Hafta yangiliklari



Yüklə 56,7 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü56,7 Kb.
#169527
1   2   3   4   5   6
Metodoliya.1-seminar

Postmodernizm g‘oyalari kontekstida pedagogik tadqiqotlarning asosiy masalalaridan biri – har bir inson “o‘zining ayniyligi va o‘z burchini” anglashi, uning noyobligi bilan mos keluvchi umuminsoniy qadriyatlarning ierarxiyasini yaratishi uchun sharoit yaratuvchi iste’dod va imkoniyatlar, ehtiyojlar, dalillar, manfaatlar, uning madaniy borlig‘ining xilma-xilligini hisobga olgan holda har bir alohida shaxsning genetik imkoniyatlari rivojlanish sharti sifatida individual ta’lim traektoriyalarini tanlash imkonini yaratuvchi polifonik ta’lim tizimlarini loyihalashtirishdir. Postmodernizm pozitsiyasidan ta’limning, u qanchalik ratsional asoslanmasin, o‘zgarmas universal modelining mavjudligi imkoniyati inkor etiladi. Ilmiy asoslanganlik va gumanitar ta’lim modellarini ishlab chiqishga qaratilgan pedagogik tadqiqotlarning aksiologik doirasi quyidagi falsafiy konsepsiyalar ta’siri ostida shakllantirilgan: ekzistensializm, falsafiy antropologiyapostmodernizm va boshqalar: inson yaxlitlik, aksiologik voqelik sifatida; insonning hayoti va salomatligi qadriyat sifatida; har bir alohida shaxsning ko‘p qirraligini tan olish; subyektivlik qadriyat sifatida; inson rivoji qadriyat sifatida; insondagi “individuallik”, “o‘ziga xoslikni” rivojlantirish qadriyat sifatida (noyob individual genetik kod, individual mazmunga ega, individual hayot mazmuni, ong va tushunchaning individual uslubi va boshqalar).

Pedagogika fanlari bo‘yicha yozilgan dissertatsiyalar ekspertizasi shuni ko‘rsatadiki: a) aniq-ilmiy tadqiqotlarning falsafiy asoslari ko‘pincha uni loyihalashtirish yoki dissertatsiyani “rasmiylashtirish” bosqichida taqdim qilinadi; b) falsafiy konsepsiya va yondashuvlar tadqiqotning nazariy, aksiologik va normativ modellari bilan munosabat uyg‘unligida ochib berilmaydi, ba’zan esa ular dissertant tomonidan “asoslangan” u yoki bu didaktik model bilan zid bo‘ladi; v) pedagogik tadqiqotlar uchun falsafiy yondashuv, toifa va tushunchalarning o‘zgartirishlarsiz qabul qilinishi xarakterlidir. Masalan, “falsafiy lug‘atlarda “metodologiya” nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish usullari haqidagi ta’limot sifatida izohlanadi” tarzidagi fikr ko‘rinishida.


Yüklə 56,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin