QUMNING ZICHLIGINI ANIQLASH (dala usuli bilan) Asboblar. Piknometr (zichlikni aniqlovchi asbob), tarozi, quritish javoni, elak. Ishlash tartibi. Qumning haqiqiy zichligi hajmi 100 ml va bo‘ynida belgisi bor piknometrda aniqlanadi. Qumning o‘rtacha namunasidan 30-40 g tortib olib, dumaloq teshikli (teshikning diametri 5 mm) g‘alvirda elanadi. G‘alvirdan o‘tgan qum boks yoki chinni kosaga solinib, massasi o‘zgarmaguncha quritish javonida 110±5°S haroratda quritiladi. So‘ngra kosani eksikatorda o‘tkir sulfat kislota yoki suvsiz kalsiy xlorid tepasida tutib, qum uy haroratigacha sovitiladi. Quritilgan qumdan ikki marta 10 g dan tortib olinadi va ular alohida-alohida piknometrga (10 g dan) solinadi. Piknometrlar toza, quritilgan va tarozida tortib massasi aniqlangan bo‘lishi lozim. Qum solingan har bir piknometr tarozida tortiladi. Keyin ularga (hajmining 2/3 qismigacha) distillangan suv quyiladi va aralashtiriladi, keyin piknometrlar qumli yoki suvli vannaga qiya holda joylanadi. Qum zarralaridagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun piknometrdagi suv (qum) qaynatiladi; havo pufakchalari chiqib ketgach, piknometr latta bilan artiladi, uy haroratigacha sovitiladi. Piknometrga qo‘shimcha distillangan suv (bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib) quyiladi va tarozida tortiladi. Keyin piknometrdan suv va qum bo‘shatib olinib, piknometr yaxshilab chayiladi va bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib distillangan suv quyiladi va yana tarozida tortiladi. Qumning haqiqiy zichligi 0,01 g/sm3gacha aniqlikda hisoblanadi.
№
Olingan qum miqdori, g
Olingan hajm, sm3
Siqib chiqarilgan hajm, sm3
Qumning zichligi, g/ sm3
1
2
Z ichlikning o‘rtacha qiymati- . . . .g / sm3
Hisoblash formulasi:
Bu erda: - piknometrning qum bilan birgalikdagi massasi, g;
- bo‘sh piknometrning massasi, g;
- piknometrning distillangan suv bilan birgalikdagi massasi, g;
- distillangan suv va qum solingan piknometrning havo pufakchalari chiqarilib tashlangandan keyingi massasi, g;
- suvning zichligi, 1 g/sm3ga teng. Rasm. Zichlikni aniqlovchi asbob.