Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek



Yüklə 32,07 Kb.
səhifə5/8
tarix12.10.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#154250
1   2   3   4   5   6   7   8
sug;urta sher

ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega bo‘lgan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalaga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari ustav kapitalida ulushli ishtirok etish, shuningdek ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotib olish;
lizing tashkilotlariga qarzlar (moliyaviy yordam);
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq chiqarilgan korporativ obligatsiyalar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiyalarni qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham amalga oshirishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Barpo etilishi va foydalanilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
III. Investitsiya faoliyatiga oid asosiy talablar
6. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) o‘z aktivlarini qaytarilish, likvidlik, diversifikatsiya va foydalilik prinsiplari asosida joylashtirishi lozim.
7. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagi asosiy shartlarga rioya etishga majbur:
investitsiyalar va ular bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni malakali boshqarish;
axborotlarning shaffofligi va konfidensialligini ta’minlash.
8. Investitsiyalar va ular bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni malakali boshqarish sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatiladigan investitsiya siyosatini tasdiqlash;
zarurat bo‘lganda, investitsiya faoliyatini tashkil etishga investitsiya maslahatchilari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilarini jalb qilish;

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin