Gurux talabasi


QUM TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARNI ANIQLASH



Yüklə 195,46 Kb.
səhifə21/23
tarix07.01.2024
ölçüsü195,46 Kb.
#202489
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Gurux talabasi-hozir.org

QUM TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARNI ANIQLASH
Texnikaviy talablar. Qumdagi changsimon zarralar, gil va loyqa zarralari zararli aralashma hisoblanadi. Ular qum donalarini qoplab olgan bo‘ladi, ularning sementtosh bilan tishlashuviga xalaqit beradi, bundan tashqari beton qorishmasining suvga talabini oshiradi, betonning mustahkamligini va sovuqqa bardoshliligini pasaytiradi.


Qumdagi bunday aralashmalarning umumiy miqdorini qumni suvda ivitish yo‘li bilan aniqlanadi. Qum ivitilganida mazkur aralashmalar (0,05 mm dan maydaroq zarralar) qum zarralaridan ko‘ra sekinroq cho‘kadi, shu tufayli ularni qumdan osonlikcha ajratib olish mumkin.
Asboblar. Qum ivitiladigan idish, tarozi, quritish javoni, vaqt o‘lchagich, shisha tayoqcha.
Ishlash tartibi. Qumdagi changsimon zarralarni ajratib olish tartibi quyidagicha, massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritilgan va elangan (g‘alvir ko‘zlarining diametri 5 mm) namunadan tarozida 1000 g tortib olinib, idishga solinadi va ustiga suv quyiladi. Suv sathi qum qatlami yuzidan taxminan 200 mm yuqori bo‘lishi lozim. Qum 2 soat ivitib qo‘yiladi, uni davriy ravishda shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi, 2 soatdan keyin qum jadal qorishtirilib, so‘ngra 2 minutcha tindiriladi, loyqa suv idishning pastki qismidagi ikki teshikdan boshqa idishga bo‘shatib olinadi, bunda qum tepasida qolgan suvning sathi 30 mm dan pasayib ketmasligi lozim. Bo‘shatib olingan suv o‘rniga idishga ilgarigi sathga etkazib toza suv quyiladi, qum yana shisha tayoqcha bilan qorishtirilib, 2 minutcha tindirib qo‘yiladi va loyqa suv yuqorida aytilganidek, yana bo‘shatib olinadi. Idishdan tip-tiniq suv tusha boshlaguncha qum shu tariqa yuvilaveradi. YUvilgan namuna to massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritiladi va zararli aralashmalarining umumiy miqdori 0,1% gacha aniqlikda formula yordamida hxisoblab chiqariladi. Natija jadvalga yoziladi


Quruq holdagi qumning massasi, g

Aralashmalar miqdori, %


yuvilishdan oldin


yuvilishdan so‘ng


1







2







Hisoblash formulasi:



Bu erda: - qumning idishda ivitilgandan oldingi massasi, g;

- qumning idishda ivitilgandan keyingi massasi, g.

Yüklə 195,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin