tez sur’atda o’sdi. Bu Markaz to’qimachilik sanoatining o’zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko’p jihatdan bog’liq edi. Natijada paxta ekiladigan-maydonlar 1924-yilda 1921-yilga nisbatan 3 barobar ko’paydi. Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga yetdi. Birgina paxta tozalash sanoatida yalpi maxsulot ishlab chiqarish 1923-yildagi 23,9 mln. so’mlikdan 1924-yilda 57,8 mln. so’mga yetdi. Bundan ko’rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib sezilarli darajada rivojlana boshladi.

Biroq partiya va sovet hukumati yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlanmoqda, deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ’ibot ishlarini kuchaytirib yubordi. Jumladan, RKP(b) XII syezdida (1923) Buxoro va Xivada turkman va qirg’izlarga qarshi «o’zbek shovinizmi» mavjud, deb qayd etishgacha borildi. Bu asossiz da’vo va e’tirozlar o’lkada milliy nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas edi. Bu xol asta-sekinchilik bilan o’lkada yangi iqtisodiy siyosat yo’lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo’jalik artellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa 20-yillarning oxirlariga kelib ittifoqning, shu jumladan, O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o’z mazmuni va mohiyatini tobora yo’qota bordi.


Yüklə 193,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin