psixologik motivasiyaning yagona yo‘nalishi asosida simpatiya, qarashlarning yaqinligi, e'tiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy hujjatlar hech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va o‘zaro bog‘liqlik yo‘qolsa, guruh ham tarqab ketadi.
Referent guruh (etalon guruh)
bu real yoki xayolan mavjud bo‘lgan guruh bo‘lib, uning qarashlari, qonun-qoidalari namuna bo‘lib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi ularni eng yaxshi deb hisoblovchi va ularga qo‘shiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. Bunda shaxs bu normalarga qo‘shilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur bo‘lsa, tashviqot qilishi mumkin
Jamoa
Faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo‘lida psixologik jipsiligi va umumiy foydali motivlar bilan gavsiflanuvchi guruhdir.
Jamoaning muhim belgisi – maqsad va vazifalarning ijtimoiy ashamiyatga ega ekanligidir. Agar bu belgi bo‘lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas.
jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta'siri kabilar tushuniladi.
avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish
Guruhning dinamik jarayonlari deganda-
Amerikalik psixolog T. Mitchellning fikricha, o‘zaro ta'sir guruh sharoitida quyidagi omillar vositasida ro‘y beradi:
ayrim a'zolar boshqalariga nisbatan ko‘proq gapirishga moyil bo‘ladilar;
yuqoriroq mavqega ega bo‘lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga taz'yiq o‘tkazishadi
guruhda ko‘p vaqt o‘zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi
guruhda ayrim odamlar ta'sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish xollari kuzatiladi;
barcha a'zolar o‘zlari sezmagan holda konformlilikka berilishlari va guruh ta'siriga tushib qoladilar