Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə4/8
tarix12.10.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#154250
1   2   3   4   5   6   7   8
sug;urta sher

2-Savol: SUG‘URTALOVCHI VA QAYTA SUG‘URTALOVCHINING INVESTITSIYA FAOLIYAT/I
2-Javob:
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1982]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-iyul,
68-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 3-iyuldagi 68-son buyrug‘iga
ILOVA

Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsion faoliyati to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatiga oid talablarni belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ijtimoiy sug‘urta tashkilotlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2. Mazkur Nizom maqsadlarida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
diversifikatsiya — mablag‘lar yoki ulardan olinadigan daromadlarning ehtimol tutilgan yo‘qotishlar tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) mablag‘larining turli qo‘yilma obyektlari o‘rtasida taqsimlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
investitsiyalar — foyda olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriladigan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) har qanday shakldagi qo‘lga kiritilgan yoki nazorat qilinadigan aktivlari;
investitsiya faoliyati — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
likvidlik — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun mablag‘larining nominal qiymatini saqlab qolgan holda ularni pul mablag‘lariga tezlik bilan konversiyalash imkoniyati;
mas’ul shaxs — investitsiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha majburiyat yuklatilgan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) xodimi;
foydalilik — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiyalaridan daromad olishi;
qaytarilish — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) mablag‘larini joylashtirishning aniq sharoitlarida investitsion tavakkalchilikni eng past darajaga keltirish orqali imkon qadar yuqori xavfsizligini ta’minlash. Ushbu holatda investitsion tavakkalchilik deganda investitsiyalardan olingan haqiqiy foyda mo‘ljallangan foydadan past bo‘lishi ehtimoli tushuniladi.
II. Investitsiya faoliyati obyektlari
3. Quyidagilar sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatining obyektlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;
xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;
bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
kredit tashkilotlariga qo‘yilgan omonatlar (depozitlar);

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin