Guruntlar tarkibidagi suv turlari va tafsifi



Yüklə 68,29 Kb.
səhifə7/7
tarix01.12.2023
ölçüsü68,29 Kb.
#170240
1   2   3   4   5   6   7
Guruntlar tarkibidagi suv turlari va tafsifi

Gruntning gazli qismi. Grunt tarkibida ikki xil - erkin va qamralgan gazlar mavjud bo`ladi. Birinchi xil gaz (havo) bosimi, atmosfera bosimiga monand bo`lgani uchun, gruntning xossalariga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydi.
Qamralgan gaz bosimi uning atrofini o`rab turuvchi suv bosimiga teng bo`ladi. Bu gaz gruntning zichlanishida qo`shimcha elastiklik xususiyatini vujudga keltiradi, shuningdek uning tanasidan o`tadigan suvning sizish (filtratsiya) tezligini kamaytiradi.
5. Gruntlarning tuzilishi

Gruntlarning tuzilishi ularning tashkil topish sharoitlari va keyingi davr o`zgarishlari jarayonlariga bog`liqdir. Gruntlarning tuzilishini baholashda shuningdek, grunt mineral zarrachalarining o`lchamlari va shakli ham katta ahamiyat kasb etadi.


Cho`kindi turkumdagi gruntlarda uch xil: donador, po`kaksimon va zanjirsimon shakldagi tuzilishlar bir-biridan farqlanadi.

3–rasm. Gruntlar tuzilishining asosiy turlari: a – donador;
b – po`kaksimon; c – zanjirsimon
Donador tuzilish (3–rasm, a) sochiluvchan (qumli, shag`alli, toshli) gruntlarga xos bo`lib, zarrachalarining o`zaro joylashuvi ularning hosil bo`lish sharoitiga bog`liqdir. Shuning uchun ular o`ta g`ovak va hatto zichlangan holatda ham bo`lishi mumkin.
Po`kaksimon tuzilish (3–rasm, b) gilli gruntlarga xosdir. Gil zarrachalari sirtida elektr muvozanati saqlangani uchun, ular birlamchi holatda qanday joylashgan bo`lsa, suvda cho`kish sharoitida ham shu holatni saqlaydi.
Zanjirsimon tuzilish (3–rasm, c) yengil va kichik zarrachalarning suvda cho`kishidan hosil bo`ladi. Bu zarrachalar suvda uzoq vaqt muallaq holda turib qolib, o`zaro birikishi natijasida to`p-to`p bo`lib cho`kadi.
ADABIYOT


1.Karimov I.A. O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. – T., O`zbekiston, 1999.
2.Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlash-tirish yo`lida. – T., O`zbekiston, 1999.
3.Karimov I.A. O`zbekiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T., O`zbekiston, 1997.
4.QMQ 2.02.01-98. Bino va inshootlar zaminlari. – Toshkent, 1999.
5.QMQ 2.01.07-97. Yuklar va ta`sirlar. – Toshkent, 1998.
6.Frolov N.N. Proektirovanie osnovaniy i fundamentov gidromeliorativnx soorujeniy. M.: Kolos, 1985.
7.Silkin A.M., Frolov N.N. Osnovaniya i fundament. M.: Kolos, 1987.
8.Tsitovich N.A. Mexanika gruntov. M.: Stroyizdat, 1983.
9.Rasulov X.Z. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar. T.: O`qituvchi, 1993.
10.Ashrabov A.A., Zaytsev Yu.V. Qurilish konstruktsiyalari. T.: O`qituvchi, 1988.
11.Dalmatov B.I. Mexanika gruntov, osnovaniya i fundament. M.: Stroyizdat, 1986.
12.Pesikov Ye.S. Proektirovanie fundamentov gidrotexnicheskix soorujeniy. T.: TIIIMSX, 1989.
13.Gidrotexnicheskie soorujeniya. - http: //WWW. Vozrojderie. ru/gidroteh. htm.
14.Gidrotexnicheskie soorujeniya. – Stroitelstvo.-http: //vesi. ru/Map/ts/ts. 20Ya NNPS. htm
Yüklə 68,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin