Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə1/8
tarix12.10.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#154250
  1   2   3   4   5   6   7   8
sug;urta sher






20.107-gurux talabasi
Teshaboyev Sherdorbek
Fan: sug’urta ishi.


1-Savol: sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda sug'urta nazoratining huquqlari va majburiyatlari.
1-javob:
SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta sohasidagi munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi maqsadlarida va “Sug‘urta” faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat sug‘urta nazorati funksiyasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chiqarilgan normativ hujjatlari davlat boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi ma’muriy binodan qo‘shimcha xizmat xonalari ajratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-iyul,
286-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
2. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash;
sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, to‘lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan boshqa talablarni ta’minlash;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari mablag‘lari shakllantirilishi va joylashtirilishi bo‘yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash;
sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalterga qo‘yiladigan bajarilishi majburiy bo‘lgan malaka talablarini belgilash;
sug‘urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va muddatlarini belgilash;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari hosil qilish va joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta hodisalari boshlanishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanishi tartibi va shartlarini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin