Guruntlar tarkibidagi suv turlari va tafsifi


Cho`kindi tog` jinslaridan



Yüklə 68,29 Kb.
səhifə3/7
tarix01.12.2023
ölçüsü68,29 Kb.
#170240
1   2   3   4   5   6   7
Guruntlar tarkibidagi suv turlari va tafsifi

Cho`kindi tog` jinslaridan hosil bo`lgan qoya gruntlarining mustahkamligi ham birmuncha yuqori, ammo ularning ba`zilari suv ta`sirida eruvchanlik xususiyatiga ega. Bu gruntlarning ishonchliligi ulardagi qattiq zarrachalarni bog`lovchi minerallarning turiga bog`liqdir. Kvartsli va temirsimon minerallar bilan tsementlangan qoya gruntlari suvda deyarli erimaydi, gilli tsement bilan bog`langan gruntlar esa suv ta`sirida erib, o`zlarining bikrligini ham yo`qotishi mumkin.
Siqilishga vaqtinchalik qarshiligi 5 MPa dan kam bo`lgan mergellar, oxaktoshlar, alevrolitlar, argillitlar, burlar, toshtuzlar va boshqalar yarim qoya gruntlari deb ataladi. Bu gruntlarning ko`pchiligi tashqi muxit ta`siriga chidamsiz bo`lib, gidrotexnika inshootlari qurilishida odatda ular sun`iy usullar bilan mustaxkmlanadi.
Qattiq zarrachalari kuchsiz bog`langan gruntlar. Bu gruntlarning xossalari ulardagi qattiq zarrachalarning miqdori va o`lchamlariga ko`p jihatdan bog`liqdir. Yirikligiga ko`ra qattiq bo`laklar yoki zarrachalar quyidagicha nomlanadi: silliq yoki qirrali xarsang tosh (d > 200 mm); qayroqtosh yoki qirrali tosh (d = 200...40 mm); shag`al va chaqirtosh (d = 40...2 mm); qum (d = 2...0,05 mm); chang (d = 0,05...0,001 mm); gil ( d < 0,001 mm).
Qattiq zarrachalarni yuqoridagi o`lchamlar bo`yicha farqlash faqat bir xil nomli zarrachalardan tashkil topgan gruntlarning o`ziga xos tomonlari va xossalari mavjudligiga asoslangan. Masalan, tarkibi faqat tosh yoki shag`aldan tashkil topgan grunt qattiq skeletga va yuqori mustahkamlikka ega, o`ta suv o`tkazuvchan, suvning kapillyar ko`tarilishi ularda kuzatilmaydi.
Zarrachalari kuchsiz bog`langan gruntlar o`z navbatida yirik bo`lakli, qumli va gilli gruntlarga bo`linadi.
Yirik bo`lakli gruntlarning tarkibida har xil o`lchamga va shaklga ega bo`lgan qattiq elementlar bo`lishi mumkin. Lekin ular massasining yarmidan ko`progini o`lchamlari 2 mm dan katta bo`lgan tosh yoki shag`al tashkil etishi kerak. Yirik bo`lakli gruntlar dastlabki tog` jinslarining harorat, suv, shamol singari fizikaviy omillar ta`sirida yemirilishidan hosil bo`lgan. Bosim ta`sirida kam siljishi, yuqori mustahkamlik va katta suv o`tkazuvchanlik ularning o`ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Yirik bo`lakli gruntlarning xossalari ularning tarkibida ko`pincha mavjud bo`ladigan qum, chang va gil zarrachalarining miqdoriga ham bog`liqdir. Bu zarrachalar miqdorining oshib borishi grunt suv o`tkazuvchanligining kamayishiga olib keladi.
Qumli gruntlar tarkibining asosiy qismini yirikligi 2...0,05 mm oraliqda bo`lgan qum zarrachalari tashkil etadi. Bu zarrachalarning shakli ko`pincha yumaloqroq bo`lib, ular boshlang`ich tog` jinslarining fizikaviy yemirilishidan hosil bo`lgan. Qumli gruntlarning tarkibida ko`pincha tosh, chang va gil zarrachalari ham mavjud bo`ladi. Changsimon zarrachalar aslida dastlabki tog` jinslarining yemirilish jarayonida qum bilan birga paydo bo`lganligi uchun ularning mineralogik tarkibi va boshqa xususiyatlari o`xshashdir. Gil zarrachalarining nisbiy miqdori qumli gruntlarda 3% gacha bo`lishi mumkin.
Tarkibiga ko`ra qumli gruntlar quyidagi turlarga bo`linadi

Yüklə 68,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin