Oldingi tahrirga qarang. (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda) O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish.
Moliya bozorining asosiy bo’g’ini bo’lmish sug’urta bozori va sug’urta xizmat turlari tobora rivojlanmoqda. Respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida sug’urta sohasining o’rni va ahamiyati beqiyos. Respublikada moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko’lamini kengaytirish, sug’urta tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu maqsadlarga erishish uchun sug’urta xizmatlarini davr bilan hamnafas va hamqadam bo’lgan holda rivojlatirish zarur bo’ladi.
Shu bilan birga islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning o’sishini ta’minlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yo’naltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug’urta bozorining rolini kuchaytirishni va sug’urta vositalarini keng qo’llashni taqozo etmoqda. Bugungi kunda sug’urta kompaniyalari tomonidan nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijiy mijozlarni ham ishonchini qozona oladigan sug’urta xizmatlarining keng turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, mintaqaviy sug’urta xizmatlarini kengaytirish, sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini samarali boshqarish milliy sug’urta bozorini rivojlantirishdagi asosiy muammolardan biridir. Bu holat mazkur mavzuning dolzarbligini ifodalaydi.
Sug’urta insoniyat tarixining tadrijiy rivojlanishi bosqichlarida moliyaviy munosabatlarning ajralmas tarkibiy qismi sifatida iqtisodiyotga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib kelgan. Hozirgi globallashuv jarayonida sug’urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o’zgarishlar qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariy-amaliy tadqiq etish dolzarb ekanligini anglatadi. Sug’urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti hisoblanadi, ayni vaqtda, bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda qayd etish lozimki, sug’urta faoliyati o’ziga xos tarzda shakllangan va keng qo’llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo’lib, barqarorlik omili sanaladi. Mamalakat sug’urta bozori rivojini prognozlash o’z navbatida, biznes sub’ektlari va aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta’minlash instituti sifatida sug’urta faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.
Sug’urta bozori mavjud bo’lishining asosiy sharti, sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning mavjud bo’lishi va sug’urtalovchilar bu talabni qondirish imkoniyatiga ega bo’lishlari bilan xarakterlanadi. Sug’urta bozori sub’ektlarning mustaqil bo’lishini, ularning o’zaro teng imkoniyatlar bilan raqobat olib borishi, asosiy munosabat sug’urta xizmatlarining oldi-sotdisi bo’yicha, ya’ni sug’urta xizmatlarini sotib olish gorizontal hamda vertikal rivojlanish aloqalarini olib borish bilan ta’riflanib kelinadi. Bizningcha, sug’urta bozorini nazariy jihatdan tadqiq etishda sug’urta va sug’urta faoliyatiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, sug’urta fuqarolar va korxonalarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy manfaatlarini himoya qiluvchisamarali vosita sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan.
Sug’urta munosabatlarida avval sug’urta zararini ishtirokchilar o’rtasida natural tarzda taqsimlash amalga oshirilar edi. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan sug’urta munosabatlari ham pul shaklida amalga oshirila boshlandi. Zararlarni pul shaklida qoplanishi eng avvalo o’zaro sug’urtalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ta’kidlash joizki, sug’urtalashning ilk shakllarida sug’urta mukofotlarining umumiy fondda jamg’arilishi kuzatilmasdan, balki sug’urta hodisasi ro’y bergandan so’ng zararning ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanishi amalga oshirilgan. Keyinchalik pulli munosabatlarning rivojlanishi bilan sug’urta sug’urta badallari evaziga oldindan shakllantirila boshlandi. Sug’urtaning maxsus fondni shakllantirish orqali amalga oshirilishi sug’urtalashning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
Milliy sug’urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, sug’urta xizmatlarining talab yuqori bo’lgan yangi turlarini joriy etish, iste’molchilarning sug’urta bozoriga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturiga muvofiq 2019 yil 2 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Unga mufoviq 2020-2022 yillar ichida sug’urtalovchilar (qayta sug’urtalovchilar) uchun ustav kapitalining minimal miqdorlari bosqichma-bosqich oshirib borish ko’zda tutildi.
Yuqoridagi qarorga ko’ra, 2020 yil 1 iyuldan umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida ixtiyoriy sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchilarning ustav kapitalining minimal miqdori 15 mlrd. so’m, umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida majburiy sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchilarning ustav kapitalining minimal miqdori 25 mlrd. so’m, faqat qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun esa 35 mlrd. so’m bo’lishi belgilandi. 1-jadval Sug’urtalovchilar (qayta sug’urtalovchilar) uchun ustav kapitalining minimal miqdorlari1 T/r Sug’urta faoliyatining turlari 2020 yil 1 iyuldan 2022 yil 1 iyuldan 1 Umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida ixtiyoriy sug’urta, mln. so’mda 15000 20000 2. Umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida majburiy sug’urta, mln. so’mda 25000 35000 3. Faqat qayta sug’urta, mln. so’mda 35000 45000 Mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar muayyan darajada, mamlakat sug’urta bozorini rivojlantirishga xizmat qilayotgan bo’lsada, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda sug’urta bozorini rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish sug’urta munosabatlarini rivojlantirishga va mamlakatda ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.