GIPS HAMIRIDAN TAYYORLANGAN NAMUNA BALKACHALARI MUSTAHKAMLIGINI ANIQLASH (gipsning markasini aniqlash)
Gips bog‘lovchi moddalarga texnikaviy talablar (jadvalni to‘ldiring).
Gips markasi
|
40x40x160 mm li tayanch-namunalarini 2 soatdan keyingi mustahkamlik chegarasi, kam emas
|
siqilishga, MPa (kgs/sm2)
|
egilishga, MPa (kgs/sm2)
|
G – 2
|
2
|
20
|
1,2
|
12
|
G – 3
|
3
|
30
|
1,8
|
18
|
G - 4
|
4
|
40
|
2
|
20
|
G - 5
|
5
|
50
|
2,5
|
25
|
G - 6
|
6
|
60
|
3
|
30
|
G - 7
|
7
|
70
|
3,5
|
35
|
G - 10
|
10
|
100
|
4,5
|
45
|
G - 13
|
13
|
130
|
5,5
|
55
|
G - 16
|
16
|
160
|
6
|
60
|
G - 19
|
19
|
190
|
6,5
|
65
|
G - 22
|
22
|
220
|
7
|
70
|
G - 25
|
25
|
250
|
8
|
80
|
Asbob va uskunalar. Gidravlik press, 4x4x16 sm li qolip, moy, , qorishtirgich.
Ishlash tartibi. Gipsning mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun tomonlari 4x4x16 sm o‘lchamli namunalar tayyorlanadi, va ularni ikki soatdan so‘ng markasini bilish mumkin. Gipsni egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini bilan aniqlanadi. asbobida 3 ta qo‘zg‘aluvchan tayanch mavjud 2 ta tayanch balkachaning pastki tomonida 1 ta tayanch balkachaning tepa qismining qoq o‘rtasiga joylashgan bo‘ladi. Balkachalar tayyorlash uchun 1200 gram gips, gips massasida nisbatan 50-70% suv olinadi. Va aralashtirib qolipga quyiladi.
Olingan gips massasi - …..g; Suv mikdori -……sm3 yoki -…….% (gips massasiga nisbatan);
qorishtirish vaqti - ………soat min.; namunalar o‘lchami -……….; saqlash sharti - ………
a) Egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. 1200 g gips olinadi suvga solinadi, 60 sekund davomida aralashtirilib moylangan qolipga solinadi. 2 soatdan so‘ng 4x4x16 sm o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib egilishga bo‘lgan mustahkamligi topiladi. 2ta pastki tayanch orasidagi masofa 100 mm.
Hisoblash formulasi:
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Namunalar
|
O‘rtacha qiymat
|
1
|
2
|
3
|
Egilishga mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2 MPa
|
|
|
|
|
3-rasm. Egilish va siqilishga sinash sxemasi.
b) Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun 6 ta yarimta balkachalardan foydalanamiz. YArim balkachalarning tepa va pastki qismiga o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan yani yuzasi 25 sm2 bo‘lgan po‘lat listlar qo‘yiladi va gidravlik press yordamida siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi aniqlanadi
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Namunalar (yarimta)
|
O‘rtacha qiymat
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
| |
Manometr ko‘rsatishi, kgs
|
|
|
|
|
|
|
|
Kesim yuzasi, sm2
|
|
|
|
|
|
|
|
Siqilishga mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2 MPa
|
|
|
|
|
|
|
|
Hisoblash formulasi: Gipsning markasi:
LABORATORIYA №7
7-ISH GIDRAVLIK BOG’LOVCHI MATERIALLAR XOSSALARINING ANIQLASH PORTLANDSEMENTNING MAYDALIK DARAJASI NORMAL QUYQLIGI QOTISH BOSHLANISHI VA OXIRI MARKASINI ANIQLASH
Vazifa. Portlandsement xossalarini aniqlash.
Portlandsement haqida umumiy tushuncha. Tarkibida ko‘p miqdorda (70-80%) silikat kalsiy bo‘lgan bog‘lovchi material portlandsement deyiladi. Oxaktoshni, tuproqni olib kelinadi pishirib klinker olinadi va tayyor bo‘lgan klinkerga gips qo‘shib tuyiladi. Kuydirish harorati 700 -11000S. Sement narhining 26% yoqilg‘i uchun sarflanadi.
Portlandsementga qo‘yiladigan talablar (jadvalni to‘ldiring).
SEMENTNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH
Umumiy tushunchalar. Sement sifatini baholashda uning maydalik darajasi katta ahamiyatga ega. Sement klinkeri zavodda qanchalik mayda tuyilsa uning mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Asbob va uskunalar. 0,08 nomerli elak, elektron tarozi.
Ishlash tartibi. Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli to‘r tutilgan elakda elab ko‘rib aniqlanadi. Quritish javonida 105-110°S haroratda 2 soat quritilgan sementdan 50 g tortib olinadida, elakga solinadi, elakning qopqog‘i yopiladi va tagligi o‘rnatiladi, uni 5-7 minut davomida elab bo‘lgach elash to‘xtatiladi. Elakning qopqog‘i ochiladi, tekshirib ko‘rish maqsadida bir varaq yaltiroq qoroz ustiga sement qo‘lda elanadi (tekshirish uchun elash). Bir minut davomida elakdan 0,05 dan ko‘proq sement o‘tsa, elab sinash tugallangan xisoblanadi. SHundan keyin elakdagi sement qoldig‘i tarozida 0,01 g aniqlikda tortiladi.
Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli, to‘r tutilgan elakdagi qoldiq kabi, namuna dastlabki massasining protsentlarida xisoblab chiqariladi. O‘zgartirishlar kiritilgan GOST 10178-76 dagi talablarga muvofiq sement kukunining mayinlik darajasi shunday bo‘lishi kerakki, 008 nomerli to‘r tutilgan elakdan namunaning kamida 85% o‘tib ketishi, elakdagi qoldiq esa namunaning 15% idan oshmasligi lozim. Agar laboratoriyada sement elaydigan maxsus asbob bo‘lmasa, namunani shunday elakda qo‘lda elashga to‘g‘ri keladi.
Sement massasi-……… Sementning maydalik darajasi - ……….%
SEMENT «HAMIRINING NORMAL» QUYUQLIGINI ANIQLASH
Umumiy tushuncha. Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini bildiradi. Suv miqdori % da o‘lchanadi.
Asbob va uskunalar. Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich.
Ishlash tartibi. Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida GOST 310.3-76 ga muvofiq aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga diametri 10 mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi. Harakatlanadigan sterjenning metall sopcha bilan birgalikdagi massasi 300±2 g ni tashkil etishi lozim. Sinash oldidan sterjenning bemalol surilishini, metall sopchaning tozaligini, o‘zak miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va plastinkani mashina moyi bilan yupqa qilib moylash zarur.
Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan artilgan metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga normal quyuqlikda hamir qorishga etadigan miqdorda o‘lchab quyilgan suv quyiladi. Sementdan birinchi marta hamir qorib qurish uchun taxminan 110-112 sm3 (sement massasining 25-28% i miqdorida) suv olinishi kerak. Suv quyilgan chuqurchaga po‘lat kurakcha bilan sement to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir kurakcha yordamida iylanadi va kosa vaqt-vaqti bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va uni iylash jarayoni sementdagi chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5 minut davom etishi lozim. Qorilgan hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga bir yo‘la joylash, xalqani besh-olti marta silkitish uni plastinkaga bosib turgan holda, plastinkani stolga sekin-sekin urish lozim. Sement hamirining ortiqchasi xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib tashlanadi. Xalqa plastinkasi bilan birga Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi, metall sopcha xalqaning qoq o‘rtasida hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab shu vaziyatida mahkamlanadi. SHundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi, shunda sterjen bilan birga sopcha ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan 30 sekund o‘tgach, metall sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan yozib olinadi. Agar sopchaning uchi shisha plastinkaga 5-7 mm etmagan bo‘lsa, unda hamirning quyuqligi normal hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7 mm dan balandroqda to‘xtagan bo‘lsa, tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib xamir qorishga to‘g‘ri keladi. Agar metall sopcha bundan pastrokda to‘xtasa, sinaladigan hamirga suv kamroq qo‘shilishi lozim. Xullas, hamirning normal quyuqligi topilgunga qadar suv miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal quyuqlikdagi hamir hosil bo‘lishi uchun talab qilinadigan suv miqdori (%) sementning massasi bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda hisoblab chiqarilishi lozim.
Sement massasi:-……..g.
Normal quyuqlikda hamir tayyorlash uchun sarflanadigan suv miqdori…….
Vika asbobining rasmi.
Dostları ilə paylaş: |