ONANI ROZI QILISH HAQIDA Bahz ibn Hakim raziyallohu anhu (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: “Rasulullohdan: “Ey Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?” — deb so‘radim. “Onangga”, dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh:
“Onangga”, — deyaverdilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda:
“Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, — dedilar.
OTA-ONA HAQINI ADO QILISH HAQIDA Abu Muso Ash’ariy (r.a.)ning o‘g‘li Abu Burda (r.a.)ning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi:
Onayi zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman,
Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam.
U shuni o‘qib turib Abdullohga qaradi-da: “Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila olma dimmi?” — deb so‘radi. “Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas”, — dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonayi Ka’bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakaat namoz o‘qib olib, menga qarab: “Ey, Abu Muso Ash’ariyning o‘g‘li! Mana shu yerda o‘qiladigan ikki rakaat namoz o‘zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, — dedilar.
ODAM OTA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI Abdulloh ibn Amri rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam (s.a.v.): “Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri — ota-onasini haqorat qilmoqdir!” — dedilar. Shunda: “Yo Rasululloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i mumkin?” — de yishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur”, — deb javob qil dilar”. QARINDOSH-URUG‘LARIGA MEHR-OQIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG‘ BO‘LMOG‘I HAQIDA Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning “Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!” deganlarini eshitganmen”, — deydilar.