H qon ketish va qon yo‘qotish m ashg‘ulotning maqsadi


‘tkir qon yo‘qotish klinikasi



Yüklə 26,37 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü26,37 Kb.
#177159
1   2   3   4
ХДХ 1

0 ‘tkir qon yo‘qotish klinikasi
0 ‘tkir qon yo'qotish belgilari qon ketish tezligi va yo'qotilgan
qon ketishi qancha kuchli bo'lsa, o'tkir qon yo'qotish klinikasi shuncha og'ir kechadi. Qon hajmi 1/3 qismining tez yo'qotilishi hayot
uchun xavf soladi; umumiy qon hajmining yarmini yo'qotish esa
o'limga olib keladi. 65 kg og'irlikda qon hajmi besh litrni tashkil
qiladi. Shunday qilib 1,5—1,7 litr qon yo'qotish xavfli, 2,5 litr esa
o'lim ga olib keladi. Lekin klinikada qon yo'qotishga individual
sezuvchanlik bilan bog'liq og'ishlar ham bo'lgan. Yosh bolalar va
qarilar qon y o 'q o tish n i y o m o n o'tkazadilar. Ayollar jinsi qon
yo'qotishga chidamli. Qonning tez oqib ketishi, uzoq qon ketishda
moslashuvchi mexanizmlar ishga tushishga ulgurmaydi. Surunkali qon
ketishda moslashtiruvchi mexanizmlar qon ketishni movofiqlashtiradi.
Organizmning umumiy holati — ozg'in, holsiz, jismoniy charchagan,
kasallik va operatsiya o'tkazgan, semiz shaxslar qon ketishni yomon
o'tkazadilar.
O'tkir qon yo'qotish belgilari. Teri qoplamlari va ko'rinadigan shilliq
28
qavatlarning quruqligi, yuzning o'tkirlashishi, ko‘z oldi qorong'ilashishi,
quloqda shovqin, bosh aylanish, ko'ngil aynish, qayt qilish - qayt qilish markazi va bosh miya po'stlog'ining ta’sirlanishi bilan tushintiriladi.
Puls tez, kuchsiz, ipsimon. Arterial va markaziy venoz bosimining pasayishi kuzatiladi. A/B 6 0 -5 0 mm.sim.ust. va undan pasayganda oliy nerv
faoliyatida o ‘sib boradi: dastlab bezovtalik, keyin qo'rquv, halok bo'lish
hissi, yuzning tushkunlik ko'rinishda boiishi, dezoriyentatsiya, depressiya, hush chalkashligi va yo‘qotish bo'ladi. Hushni yo'qotgandan keyin
talvasa, siydik, axlatni ixtiyorsiz ajralishi va o'lim bo'ladi. Tashqi qon
ketishda birinchi tibbiy yordam qo'l ostidagi bor narsalar bilan shoshilinch
tez qon ketishni vaqtincha to'xtatishdan iborat.
Qon ketishni vaqtincha to'xtatish usullari, BTY (birinchi tibbiy
yordam). Urush maydonida qon ketish bo'lganda yordam, qon ketishni
vaqtincha to'xtatish usullari qo'llanadi (arteriya yoki vena shikastlanishiga ko'ra). Arteriyani barmoq bilan bosish, jarohatdan yuqori joy
bosiladi. Bu usul kam hollarda qo'llanadi. BTP yoki BrTP da bu
usul erta qo'yilgan jgutni tekshirish yoki almashilishda yarador ko'p
qon yo'qotmasligi uchun qo'llanadi. Masalan, qon ketayotgan tomirga
qon to'xtatuvchi zajimlar qo'yiladi.
Barmoq bilan bosish arteriya bosiladigan nuqtalarda bosilib, bu
yerda arteriya suyak ustidan o'tadi. Chakka arteriyasi chakka suyakka,
tashqi yuqori jag' arteriyasi — pastki jag' burchagiga, uyqu arteriyasi
to 'sh -o 'm ro v so'rg'ichsimon mushakning ichki yuzasi bo'ylab, o'rta
yoki pastki 1,3 qismidan bo'yin umurtqalari tomonga bosiladi.
O 'm r o v osti arteriy asin i o 'm ro v n in g o 'rta s in in g o rq asid an
qovurg'aga barmoq bilan bosiladi; qo'ltiq osti arteriyalari esa qo'ltiq
osti chuqurchasi tom ondan yelka suyagining proksimal uchiga bosiladi.
Yelka arteriyasi yeikaning ikki boshli mushagini ichki yuzasi to m o n idan yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasi chov boylami ostidan son
suyagining proksimal oxiriga bosiladi.
