6-ISH XABOYI MINERAL BOG‘LOVCHI MATERIALLAR XOSSALARINI ANIQLASH QURILISH GIPSINING ASOSIY XOSSALARI NORMAL QUYQLIGI MAYDALIGI QOTISHINING BOSHLANISHI OXIRI VA MARKASINI ANIQLASH Vazifa. Gips bog‘lovchi moddalarning xossalarini aniqlash. Gips bog‘lovchi moddalar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Qurilish gipsi havoda qotadigan bog‘lovchi moddadan iborat bo‘lib, gipstosh (CaSO4·2H2O) ni 150-1800S issiqda kuydirib tarkibida yarim molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfat (CaSO4·0,5H2O)ga aylantirib, tuyib maydalash yo‘li bilan olinadi. Qurilish gipsidan qurilish detallari va buyumlari tayyorlash maqsadida, shuningdek, suvoq ishlarida foydalaniladi. GIPS BOG‘LOVCHI MODDANING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH Maydalik darajasi bo‘yicha texnik talablar.
Gipsni turi
Maydalik darajasi turi
Elakda qolgan to‘la qoldik (№ 0,2 mm li elak), % ko‘p emas.
Dag‘al maydalanganlik
I
23%
O‘rtacha maydalanganlik
II
14%
Nozik maydalanganlik
III
2%
Ta’rif. Gipsning maydalik darajasi 0,2 nomerli elakda elangandan keyin qolgan qoldiqning miqdori bilan ifodalanadi.
Asbob va uskunalar. Elektron tarozi, 0,2 nomerli elak. I shlash tartibi. Quritish javonida 50-55°S haroratda bir soat mobaynida quritilgan gips namunasidan tarozida 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga soat oynasini qo‘yish va gipsni shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips turi 0,2 nomerli elakdan o‘tkaziladi. Gipsni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish kerak, gips qo‘lda elanadi, yoki elakni silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash jarayoni odatda 5-7 minut davom etadi, keyin asbob to‘xtatilib, elakning tubi ehtiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa idishga solinadi. Tekshirib ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) gips qog‘oz ustiga elanadi. Bir daqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05 g gips tushsa, elash nihoyasiga etkazilgan hisoblanadi. Gips kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan gips massasining dastlabki namuna massasi (50 g)ga nisbati sifatida aniqlanadi, bunda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati gips kukunining mayinlik qiymati sifatida qabul qilinadi. Gips namunasi- …………g. Hisoblash formulasi:
Elakda qolgan qoldiq - …….g. Maydalik darajasi -…….%