Fizikaviy xossasi. Toza oltingugurt sariq kristallik modda,zichligi r 2,07 g/sm3, ts = 1190S, tq = 4450S. U issiqlik va elektr tokini juda yomon о‘tkazadi. Oltingugurt suvda erimaydi. Uning uchun yaxshi erituvchi CS2 dir.
Allotropik modifikasiyalari. Oltingugurt erkin holda har xil uzunlikdagi molekulalardan tuzilgan (S, S12, S8, S6 S2 va boshqalar) va bu molekulalar har xil usullarda tartiblanadilar, shuning uchun oltingugurt bir qancha modifikasiyalarda mavjud bо‘ladi.
Uy temperaturasida oltingugurt a - kо‘rinishda bо‘ladi (rombik modifikasiya), u sariq mо‘rt kristallar, hidsiz. 960S dan yuqoriroq temperaturada a -oltingugurtni asta-sekin b -oltingugurtga aylanishi sodir bо‘ladi. (monoklinnik modifikasiyasi), u deyarli oq kristallik
plastinkalaridan iborat. a va b oltingugurtlarni suyuqlanish temperaturalari tc=112,80C va tc=119,30C muvofiq ravishda. b –oltingugurt zichligi r 1,96 g/sm3.
Bu ikki modifikasiyalar bir-birlaridan kristallik strukturalari bilan farq qiladi.
Oltingugurtning suyuqlanishi uning hajmini sezilarli darajada (~15 % ga) ortishi bilan kuzatiladi. Suyuqlangan oltingugurt sariq, oson harakatlanuvchan suyuqlik, u 1600S dan yuqoriroq haroratda qо‘ng‘irlashadi va 1900S dan tо‘q jigarrangli qovushqoq massaga aylanadi. 1900S dan yuqori temperaturada quvushqoqligi kamayadi va ~4000S da suyuqlangan oltingugurt tо‘q jigar rangda qolib, yana oson harakatlanuvchan suyuqlikka aylanadi. Qizdirilganda sodir bо‘ladigan bu о‘tish (aylanish) xossalari oltingugurtni ichki tuzilishini о‘zgarishi bilan bog‘liq. Quyidagi rasmda oltingugurtning holat diagrammasi keltirilgan.
Yerning havo qatlami (ayniqsa ozon qatlami) quyoshning zararli ultrabinafsha nurlarini yutib va neytrallab yerning sirtini qizib ketishidan saqlaydi. Kimyoviy bog‘langan kislorod suvda 88,89% , tuproqda 56%, qumda ( SiO2) 53,3%, silikatlarda turli minerallar va hamma
tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Odam organizmini massa jihatdan 65% ni kislorod tashkil qiladi. Bulardan tashqari kislorod tabiatda juda kо‘p tog‘ jinslari va ma’danlar tarkibiga kiradi.