Guruh a'zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi munosabatlar juft bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi.
5
Shaxsning guruh taz'iyqida berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a'zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 45 kishi bo‘lgunga qadar uning ta'sinri kuchayib boradi, undan ortib ketgach ta'sirchanlik kamayib boradi.
Kichik guruxlardagi dinamik jarayonlar:
KONFORMIZM – guruh o‘zining har bir a'zosiga ta'sir ko‘rsatishi. Ya'ni guruxda qabul qilingan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini guruhning a'zolari tomonidan qay darajada qabul qilinishidir.
Kichik guruxlardagi dinamik jarayonlar:
Tashqi konformlilik – individ guruhning fikriga nomigagina qo‘shiladi, ich-ichidan guruhga qarshi turadi.
Ichki konformlilik – individ guruh fikriga to‘laligicha qo‘shiladi va ruhan qabul qiladi.
Kichik guruxlardagi dinamik jarayonlar:
NEGATIVIZM – individning har qanday sharoitda ham guruhning fikriga qo‘shilmasligi va qarshi turishi, shuningdek o‘zining mustaqil fikrini tasdiqlab turib olishi.
Faqat mustaqil fikr qadrlanadigan davralardagina bu holat ijobiy deb qabul qilinishi mumkin.
R.S.Nemov. Guruhlar tasnifi:
Shartli guruh
faqatgina nom jihatdan mavjud bo‘lgan kishilarning uyushmasidir. Shartli guruhga kiruvchi kishilar bir-birlari bilan hech vaqt uchrashmasliklari ham mumkin, lekin shu bilan birga guruhga ajratish bo‘yicha umumiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, o‘smirlar mamlakatimizning qaysi shahar va qishlog‘ida yashashidan, hech qachon bir yerga to‘planmasliklaridan qat'iy nazar shartli guruhga birlashtirilishi mumkin.
Real guruh
haqiqatdan mavjud bo‘lgan kishilarning uyushmasidir. Bu guruhdagi kishilar real aloqa va munosabatlar maqsad va vazifalar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladilar. Real guruh qisqa vaqt davomida yoki uzoq muddat davomida mavjud bo‘lishi, son jihatdan ko‘p yoki kam bo‘lishi ham mumkin.
Rasmiy guruh
rasmiy hujjatlar asosida to‘plangan guruh (ustav, shtat), ishlab chikarishdagi ta'minot bo‘limi, oliy o‘quv yurtidagi talabalar ish yuzasidan rasmiy guruhlardir. Bunday guruh a'zolari o‘rtasida ish yuzasidan bo‘ladigan aloqalar o‘rnatiladi. Bu aloqalar ham hujjatda ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Ular bo‘ysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning ko‘p yoki kam bo‘lishini ko‘zda tutadi.