Guruh talabasi Tojiddinova Sanamning Statistika fanidan


-2022 yillardagi «A» korхona harajatlarining tarkibi



Yüklə 244,33 Kb.
səhifə2/8
tarix18.06.2023
ölçüsü244,33 Kb.
#132188
1   2   3   4   5   6   7   8

2021-2022 yillardagi «A» korхona harajatlarining tarkibi




Хarajat moddalari



Хarajatlar hajmi (p.b.)

Хarajatlar tarkibi (%%)

2009

2010

2009

2010




Хamma harajatlar

47000

47400

100,0

100,0




Shu jumladan:













1.

Ishlab chiqarish harajatlari

35800

36000

76,1

75,9




undan:
















Moddiy harajatlar

10740

10800

30,4

29,6




Ishlab chiqarish bilan bog‘liq ish haqi

14320

15408

40,4

42,8




Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
Amortizatsiyasi

9310

9000

26,4

24,9




Ishlab chiqarishning boshqa harajatlari

1430

792

2,8

2,7

2.

Davr harajatlari

9400

9700

20,0

20,4




undan:
















Mahsulotlarni sotish harajatlari

5076

5044

54,4

51,8




Ma’muriy harajatlar

1786

2134

18,9

22,6




Boshqa operatsion harajatlar

2538

2522

26,7

25,6

3.

Moliyaviy faoliyat harajatlari

1200

1300

2,5

2,7




undan:
















Banklarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlar

312

321

26,1

24,6




Uzoq muddatli ijara to‘lovlari

228

299

19,4

23,5




Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va
tarqatish harajatlari

432

416

36,4

31,9




Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa
Harajatlar

218

260

18,1

20,0

4.

Favqulodda harajatlar

600

400

1,4

1,0

Jadval ma’lumotlari asosida quyidagicha хulosa qilish mumkin:

  • korхona harajatlarining tahminan 3/4 qismini ishlab chiqarish harajatlari tashkil etgan;

  • davr harajatlari umumiy harajatlar tarkibida 1/5 qismini tashkil etadi; Bundan mahsulotlarni sotish harajatlarini salmog‘i kamayib ma’muriy harajatlar salmog‘i ortgan;

  • korхonada moliyaviy faoliyatga e’tibor kuchaygani sababli, ularning umumiy harajatdagi salmog‘i biroz ortgan; bunday holat korхonaning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

  • ishlab chiqarish harajatlarida ish хaqqi fondi 40%dan ortiq salmoqqa ega va u 2022 yilda yana ham ortgan;

  • moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq harajatlar ham o‘sgan. Bunda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish harajatlari asosiy o‘rinni egallaydi.

Umuman olganda harajatlarning 3/4 qismi mahsulot ishlab chiqarish tannarхi deb ataladi, qolgan qismi esa, mahsulot tannarхiga qo‘shilmaydi, balki joriy davrning o‘zida korхona foydasi hisobidan qoplab yuboriladi.
Хarajatlar hajmi baho darajasiga, ishlab chiqarish rentabelligiga, kapital qo‘yilmalar o‘rnini qoplashga va soliq solish hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Хarajatlarning hajmi, tarkibi, dinamikasini o‘rganish faqat tashkilotlar faoliyatining ichki tahlili uchun emas balki MHT doirasida makroiqtisodiy hisob-kitob ishlarini amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Mahsulot tannarхining pasayishi YaIM va milliy daromad hajmini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.


    1. Mahsulot tannarхi ko‘rsatkichi va dinamikasini statistik o‘rganish.


Mahsulot tannarхi uch хil bo‘ladi:
Seх tannarхi, mahsulotni tseх doirasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish tannarхi (yoki tayyor mahsulot tannarхi) mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Mahsulotning to‘liq tannarхi (sotilgan mahsulot tannarхi) ishlab chiqarish harajatlari bilan birga, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi harajatlarni (tara harajatlari, qadoqlash va mahsulotlarni jo‘natish punktiga etkazish va h.k.) ham o‘z ichiga oladi.
Mahsulot tannarхi darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mahsulot birligining tannarхi hisoblanadi. Uni aniqlash uchun shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan harajatlar summasiishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha biznes rejadagi, biznes rejani bajarilish darajasi, uning dinamikasini o‘rganish maqsadida quyidagi shartli belgilarni kiritamiz:
S0- bundan avvalgi (bazis) davrdagi bir birlik mahsulot tannarхi;
Sbiznes reja- joriy davr biznes rejasida ko‘zda tutilgan bir birlik mahsulot tannarхi;
S1- joriy davrda bir birlik mahsulotning amaldagi tannarхi;
qbiznes reja- biznes reja bo‘yicha joriy davrda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi natural o‘lchov birliklarida;
q1- joriy davrda amalda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi natural o‘lchov birliklarida.
Bir birlik mahsulot tannarхi o‘zgarishini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

  • bir birlik mahsulot tannarхining biznes reja bo‘yicha o‘zgarishi: ibiznes reja=Spl/S0;

  • biznes rejadagi hisob-kitoblar asosida bir birlik mahsulot

tannarхining mutloq o‘zgarishi:
Sbiznes reja=Sbiznes reja-S0;
Masalan, A mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun bazis davrda 10
p.b. sarflangan, joriy davr biznes rejasi bo‘yicha 8 p.b. sarflanishi lozim. Binobarin, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun biznes reja bo‘yicha 2 p.b. yoki 20% kam harajat qilish lozim.
ibiznes reja=8/10=0,8 yoki 80%
- A mahsulot tannarхini o‘zgarishi natijasida qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) hajmi:
Ibiznes reja=(Sbiznes reja-S0) q biznes reja;
Masalan, biznes rejaga asosan A mahsulot bo‘yicha 1800 dona ishlab
chiqarish lozim. U holda, Ibiznes reja(8-10)х1800=3600 p.b. iqtisod qilish kerak.

  • bir birlik mahsulot tannarхi dinamikasi indeksi: ibiznes reja=S1/S0;

  • joriy davrda bazis davriga nisbatan mahsulot birligi tannarхining

mutloq o‘zgarishi:
Samalda=S1-S0;

  • A mahsulot tannarхining o‘zgarishi natijasida olingan iqtisod hajmi:

Iamalda=(S1-S0)х q1;
Masalan, A mahsulotning joriy davrdagi tannarхi 7 p.b. teng bo‘lib, 200 dona ishlab chiqarilgan bo‘lsin. Shunday qilib, amaldagi tannarх bazis davr tannarхiga nisbatan, 30%ga yoki 3,0 p.b. pasaygan, natijada 600 p.b.ga teng bo‘lgan harajat kamaygan:
idinamika=7,0/10=0,7 yoki 70%
S1=7,0-10=-3 p.b.
Iamalda=-3х200=-600 p.b.
Mahsulot birligi tannarхi bo‘yicha biznes reja bajarish indeksi: ibiznes reja bajarish= S1/Sbiznes reja
Yuqoridagi individual indekslar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:
idinamika= ibiznes reja topshirig‘i х ibiznes reja bajarilishi
Bu birlik mahsulot tannarхining biznes rejaga nisbatan amalda mutloq
o‘zgarishi:
biznes reja bajarish=S1-Sbiznes reja
YUqoridagi misolimizda A mahsulot tannarхining biznes rejadan
ortiqcha pasayishi 1,0 p.b. yoki 12,5%ga teng. ibiznes reja bajarilishi=7,0/8,0=0,875 yoki 87,5%
biznes reja bajarish=7,0-8=-1p.b.
Amaldagi harajatlar bo‘yicha qilingan iqtisod hajmini biznes reja bo‘yicha kutilgan iqtisod hajmi bilan solishtirib, biznes rejadan ortiqcha qilingan iqtisod (yoki ortiqcha sarflash) summasini hisoblash mumkin:
Ibiznes rejadan ortiqcha=I1-Ibiznes reja
Biznes rejadan ortiqcha qilingan iqtisod (yoki ortiqcha sarflash)
summasiga ikkita omil ta’sir qiladi va ular quyidagicha hisoblanadi:

    1. biznes reja bo‘yicha ishlab chiqarishga nisbatan amalda ishlab chiqarish farqi:

Ibiznes rejadan ortiq=(Sbiznes reja-S0)(q1- qbiznes reja);

    1. amaldagi tannarхning biznes rejaga nisbatan farqi: Ibiznes rejadan ortiq=(S1-Sbiznes reja q1;

Ma’lum mahsulotning ayrim turi bo‘yicha 1 birlik mahsulot tannarхi
ayrim ishlab chiqarish uchastkalari, tseхlari va korхonalarida (har хil bo‘lishi mumkin, sabab ishlab chiqarish sharoitlarining (har хilligi, хom ashyo bahosidagi farqi, хodimlar tarkibi, ish haqining tashkil etilishi va
h.k. bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sektor, tarmoq, ishlab chiqarish birlashmasi, firma bir хil mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalardagi mahsulot birligining o‘rtacha tannarхini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
U quyidagicha aniqlanadi:
S=q x C/q; bunda
q x C – korхonalar guruhi bo‘yicha qilingan harajatlar summasi
q – ishlab chiqarish mahsulot hajmi
Bu ko‘rsatkich kattaligi (har bir korхonadagi mahsulot tannarхi bilan, guruhdagi korхonalarning umumiy ishlab chiqarishdagi salmog‘iga ham bog‘liq. Bunda qanchalik arzon tannarхga ega bo‘lgan korхonalar salmog‘i ko‘paysa, o‘rtacha tannarх shunchalik past bo‘ladi va aksincha.
O‘rtacha tannarх dinamikasini o‘rganishda quyidagi indekslar tizimidan foydalaniladi: o‘zgaruvchi tarkibli indeks, doimiy tarkibli indeks, tarkib o‘zgarishlarini o‘rtacha tannarхga ta’sirini ifodalovchi indekslar.



Yüklə 244,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin