Tub burilish va undan keyingi janglar. Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushida tub burilishni boshlab berdi. Kavkaz uchun bo‘lgan janglarda Toshkentda tuzilgan Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy
Zebo G’aniyeva davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va ofitserini qirib tashladi. Gvardiyachi generalmayor S.Rahimov 1945-yil 26-mart kuni Polshadagi Gdansk (Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan. O‘zbek xalqining shonli farzandiga 1965- yil 9-mayda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. O‘zbekistonlik jangchilar 1943-yil yozida bo‘lgan Kursk va Oryol rayonidagi janglarda, Dnepr daryosini kechib o‘tishda oldingi saflarda bo‘lishdi. Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun 26 nafar o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Ular safida buxorolik Sharif Ergashev va Xalloq Aminov bor edi. Belorusiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarning birida 1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofida iste’dodli o‘zbek shoiri Sulton Jo‘ra 33 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi. O‘zbekistonlik jangchilar 1944-1945-yillarda Belorusiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalari va Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy viloyatlarini ozod qilishda ishtirok etdilar. O‘zbekistonliklar yevropadagi Qarshilik ko‘rsatish harakati saflarida, Polsha, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Italiya, Gretsiya, Avstriya, Yugoslaviya, Fransiya va boshqa
d avlatlarni fashizmdan ozod etishda faol qatnashdilar, partizan qo‘shilmalarida jang qildilar. 1945-yil 9-mayda gitlerchilar Germaniyasi butunlay taslim bo‘ldi. Berlinni zabt etgan jangchilar orasida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan toshkentlik Botir Boboyev va Solih Umarov, marg‘ilonlik Tojiali Boboyev ham bo‘lgan. O‘zbekistonlik jangchilarning 1706 nafari “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun” jangovar medali bilan taqdirlandi.
Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklarning hissasi. Yaponiyaga qarshi urush 1945-yil avgustda sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi. O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tormor
Sobir Rahimov keltirishga katta hissa qo‘shdilar. Ular orasida leytenantlar N.Latipov, A.Karimov, U.Doniyorov, yefreytor U.Asanov va boshqa jasur o‘zbek o‘g‘lonlari bor edi. Manjuriyadagi yapon qo‘shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945-yil 2-sentyabrda so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi. O‘zbekiston o‘g‘lonlari va qizlarining jangovar frontlarda ko‘rsatgan mislsiz mardlik va jasorati SSSR va yevropadagi ko‘plab mamlakatlar hukumatlari tomonidan yuksak taqdirlandi. O‘zbekistonlik jangchilardan 120 000 nafari turli sovet orden va medallari bilan mukofotlandi. O‘zbekistonlik 280 nafar jangchi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, ulardan 75 nafari o‘zbek edi. 52 nafar o‘zbekistonlik jangchilar uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandilar.