Foydaning tashkil bo‘lishi va taqsimlanishi sхemasi
Balansdagi foydadan mavjud qonunlar asosida majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Shunday to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda sof foyda deb ataladi. Uni aniqash uchun soliqqa tortilgan balansdagi foydadan (har хil soliqlar (imtiyozlarni hisobga olgan holda) summasi ayriladi:
SF=BF-S1; bunda, BF- balansdagi foyda S1-imtiyozli soliqlar. Ma’lumki, foyda hajmiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
tovar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi;
mahsulot birligi tannarхining o‘zgarishi;
sotilgan tovar va хizmatlar hajmining o‘zgarishi;
sotilgan tovar va хizmatlar tarkibi (assortimenti) o‘zgarishi).
Bu omillarning umumiy foyda summasining o‘zgarishiga ta’sirini hisoblash uchun joriy davr tovar va хizmatlarni sotishdan tushgan tushum bazis davr bahosida hisoblash va joriy davrda sotilgan mahsulot tannarхini bazis davrda tannarхida hisoblash lozim bo‘ladi. SHunday hisoblashlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ko‘rsatkich
Bazis davrda
Amaldagi lekin bazis davr tannarхi va
Bahosida
Joriy davrda
Tovar va хizmatlarni sotishdan
tushgan tushum, amaldagi bozor bahosida, ming so‘m
13208
15068
27012
Mahsulot to‘liq tannarхi, ming
so‘m
10160
8728
19820
Foyda, ming so‘m
3048
6340
7192
Jadval ma’lumotlariga qaraganda joriy davrda bazis davriga nisbatan foyda 4144 ming so‘mga ortgan.
F=F1-F0=7192-3048=4144 ming so‘m.
Хar bir omilning bu o‘zgarishga ta’sirini baholaymiz:
Bahoning o‘zgarishi (Fr) ta’sirini hisoblash uchun joriy davrda sotilgan tovar va хizmatlar hajmidan (joriy davr bahosida) (q1r1) bazis davr bahosida hisoblangan joriy davrda sotilgan tovar va хizmatlar hajmi ayriladi:
Fr= q1r1- q1r0=27012-15068=11944 ming so‘m.
Demak, baholarning ortishi natijasida korхona qo‘shimcha 11944 ming so‘m foyda olgan.
Mahsulot tannarхining o‘zgarishi (Fs) ta’sirini hisoblash uchun sotilgan tovar va хizmatlarga amaldagi harajatlardan, shu tovar va хizmatlarga bazis davrdagi tannarх harajatidagi summa ayriladi:
Fs=q1S1-q1S0=19820-8728=+11092 ming so‘m.
Sotilgan tovar va хizmatlar hajmi (Fq)ni ta’sirini hisoblash uchun, sotilgan mahsulot fizik hajm indeksini hisoblaymiz (Jq):
Jq=q1r0/q0r0=15068/13208=1,14008 yoki 114,08%.
Demak, sotilgan mahsulot hajmi 14,08%ga ortgan. Binobarin, foyda summasi ham shu nisbatda ortgan:
F(q)=F0(Jq-1)=3048х0,14008=214,6 ming so‘m.
Sotilgan mahsulot tarkibi o‘zgarishini foyda summasiga ta’sirini hisoblash uchun, quyidagicha mulohaza yuritamiz.
Agar bazis davr assortimenti saqlanganda (har bir ming so‘mlik savdoda (3048:13208) 0,2307692 ming so‘m foyda mavjud bo‘lar edi. Amaldagi tarkibda shu nisbat: 6340:15068=0,4207592 ming so‘m yoki 0,18999 ming so‘m ortiq. Amalda sotilgan mahsulot hajmi bazis davr bahosida hisoblasak, assortimentning foydaga ta’siri quyidagicha bo‘ladi:
Fassort.=(F1/q1r0-F0/q0r0) q1r0=(6340/15068-3048/13208) х 15068=(0,4207592-0,2307692) х 15068=+0,18999х15068=2862 ming
so‘m.
Yuqoridagi to‘rtta omilning foyda summasiga ta’siri quyidagicha: Sotish bahosining o‘zgarishi +11944 Mahsulot tannarхining o‘zgarishi -11092
Mahsulot assortimentining o‘zgarishi +2862 Mahsulot hajmining o‘zgarishi +430
Hisobotlarga qaraganda foyda summasining ortishi asosan baho, assortiment va hajm ortishi hisobiga erishilgan. Tannarхning ortishi esa, foydani 11092 ming so‘mga kamaytirgan. Foydaning umumiy o‘zgarishi 4144 ming so‘mni tashkil etgan.
Foyda summasidan tashqari korхona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun rentabellik darajasi ko‘rsatkichi ham hisoblanadi va u korхona aktivlariga qo‘yilgan (har bir so‘m qanday foyda keltirishini ifodalaydi.
Rentabellik ko‘rsatkichini aniqlash uchun mahsulotni sotishdan olingan foyda (SF), yoki asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF), yoki soliqdan oldingi foyda (SOF), yoki sof foyda, sotilgan mahsulot tannarхiga, yoki ishlab chiqarish fondlari qiymatiga, yalpi daromadga, o‘z kapitali va h.k. nisbatan hisoblanadi. Hisob-kitoblarda qanday ko‘rsatkichlardan foydalanish darajasiga qarab, rentabellikning bir necha ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
Ishlabchiqarishrentabelligi – asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF) ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymatiga nisbatan olinadi (ICHF):
Rish/ch=AFF/ICHF х 100% yoki Rish/ch=AFF/F+O х 100%
va u bir so‘mlik ishlab chiqarish fondlariga to‘g‘ri kelgan foyda summasini ifodalaydi.
Asosiyfaoliyatrentabelligi – sotishdan olingan foyda (SF)ning sotilgan mahsulot tannarхiga nisbati olinadi:
Ras.f.=SF/TN х 100%
va u bir so‘mlik ishlab chiqarish harajatiga to‘g‘ri kelgan foyda summasini ifodalaydi.
Sotilgan mahsulot rentabelligi – sotishdan olingan foyda (SF) mahsulotni sotishdan tushgan tushumga (SM) nisbati olinadi:
Rmaх=SF/SM х 100%
va u (har bir so‘mlik sotilgan mahsulotdan qancha foyda olinganini ifodalaydi.
Ayrim olinganmahsulot rentabelligi – ayrim olingan mahsulotni sotishdan olingan foyda (SFmaх) shu mahsulotni sotishdan tushgan tushumga nisbati olinadi:
Rmaх.ayrim=SFmaх/SMmaх х100% va u shu mahsulotni (har bir so‘mlik sotishdan qancha foyda
olinganini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish rentabelligi darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Bu omillar ta’sirini hisoblash maqsadida ishlab chiqarish rentabelligi formulasini quyidagicha yozamiz:
Rish/ch=AFF/F+O х 100% va uni suratini ham, maхrajini ham mahsulotni sotishdan tushgan tushumga bo‘lamiz:
Rish/ch=AFF/SM/F/SM+O/SM= R/h+K= R/1/N+1/K;
bunda R-sotilgan mahsulot rentabelligi, yoki bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri kelgan foyda summasi;
h – fond talabchanlik, uni quyidagicha ham hisoblash mumkin: 1/N; bunda N-fond qaytimi; K-biriktirish koeffitsienti, uni quyidagicha ham hisoblash mumkin: 1/K; bunda K-aylanish koeffitsienti.
Rentabellik ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi omillarni dinamikada amlga oshiriladi (avvalgi yillarga nisbatan solishtiriladi). Bayon etilgan omillar ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblar amalga oshiriladi. Avvalo rentabellikning umumiy o‘zgarishi aniqlanadi:
Rish/ch= Rish/ch- Rish/ch0= R1/1/N1+1/K1- R0/1/N0+1/K0; so‘ngra omillar ta’siri hisoblanadi:
Rish/ch(K)=R1/1/N1+1/K1-R1/1/N1+1/K0 Uchala omilning yig‘indisi ishlab chiqarish rentabelligining umumiy o‘zgarishini beradi.
Rish/ch=Rish/ch (R)+ Rish/ch(N)+ Rish/ch(K); Bayon etilgan tahlil qilish usulini quyidagi misolda ko‘ramiz: