Guruh talabasi o'ktamova shahista otlarning son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari. Reja


So‘zlarni takrorlash yordamida ot yasash



Yüklə 104 Kb.
səhifə6/6
tarix21.05.2023
ölçüsü104 Kb.
#118918
1   2   3   4   5   6
OTLARNING SON KATEGORIYASI

So‘zlarni takrorlash yordamida ot yasash. Lik-lik (ko‘kat turi), pat-pat (mototsikl), bog‘cha-bog‘cha (o‘yin), yugur-yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).

Otlarning tuzilish jihatdan turlari

Otlar tuzilishi jihatdan sodda ot, qo`shma ot, juft ot, qisqartma otlarga bo`linadi.


1. Sodda ot bir o`zak morfemadan tashkil topadi: daraxt, kitoblar, gulzor, uycha kabi.
2. Qo`shma ot ikki va undan ortiq o`zak morfemaning birikishidan hosil bo`ladi: belbog`, atirgul, oqsoqol kabi.
3. Juft ot ikki o`zak morfemaning o`zaro teng bog`lanishidan tuziladi: aka-uka, o`y-xayol, temir-tersak kabi.
4. Qisqartma otlar birikma qismlarini qisqartish yo`li bilan tuzilgan otlar: AQSH, MDH, O`zMUkabi.
5. Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim, yor-yor (qo`shiq nomi).
Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo`yib yoziladi.
Agar juft otlar o`rtasida ikki otni bir-biri bilan bog`laydigan u, yu tovushlari bo`lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo`yilmaydi: Onayu bola - gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so`zlar jon-jonidan o`tib ketdi. Tilimizda takrorlangan, so`zning boshida kelgan undosh p yoki
m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin
ptovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, osh-posh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.



Ot tahlili namunasi

1. So`rog`i.
2. Ma’no turi (atoqli va turdosh otlar, turdosh otlar­ning turlari).
3. Birlik yoki ko`p­ligi (soni)
4. Kelishigi.
5. Ega­lik qo`shimchasi bo`lsa,

uning shaxs-soni aniqlanadi.
6. Kich­raytirish, erkalash, hurmat­lash ma’­nolari bo`lsa, aniqlanadi.
7. Tuzi­lish turi.
8. Tub yoki yasa­ma­ligi.
9. Gapdagi sintaktik vazifasi.


Adabiyotlar ro'yxati

  1. I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil

  2. U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» 1992 yil

  3. A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil

  4. S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» Toshkent, 2001 y

  5. S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili» Toshkent, 2003 y

  6. SH. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» II qism. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1980 yil

  7. A.G'ulomov, A.N. Tixonov, R. Kungurov. «O'zbek tilimorfem lug'ati» Toshkent, 1977 yil

  8. www.ziyonet.uz

Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin