H qon ketish va qon yo‘qotish m ashg‘ulotning maqsadi


Quyidagi tasnif qabul qilingan



Yüklə 26,37 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü26,37 Kb.
#177159
1   2   3   4
ХДХ 1

Quyidagi tasnif qabul qilingan:
Birlamchi qon ketish travma yoki jarohatdan biroz vaqt o ‘tgandan
keyin turli qon tomirlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.
Qayerdan qon ketayotganiga ko‘ra qon ketishlar b o ‘ladi: arterial
- arteriya qon tomirdan; arterio-venoz — arteriya va venoz qon
tom ir birgalikda shikastlanganda; venoz - vena qon tomirlaridan;
kapillyar - kapillyar qon tomirlardan; parenxim atoz - turli xildagi
parenxim a organlardan.
Turli xildagi qon ketish belgilari:
1. Arterial qon ketish. Qon oqim bilan, fontansimon ketadi.
Chiqayotgan qon miqdori qon tom ir kalibrlari va qon toniirdagi
jarohat kattaligiga bog'liq. Qon rangi och qizil. Arterial qon ketishni
jarohat va yurak oralig'idagi qon tomirni bosib to'xtatiladi.
2. Arterial-venoz qon ketish. Qon tezda jarohatni to'ldiradi. Qon
rangi qizil. Jarohatdan yuqoridagi qon tom ir bosilganda qon ketish
to'xtamaydi, lekin qon rangi ham o'zgarmaydi. Jarohatdan pastki
qon tomirlar bosilganda ham qon ketish to'xtamaydi, lekin qon rangi
esa och qizil bo'ladi.
3. Venoz qon ketish. Qon bir xilda sekin urib turmaydigan oqim
bilan ketadi. Oqim rangi to'q (qizil) rangda. Jarohatdan yuqoridagi
tomirlar bosilsa, qon ketish kuchayadi.
4. Parenximatoz qon ketish. Parenximatoz organlar qon tomiri
organning biriktiruvchi to'qim a stromasi bilan uzviy aloqada, shuning
uchun kesilganda ular bir-biridan ochilib qoladi va bir-biriga mos
kelmaydi. Qon ketish ko'p va to'xtatish juda qiyin.
Ikkilamchi qon ketish birlamchi qon ketishda qon tomir bevosita
zararlanib, u o'zi yoki qandaydir davo usullari bilan to ’xtatilgandan
keyin rivojlanadi. Ikkilamchi qon ketish asosan bir marta bo'ladi,
27
lekin qaytarilishi ham mumkin. Bunda ularni qaytalanuvchi yoki retsidivli deyiladi.
Erta va kechki ikkilamchi qon ketish yaqin 2—3 kun ichida jaro ­
hatlangan qon tomir defektini to ‘ldirib turgan trombning ko‘chishi,
qo'yilgan ligaturani siljib ketishi yoki qon tomir devoridagi yot tanani
ko‘chishidan kelib chiqadi. Erta ikkilamchi qon ketish hollari kamdan
kam kuzatiladi va asosan bu shikastlangan q o i yoki oyoqni yaxshi
immobilizatsiya qilmay Iransportirovka qilganda kuzatiladi.
Ichki qon ketish odatda 10—15 kundan keyin, b a’zan jarohatlanishdan bir necha soatdan keyin b o ‘ladi. Ikkilamchi qon ketishning
sabablari:
1. Dori vositalarni qabul qilganda A/В ni oshishi qon tomirda
shakllanib ulgurmagan trombni ko'chirib yuboradi.
2. Qon tomirga qo'yilgan drenajning, qattiq bosishi yot metall
(o‘q, parcha), singan suyak parchasining surilib qolishi qon tomirda
yotoq yarani paydo qiladi va natijada ikkilamchi qon ketish bo'ladi.
3. Qon ketishda texnik usullarni noto‘g ‘ri qo'llash — qon tomirga
qo'yilgan ligaturaning surilib ketishi, yechilib ketishi. Jarohatdagi yiringli — yallig'lanish jarayoni trombning yumshashi va erishiga olib
keladi va natijada bu ham ikkilamchi qon ketishiga sabab boiadi.
Ikkilamchi qon ketish sabablariga yana sepsis trombning erishiga olib
keladi, shuningdek, qon tomirlarda umumiy va qisman reparativ jarayonlarning buzilishiga olib keluvchi holatlar: qon yo'qotish, travmatik shok, oqsil yetishmovchiligi va boshqalar sabab boiadi.

Yüklə 26,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin