G‘ISHTNING G‘OVAKLIGINI ANIQLASH (hisoblash usuli bilan) Umumiy tushuncha va hisoblash formulasi. Materialning g‘ovakligi deganda, material hajmining g‘ovaklar bilan to‘lganlik darajasi tushuniladi. Materialning hajmi ayni paytda g‘ovaklar va kovaklarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. G‘ovaklar materialning suv yoki havo bo‘lgan mayda teshiklaridan iborat, kovaklarni esa erkin to‘kib qo‘yilgan materialning bo‘laklari orasidagi katta bo‘shliqlar tashkil etadi. Qurilish materiallarining g‘ovaklilik darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, shisha va metallning g‘ovakligi 0%ni, g‘ishtniki 25-35% ni, oddiy og‘ir betonniki 5-10% ni, gaz betonniki 55-85% ni, poroplastniki esa 90-95% ni tashkil etadi.
Sochiluvchan materialning haqiqiy g‘ovakliligi oddiy g‘ovaklik deb ataladi va quyidagi formula yordamida topiladi. Bizning misolimizda materialning to‘kma zichligi, haqiqiy zichlik o‘rnida, material donalarining o‘rtacha zichligi olinadi. Hisoblash formulasi
G‘ishtning zichligi -………….g/sm3 G‘ishtning o‘rtacha zichligi -…………g/sm3 G‘ishtning g‘ovakligi - ……………%
G‘ISHTNING SUV SHIMUVCHANLIGINI ANIQLASH Asbob va uskunalar. Quritish javoni, suv, suv solishga idish, tarozi. Ishlash tartibi. 3 ta butun yoki yarimta g‘isht harorati 15-200S li suv to‘ldirilgan idishga 48 soat yoki qaynab turgan suvga 4 soat solib qo‘yib suvga to‘yintiriladi. SHu muddat o‘tganidan keyin ular 105-1100S issiqda, to massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritiladi; so‘ngra tarozida ketma-ket ikki marta tortiladi, birinchi marta tortib aniqlangan massa bilan ikkinchi marta aniqlangan massa orasidagi tafovut 0,2% dan katta bo‘lmasa, uni barqaror massa deyish mumkin. G‘ishtlar obdon soviganidan keyingina tarozida tortilishi lozim. Quritilgan g‘ishtlar birinchi marta tortilib, oradan kamida 3 soat o‘tgach (ularni quritish va sovitishga ketgan vaqt ham shu hisobga kiradi), ular ikkinchi marta tortib ko‘riladi. G‘ishtlarni suvga to‘yintirish tartibi quyidagicha: g‘ishtlar harorati 15-200S li suv quyilgan idishga solib qo‘yiladi, suvning sathxi g‘ishtning ustki yuzasidan hisoblaganda 2-10 sm baland bo‘lishi lozim. G‘ishtlar 48 soatdan keyin suvdan olinadi, xo‘l latta bilan artiladi va darxol tarozida tortiladi, g‘ishtdan tarozi pallasiga oqib tushgan suvning massasi ham g‘ishtning massasiga qo‘shiladi.