GURUHLARDAGI IJTIMOIY PSIXOLOGIK HODISALAR
Guruhda quyidagi ijtimoiy psixologik hodisalar mavjud:ijtimoiy fikr, taqlid, ta’siriga berilish, konformizm. Ijtimoiy - psixologik muhit ko`p jihatdan jamoa a’zolarining sig’ishuvchanligiga bog’liqdir.
Guruhiy MOS KELISH (sig’ishuvchanlik) fiziologik va psixologik bo`lishi mumkin. Bir kishining mehnat unumdorligini keskin tushiruvchi va bu bilan ikkinchisida toliqishning oshuviga olib keluvchi fiziologik mos kelishning buzilishiga o`tinni qo`lda arralash uchun bir juft ishchi sifatida baquvvat kishi bilan dardchil yigitchani yuborishgani misol bo`la oladi.
Guruhiy psixologik mos kelish psixomotor, emotsional - irodaviy xususiyatlariga diqqat va tafakkurdagi farqlariga bog’liqdir. Lekin hammadan ko`ra ko`proq guruh tarkibiga kiruvchi har bir kishining shaxsiy xarakteri xususiyatiga bog’liq bo`lmasligi, ammo, albatta, sig’ishuvchan bo`lishi kerak.
Psixologik muhit vujudga keltirishda aksari guruhga mos kelishga bog’liq bo`lgan ijtimoiy kayfiyat katta ahamiyatga ega. U guruhda bevosita ijobiy yoki salbiy psixologik muhit vujudga keltiradi.
GURUHNING ICHKI TUZILISHI
Har qanday guruh tuzilishiga ko`ra guruh a’zolari nufuzi va statusining o`ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqorisida referentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o`rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan siqib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning lideri joylashadi.
Lider - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o`zlarining manfaatlariga daxldor bo`lgan hamda butun guruh faoliyatining yo`llanishini va xarakterini belgilab beradigan eng ma’suliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Lider rasman guruhning rahbari bo`lishi ham va, aksincha, bo`lmasligi ham mumkin. Lider bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga kelishi makbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo`lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar (masalan, sinf boshi) bilan norasmiy lider yoki liderlar o`rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo`ladi.
LIDER TIPLARI.
Guruh jamoasining rasmiy rahbarlik tizimi (guruhboshi, yoshlar tashkilotchisi va jamoatchilik ishlarning ayrim sohalari uchun mas’ul kishilar) unda norasmiy nufuzning taqsimlanishi va norasmiy peshqadam sifatida tanilish bilan to`g’ri kelishi ham, to`g’ri kelmasligi ham mumkin. Agar pirovad natijada shaxslararo munosabatlarda umumiy maqsadlarning mavjudligi jamoaga xalaqit qilmaydigan emas, balki hatto yordam berishi ham mumkin. Chunonchi, 30-40 o`quvchidan iborat guruh hisoblanadigan guruhda guruhboshi va yoshlar tashkilotchisiga tashqari odatga bir necha peshqadamlar mavjud bo`lib, ular tevaragida bir nechta norasmiy guruhlar uyushadi.
Liderlarning quyidagi tiplari farqlanadi:
1. Faoliyatining mazmuniga qarab:
a) Ilhomlantiruvchi, harakat yoki axloq dasturini taklif qiluvchi lider;
b) Bajaruvchi - berilgan dasturni bajarish tashkilotchisi;
v) Bir vaqtda o`zida ham ilxomlantiruvchi, ham bajaruvchi.
2. Boshqarish usuliga ko`ra:
a) Avtoritar
b) Demokratik
v) Yuqoridagi ikki uslubni o`zida mujassamlashtirgan.
3. Faoliyati xarakteriga qarab.
a) Universal - o`zida liderlik xususiyatlarni doim ko`rsatib turadigan;
b) Situativ (vaziyatga bog’liq) - o`zida liderlik xususiyatlarini ma’lum o`ziga xos vaziyatlarni ko`rsatib turadigan.
Dostları ilə paylaş: |