Korхona bo‘yicha joriy davrda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan:
№
Ko‘rsatkich
Belgi
Summa
1
Mahsulot qiymati bazis davr bozor bahosida
q0p0
20,000
2.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarхi (bazis davr)
q0s0
14,000
3.
Joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati:
- bazis davr bozor bahosida
q1p0
19,560
- joriy davr amaliy bozor bahosida
q1p1
22,800
4
Joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarхi:
- amalda
q1s1
14,098
- bazis davr tannarхi asosida
q1s0
13,300
Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
Bazis davrda h0=q0C0/q0r0=14000/20000=0,70 yoki bazis davrda korхonada 1 so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun 70 tiyin sarflangan;
Joriy davrda amalda h1=q1C1/q1r1=14098/22800=0,62 yoki joriy davrda korхonada 1 so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun 62 tiyin sarflangan.
Demak, joriy davrda bir so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun bazis davrga nisbatan 8 tiyin (h=h1-h0=0,62-0,70=-0,08 yoki 8 tiyin) kam sarflangan. Bunday holatga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar:
hq=q1C0/q1r0-q0C0/q0r0=13300/19560-14000/2000=0,68-0,70=-
0,02 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulot uchun qilingan harajat 2 tiyinga
kamaygan. (Bunday holat 1 so‘mlik tovar mahsulotga kam harajat qilingan mahsulotlar salmog‘i ortganda yuz beradi).
joriy davrda bazis davrga nisbatan mahsulot tannarхi past bo‘lganda:
hs = q1C1/q1r0-q1C0/q1r0 = 14098/19560-13300/19560= 0,72- 0,68 =+0,04
yoki 1 so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat 4 tiyinga (mahsulot tannarхi hisobiga) ortgan.
ishlab chiqarish bahosining hisob-kitobda asos qilib olingan bazis bahosiga nisbatan o‘zgarishi
hr = q1C1/q1r1-q1C1/q1r0 = 14098/22800 – 14098/19560 = 0,62- 0,72 = -0,10
yoki 1 so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat bahoning ortishi hisobiga 10 tiyinga pasaygan.
Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichi barcha omillar hisobiga 8 tiyinga pasaygan:
h=hq+hc+hr=-0,02+0,04-0,10=0,08
h=-0,08 so‘m yoki h=-8 tiyin