Barmoq bilan bosish asosan qisqa vaqt ichida, masalan, jgut
bog'lashda qo'llanadi. Barmoq bilan qon to'xtatishni vrachgacha va
birinchi vrachlik yordam ko'rsatishdagi ahamiyati ana shular.
Q o'l-oyoqni maksimal bukish. Qo'ltiq osti chuqurchasi va ularga
yaqin joylashgan tomirlardan qon ketishni to'xtatish uchun bo'g'imning
bukiluvchi yuzasiga paxta bo'lagi qo'yiladi va uning ustidan shu
b o'g'im bukiladi. Keyin qo'l yoki oyoq bukilgan holatda bint bilan
bog'lanadi. Bu usul keng tarqalmagan, lekin uning yordamida qiyin
ahvoldan chiqish mumkin. Qo'l-oyoqlarning o 'q tekkan sinishlarida
bu usul qo'llanilmaydi. Bunday holatda bintlangan yaradorlarni olib
chiqish va evakuatsiya qilish qiyin.
Bosuvchi bog'lam. Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonida
mayda kalibrli arterial va venoz tomirlardan, kapillyardan qon ke-
29
tayotgan yaradorlarni 29,6% da qo'llangan. Bosuvchi bog'lam qo'yish
uchun odatda 1 ta yoki 2 ta individual bog'lam paketi qo'llaniladi.
Jgut qo'yish. Jang maydonida qon ketishni vaqtincha to'xtatish
usuli hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shu maqsadda uni 65,6% yaradorlarda qo'llashgan.
Jgut qo'l oyoqlarni distal qismining ishemiyasini chaqiradi. Muskul
kam bo'lgan va nerv suyakka yaqin joylashgan joyda nerv stvoli suyakka siqilishi natijasida kuchli shikastlanadi (yelkaning o'rtasi — bilak
nervi, boldirning yuqorisi - kichik boldir nervi). Uzoq vaqt (ikki
soat va undan ortiq) qo'yilgan jgut oyoq-qo'lni chin gangrenasini
keltirib chiqaradi, shuning uchun sovuq bo'lmagan vaqtda 2 soatgacha,
sovuq davrda 1 soatdan keyin jgut shikastlangan q o 'l-o y o q d a
kollateriyalar bo'ylab oqimini vaqtincha tiklash uchun jgut yechiladi
va jarohatlanganni transportirovka qilish maqsadida jgut qayta qo'yiladi.
Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi jgut qo'yish qoidasini bilishi va
jgut qo'yish qoidasini bajara olishi kerak. U yirik arteriyalar shikastlanganda qo'yiladi.
Jgut qo'yish qoidasi. Terini ezmaslik va nekrozni chaqirmaslik
uchun uni bintdan qilingan yoki boshqa bir matodan (sochiq, yirtilgan
ko'ylak va b.) oraliq bilan himoya qilinadi. Jgut to'g'ri kiyimga,
uning burmalarini to'g'rilab qo'yish mumkin. Jgut yelkaning 1,3 qismining o'rtasiga, boldirning yuqori qisniiga bilak va kichik boldir
nervlarini shikastlamaslik uchun qo'yilmaydi.
Jgut qo'yishdan oldin arterial qonni to'xtatish uchun oyoq yoki
qo'l ko'tariladi. Jgut jarohatdan proksimalroq, iloji boricha unga
yaqinroq, ortiqcha tortmasdan jarohatdan qon oqishi to'xtaguncha
va periferik arteriyalarda puls yo'qolguncha siqib qo'yiladi. Jgut
bosimi qo'yilgan joyda arterial bosimdan 15—20 mm. simob.ust.
yuqori bo'lishi kerak. Jgut yaradorda ko'rinishi kerak. Qo'yilgan
vaqti haqida qog'ozga belgilab qo'yiladi, jgut oyoq-qo'lda 2 soatdan ko'p turmasligi kerak, qishda esa 1 soat.
Jgut qo'yish texnikasi. Jgut qo'yayotgan shaxsning bir qo'li tashqi
tomonda, ikkinchisi oyoq-qo'lning ichki tomonida bo'lishi kerak. Jgut
cho'ziladi va cho'zilgan qismi bilan asosiy shikastlangan tomir sohasiga qo'yiladi. 1-tur bo'shashib ketmasligi uchun kesishma qilinadi. Hamma vaqt jgut tortilib turiladi, uni qo'l-oyoq atrofida bir necha marta
jgut yo'llari yonma-yon qilib, bir-birini ustiga tushirmasdan o'raladi.
Jarohatni zich tamponadalash (BrTP). Agar bosuvchi bog'lashning
natijasi bo'lmasa, jgut qo'yishga esa jarohat sohaning anatomik xususiyatlari yo'l qo'ymasa (dumba sohasining chuqur jarohati, sonning
yuqori 1,3 qismidagi chuqur jarohat), uzun steril salfetka bilan
jarohatga zich bosib tampon qo'yiladi.
30
Jang maydonida va vrachgacha bo'lgan yordam (BTP). Jang maydonida qon ketishni vaqtincha to'xtatish uchun qo'llaniladigan barcha
BTP tartibini o'z ichiga oladi. Lekin BTP dagi o'rta tibbiy xodimining
malakasiga qarab qon ketishni vaqtincha to'xtatish ancha sifatliroq bo'ladi
va erta qo'yilgan bog'lam va jgutlar bemor ahvolini yengillashtiradi.
Vrach yordami (BrTP). BrTP bog'lov xonasida barcha yaradorlarga erta qo'yilgan jgutlar ko'zdan kechiriladi va ular ko'rsatmaga binoan
qo'yilganmi, yo'qmi shuni aniqlaydi.
Erta qo'yilgan jgutni nazorat qilish texnikasi. Jarohatdan bog'lam,
jgut yechiladi, jarohat ko'zdan kechiriladi. Jgut yechiiganda hatto katta arterial qon tomirlar ham qonamaydi. 2—3 daqiqadan so'ng reaktiv
giperemiya boshlanadi.
Agar arterial qon ketish bo'lsa, ya’ni och qizil rangli qon urib
turib, fontanga o'xshab oqsa, magistral qon tomir barmoq bilan 2
daqiqa bosiladi (bu — jgutni yechishdan aw al qon ketishni oldini
olish uchun qon tomirni bosib turish ham mumkin). Kutib turiladi.
Bu qo'l-oyoq distal qismlariga arterial qonni kollateral arterial qon
tomirlar bo'ylab oqishini ta ’minlaydi.
Jgut yechilgandan so'ng agar qon ketish davom etsa, quyidagilar
amalga oshiriladi:
a) BrTPda katta qon tom irdan kuchli qon ketsa, yana jgut
qo'yiladi va birinchi o'rinda ATOga qon ketishni doimiy to'xtatish
uchun yuboriladi;
b) jarohatni ilmoq bilan ochib, arteriyaga qon to'xtatuvchi zajim
qo'yishiga va qon tomirni jarohatda bog'lashga harakat qilinadi. Shubhali hollarda zajim olinmaydi: shu holda yarador ATOga yuboriladi;.
d) qon tomirni jarohatda tikish;
e) jarohat tubidan kuchli qon ketganda jarohatga steril dokadan
zich tam ponada qo'yiladi va tam pon ustidan teri, teri osti yog' kletchatka va mushaklarni birga qo'shib, 2—3 chuqur chok qo'yiladi;
0 ko'rsatilgan hollarda qon tomirni shikastlangan joydan yuqoriroqdan bog'lash (tikish).
B u nday h o llard a I-tib b iy k a r to c h k a tu tilib , unga kerakli
m a’lumotlar yoziladi va yaradorni ATO ga yuboriladi.
Agar jgut yechilgandan so'ng jarohatdan arterial qon to'xtamasa,
kerakli asoslarsiz qo'yilgan bo'lishi mumkin. Qon ketishni to'xtatishda
bosuvchi bog'lam qo'yish maqsadga muvofiq. Har qanday usul bilan
v a q tin c h a q on to 'x ta tis h d a n s o 'n g asep tik b o g 'lam q o 'y ilad i
(ko'rsatmaga binoan), qo'l-oyoq transport immobilizatsiyasi qilinadi,
qish vaqtida qo'l-oyoq isitiladi.
Jan g m ay d o n id a qisqa m u d d atg a jgut q o 'y ilg an y arad o rlar
(4 soatdan kech bo'lm agan), qon ketishini doimiy to'xtatishga tushishlari kerak.
31
Mashg‘ulot mavzusi bo'yicha talabalar ega bo'lishi kerak bo'lgan
amaliy ko'nikmalar.
Qon ketishini vaqtincha to'xtatish:
1. Arteriyani barmoq bilan bosish.
2. Oyoq-qo'lni maksimal bukish.
3. Bosuvchi bog'lam.
4. Jarohatning zich tamponadasi.
5. Jgut qo'yish.
6. Jarohatda qonayotgan tomirga qisqich bog'lash.
7. Jarohatda tomirni bog'lash.
8. Qonayotgan jarohatdan yuqorida tomirni bog'lash (tikish).

Yüklə 26,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin