Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə7/8
tarix12.10.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#154250
1   2   3   4   5   6   7   8
sug;urta sher

15. Mas’ul shaxs o‘z xulosasining to‘g‘riligi, obyektivligi va asosliligi uchun shaxsan javob beradi.
16. Investitsiya qaytarilishi muddatini kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasi faqatgina yetarli asos bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
17. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya obyektlari va turlari bo‘yicha taqsimlanishi, investitsiyalarni joylashtirish va tugatish sanalari, foiz stavkalari, olingan dividendlar (foizlar), bitimlar bo‘yicha foydalar aks ettirilgan investitsiyalar bo‘yicha ichki hisobot yuritishi lozim.
18. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) quyidagilarni o‘z ichiga olgan qarorlar qabul qilish va investitsiya faoliyatidagi cheklovlar bo‘yicha majburiyatlarning turli bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlanishini ta’minlash uchun tegishli nazoratni amalga oshirishi lozim:
a) mas’ul shaxs buxgalteriya operatsiyalarini o‘tkazmasligi, pul mablag‘larini qabul qilmasligi, buxgalteriya provodkalari solishtirmasini tasdiqlamasligi va amalga oshirmasligi lozim;
b) investitsiya faoliyatini tashkil etish hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi hujjatlar va buxgalteriya yozuvlari bilan solishtirilgan bo‘lishi shart.
19. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) har yili o‘z investitsiya faoliyatining qonunchilik shartlari va talablari va tasdiqlangan investitsiya siyosatiga rioya etilishi yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirib borishi shart.
20. Ichki nazoratni olib borish natijalari bo‘yicha Kuzatuv kengashi yoki sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) boshqa vakolatli organiga taqdim etiluvchi hisobot tayyorlanadi.
V. Mas’ul shaxsga qo‘yiladigan malaka talablari
21. Mas’ul shaxs quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya, matematika, axborot texnologiyalari sohalarida) ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olingan oliy (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya, matematika, axborot texnologiyalari sohalarida) ma’lumotga ega bo‘lishi;
(21-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxsning moliyaviy va iqtisodiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 1 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi (yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
(21-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, mas’ul shaxs quyidagilardan biriga ega bo‘lgan taqdirda, unga ish stajiga ega bo‘lish bo‘yicha talab qo‘yilmaydi:
Sertifikatlangan ichki auditor (CIA)” yoki “Sertifikatlangan moliyaviy tahlilchi (CFA)” xalqaro sertifikatlari;
Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” yoki “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA)” xalqaro buxgalterlik sertifikatlari;
Sertifikatlangan risk menejeri (CRM)” yoki “Moliyaviy risk menejeri (FRM)” tavakkalchilikni boshqarishga oid xalqaro sertifikatlari.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
22. Mas’ul shaxs etib, ushbu shaxs tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish to‘g‘risida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri yoki xodimi bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin