G‘ISHTNING MARKASINI ANIQLASH Oddiy pishiq g‘ishtga (plastik usulda qoliplangan) mustahkamlik bo‘yicha qo‘yiladigan talablar.
Mustahkamlik chegarasi, kamida
G‘ishtning markasi
75
100
125
150
200
250
300
Siqilishga, kgs/sm2 MPa
75
50
100
75
125
100
150
125
200
150
250
200
300
250
Egilishga, kgs/sm2 MPa
18
9
22
11
25
12
28
14
34
17
36
19
40
21
G‘ishtning markasi gidravlik pressda tekshirilgan g‘isht namunalarining siqilishdagi hamda egilishdagi mustahkamlik chegaralariga asoslanib aniqlanadi. a) SIQILISHGA BO‘LGAN MUSTAHKAMLIK CHEGARASINI ANIQLASH. Materialning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi deganda, shu materialdan tayyorlangan namunaning emirilishiga sabab bo‘ladigan kuchga mos bo‘lgan zo‘riqish tushuniladi. Asbob va uskunalar. Arra, chizg‘ich, sement qorishtirgich, gidravlik press. Ishlash tartibi. Sinash uchun tanlangan g‘ishtlar disk arrali stanokda qoq o‘rtasidan arralanadi, arralab ikki teng qismga bo‘linadi. SHu yarimtali g‘ishtlar markasi 400 dan past bo‘lmagan portlandsementdan tayyorlangan qorishma yordamida ustma-ust yopishtiriladi, bunda qorishma qatlamining qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmasligi, yarimtali g‘ishtlarning arra tekkan yuzalari qarama-qarshi tarafga qaratilgan bo‘lishi lozim. YArimtali g‘ishtlardan hosil qilingan namuna shaklan kubga o‘xshashi kerak (b-rasm). Tayyorlangan namunalarni laboratoriyada nam sharoitda 3-4 sutka saqlab, qorishma tarkibi toshdek qotgandan keyingina ularning siqilishdagi mustahkamligini tekshirish kerak. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash chog‘ida namunani gidravlik pressning pastki tayanchiga shunday o‘rnatish kerakki, uning geometrik markazi tayanch markazi to‘g‘risida joylashsin. SHundan keyin pressning yuqorigi tayanchi namuna ustiga tushirib qo‘yiladi va press nasosi ishga tushirilib, namuna to emirilguncha siqiladi. Pressning nazorat mili emiruvchi kuchni ko‘rsatib turadi.
№
O‘lchamlari, sm
Namuna yuzasi,sm2
Buzuvchi kuch, kgs
Siqilishga mustaxkamlik chegarasi, kgs/sm2 (MPa)
uzunligi
eni
1
2
Hisoblash formulasi: 2 ta namunaning o‘rtacha qiymati .......
b) EGILISHGA BO‘LGAN MUSTAHKAMLIK CHEGARASINI ANIQLASH.
Asbob va uskunalar. Gidravlik press, sement qorishma, 3 ta tayanch.
Ishlash tartibi. Egilishdagi mustahkamlik chegarasi butun g‘ishtni gidravlik pressda sinab ko‘rib aniqlanadi. Buning uchun g‘isht pressning bir-biridan 200 mm masofada joylashgan ikki tayanchga serbar yuzasi bilan yotkaziladi (rasm). Tayanchlar 10-15 mm radius bilan dumaloqlangan bo‘lishi kerak. G‘ishtning qoq o‘rtasiga xuddi shunday dumaloq tayanch orqali kuch qo‘yiladi. G‘isht tayanchlarda to‘g‘ri joylashishi va ularga yopishib turishi lozim, buning uchun g‘ishtning uchta joyiga, ya’ni tayanchlarga tayanib turadigan joyiga va tepadan kuch bilan bosib turadigan joyiga sement qorishmadan eni 20-30 mm bo‘lgan tasmalar yotqizish kerak. Agar g‘isht yorilib ketgan bo‘lsa, qorishma tasmalarni shunday joylashtirish kerakki, sinash paytida eng katta yoriq ostki tomonda bo‘lsin. Namunalar, to qorishma qatlami toshdek qotguncha 3-4 sutka laboratoriyada saqlanishi lozim. Sinash oldidan g‘ishtning ko‘ndalang kesimini uning tayanchlar orasidagi o‘rta joyidan 1 mm gacha aniqlikda o‘lchash kerak. G‘ishtlar 10 t gidravlik pressda sinaladi.
№
O‘lchamlari, sm
Tayanchlar orasidagi masofa
Buzuvchi kuch, kgs
Egilishga mustahkamlik chegarasi kgs/sm2 (MPa)
eni
qalinligi
1
2
3
O‘rtacha (3ta namunadan).....
Hisoblash formulasi:
Rasm. Egilishga sinash uchun tayyorlangan namunaning ko‘rinishi.