Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə2/8
tarix12.10.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#154250
1   2   3   4   5   6   7   8
sug;urta sher

Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari litsenziyalarining amal qilishini ko‘pi bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoxud sug‘urtaning ayrim turlari (klasslari)ga nisbatan to‘liq to‘xtatish, huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
(3-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
har bir moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oy o‘tgach sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug‘urta bozorining faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
4. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini tekshirish;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash;
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalovchilar ishini metodik ta’minlash;
sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug‘urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;
sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
sug‘urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;
respublikada sug‘urta faoliyati rivojlanishining holati va tendensiyalarini tahlil qilish;
sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha fuqarolarning takliflari va so‘rovlarini ko‘rib chiqish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish”.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
5. Davlat inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilardan sug‘urta faoliyati to‘g‘risida belgilangan hisobot va ularning moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, banklardan (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), fuqarolardan o‘ziga yuklangan funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-maydagi 193-sonli qarori tahririda)
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta to‘g‘risida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida sug‘urtalovchilar faoliyatini tekshirish, zarurat bo‘lsa buning uchun komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish;
davlat ijro etuvchi organlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va statistika hisobotini tekin olish.
6. Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 81-modda)
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va inspeksiya tomonidan o‘z funksiyalari amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
7. Sug‘urta nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning asosiy masalalari va Davlat inspeksiyasi faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
8. Davlat inspeksiyasi o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tashkil etadi.
9. Davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin