Hakamlik vazifalarida musobaqalarga hakamlik qilish



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə4/5
tarix11.05.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#111755
1   2   3   4   5
HAKAMLIK VAZIFALARIDA MUSOBAQALARGA HAKAMLIK QILISH

Chiziq hakamlari
Chiziq hakamlari (4 ta bo'lganda) may donning har bir burchagidan 1-3 m uzoqlikda joylashadilar va o'z chiziqlarini nazorat qiladilar. Agar o'yinda 2 ta chiziq hakami ishtirok etsa,sular maydon burchaklaridan 1-2 m uzoqlikda bir-biriga diagonal holatda joylashadilar. Ular yon va orqa chiziqlarni o'z tomonlaridan nazorat qiladilar. Chiziq hakamlari qo'llaridagi bayroqchalarni harakatlantirib, quyidagilarni ifodalaydilar: to'p maydonga yoki chiziq ustiga tushsa, bayroqni pastga (maydonni ko'rsatib) tushiradilar; to'p maydon tashqarisiga tushsa yoki chegara­lovchi antenna tashqarisidan o'tsa, bayroqni yuqoriga ko'taradilar.
Voleybol qoidalarining barchasini ushbu kitobda yoritish mumkin emas, lekin biz eng asosiy holatlar ustidagina to'xtab o'tdik. Yuqoridagi materialni o'zlashtirishda «Voleybolning rasmiy qoidalari» qo'llanma-sidan foydalanish zarur bo' ladi.
Voleybol bo'yicha musobaqalar o'quv-mashg'ulot ishlarining asosiy qismidir. Ular mashg'ulotlardagi jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik samarasini ko'rsatib beruvchi yakuniy ko'rsatkich bo'lib ham hisoblanadi. Musobaqalar tasdiqlangan taqvimiy reja asosida o'tkaziladi.
Sport musobaqalari sportchini tarbiyalashda katta o'rin tutadi. Voleybol bo'yicha musobaqalar oldiga qo'ygan vazifalariga ko'ra quyidagi turkumlarga bo'linadi: chempionatlar, kuboklar, saralash va yordamchi musobaqalar (tayyorlov, nazorat va boshqalar).
Chempionat va kubok musobaqalari - eng asosiy musobaqalar bo'lib, bu musobaqalarda eng kuchli jamoalar aniqlanadi. Bu musobaqalar ko'lami turlicha bo'ladi: jahon, qit'a, mamlakat, viloyat; shahar miqyosidagi va boshqalar.
Saralash musobaqalari o'z maqsadi va vazifasiga ko'ra asosiy musobaqalarning keyingi bosqichiga chiqish yoki malakali o'yinchilarni ma'lum bir jamoa tarkibiga qabul qilishni nazarda tutadi.
Yordamchi musobaqalar tarkibiga quyidagilarni kirgizish mumkin: ko'rgazmali musobaqalar voleybolni ommaviylashtirish va targ'ib qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular ommaviy sport bayramlarida, o'quv yurtlarida, tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.
- qisqartirilgan musobaqalar (blits turnirlar) g'olibni aniqlash
uchun qisqartirilgan partiyalar bilan o'tkaziladi. Bunday musobaqalar
bayram kunlarida, sport mavsumlarining ochilishida tashkil qilinadi.
- tasnif musobaqalari - sport tayyorgarligi darajasini aniqlash va
sport tasniflarini (razryadlar) berish maqsadida tashkil qilinadi.

  • tenglashtiruvchi musobaqalarning asosiy vazifasi kuchli raqib jamoasi bilan uchrashishga imkon berish yo'li bilan kichik tasnifdagi sportchilarning o'sishini rag'batlantirishdan iborat.

  • nazorat va tayyorlov musobaqalari jamoa va alohida o'yinchilarning oldindagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik holatini aniqlash maqsadida o'tkaziladi.

Mashg'ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o'rinni egallaydi.
Yordamchi musobaqalar asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining yarmida rejalashtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko'pincha bir yilda 2-3 marotaba o'tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o'rni ko'p yillik tayyorgarlik bosqichiga bog'liq bo'ladi.
Shunday qilib, boshlang'ich bosqichlarda faqat tayyorlov va nazorat musobaqalari rejalashtiriladi va o'tkaziladi.
Sportchilar malakasining o'sib borishga qarab, keyingi ko'p yillik tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar sportchining tayyorgarlik darajasining asosiy nazorat shakli bo'libgina qolmay, balki sport mahoratini takomillashtirishning zarur omilidir.
Musobaqalarni rejalashtirganda tayyorgarlikning o'ziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar shunday tanlanishi kerakki, ularning yo'nalishi, qiyinchilik darajasi ko'p yillik tayyorgarlikning tuzilishi, vazifasi bilan qat'iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar sportchi uni o'zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo'yilgan vazifalarni yecha oladigan bo'lsa musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan, musobaqa va mashg'ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda o'z imkoniyatini ochib berishi zarur. To'rtinchidan, musobaqalar dasturi va qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta'minlashi kerak.
Musobaqa turlari.
Musobaqalar, razryad, tenglashtirish (gandikap) musobaqalari sifatida o`tkaziladi.
1. K l a s s i f i k a s i ya musobaqasi muayyan sport razrya-
diga normativlarni bajarish, sport razryadini tasdiqlash yoki ko`tarish imkoniyatlarini berish maqsadida o`tkaziladi.
Eslatma: Ishtirokchilar klassifikatsiyasi ularning har qanday musobaqalarda erishgan natijalariga qarab ham belgilanishi mumkin.
2. R a z r ya d musobaqasi muayyan sport razryadiga ega bo`lgan
sportchilar uchun o`tkaziladi. Razryad musobaqasi o`tkazilayetganda
a) ishtirokchilarning razryadi. Butunittifok yagona sport klassifikatsiyasiga muvofiq musobaqa o`tkazilayetgan yilning 1 yanvariga belgilanadi.
b) yuqori razryadli yengil atletlar kuyi razryadli yengil atletlar musobaqalarida qatnashishga ruxsat etilmaydilar.
v) kuyi razryadli yengil atletlar esa razryadi o`zidan biroz
katta bo`lgan yengil atletlar musobaqalarida qatnashishlari mumkin.
Masalan, 3 razryadlilar 2 razryali sportchilar musobaqalarida qatnasha oladilar.

3. T ye n g l a sh t i r i sh (gandikap) musobaqalari kuchlari


turlicha bo`lgan ishtirokchilar uchun ularning imkoniyatlarini bir-biriga moslab o`tkaziladi. "Tenglashtirish" musobaqalari o`tkazilayotganda:
a) musobaqaning shu nomerida kuchlirok bo`lgan ishtirokchilarga qandaydir tenglashish imkonini beradilar. Berilgan fora kuchsizrok ishtirokchilarning galabaga erishish imkonyatini boshqalar bilan taxminan tenglashtirilish lozim.
b) yugurish va yurish musobaqalarida tenglashtirish bir necha metr amalga oshirilib, kuchsizrok ishtirokchi bosib utadigan distansiya qisqartiriladi. M, 100 m ga yugurish musobaqasida kuchlirok ishtirokchilar bu distansiyani tula bosib utadilar, kuchsizroklari esa undan kamrogini bosib utadilar. Bunda ham ishtirokchilar o`zlari uchun (tenglashtirishga muvofiq) belgilangan joyda aynan bir vaqtda start qiladilar.
v) sakrash va uloqtirish musobaqalarida tenglashtirish biroz kuchsizrok ishtirokchilarga bir necha sm yoki m dan berilib ishtirokchining musobaqada erishgan ko`rsatkichlariga qo`shiladi. Erishilgan natija va foradan iborat yigindi sungi shartli natijani ko`rsatiladi. Musobaqa ishtirokchilarining kolgan o`rni shunga qarab belgilanadi.
g) musobaqa kuni har bir qatnashchi uchun belgilangan tenglashtirish chegini o`zgartirish bo`lmaydi.
d) har bir ishtirokchi uchun tenglashtirish miqdori musobaqadan bir kun oldin, sudyalar kollegiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda shu yilgi mavsum musobaqalarida qatnashuvchilar erishgan zayavkada ko`rsatilib qo`yilgan yutuq natijalariga amal qilinadi.
ye) agar ikki va undan ko`proq qatnashuvchining musobaqada erishgan sungi natijalari bir xil bo`lib qolsa, tenglashtirish miqdori kamrok bo`lgan sportchi eng yaxshi o`rinni egallagan hisoblanadi.
d) agar ikki va undan ko`proq qatnashuvchining musobaqada erishgan sungi natijalari bir xil bo`lib qolsa, tenglashtirish miqdori kamrok bo`lgan sportchi eng yaxshi o`rinni egallagan hisoblanadi.
4. Yuqori pogondagi musobaqalarida eng kuchli sportchilarni tanlab olish asosiy musobaqalar qatnashchilari safiga kushish va ularning har birini shaxsiy birinchilikda egallagan o`rnini belgilash maqsadida kvalifikatsiya musobaqalari o`tkaziladi.
Asosiy (kechki) musobaqalarda ishtirok etganlarning kvalifikatsiya musobaqalarida erishgan natijalari shaxsiy birinchilikni belgilashda hisobga olinmaydi.
Eng kuchli qatnashuvchilar safiga kirmay kolgan qatnashuvchilar orasiga o`rinlar kvalifikatsiya musobaqalari natijalariga qarab belgilanadi.
Kvalifikatsiya musobaqalarning faqat sakrash va uloqtirish o`tkaziladi. Kvalifikatsiya qatnashuvchilaridan musobaqa nizomiga muvofiq miqdoridagi qatnashuvchilargina asosiy musobaqalarga kiritiladi.
Eslatma: Balandlikka sakrash va shest bilan sakrash bo`yicha kvalifikatsiya musobaqalari o`tkazilayetganda kvalifikatsiya normasi shu musobaqani o`tkazayotgan tashkilot tomonidan belgilanadi. Kvalifikatsiya musobaqasida ham dastlabki balandlik musobaqasining bosh xakkami tomonidan belgilanadi. Ishtirokchilarga oldindan e’lon qilinadi. Katshuvchilar belgilangan normativni bajarilishlari bilanok kvalifikatsiya musobaqasi to`xtatiladi. Ishtirokchilardan birortasi ham kvalifikatsiya musobaqalaridan ozod qilinmaydi.
Musobaqa natijalarini baholash
1. Shaxsiy-komandalar va komandalar musobaqalarini o`tkazganda komandalarni olgan o`rnini aniqlash uchun ayrim ishtirokchilarning erishgan natijalari programmaning har bir nomeriga qarab baholanadi.

2. Erishilgan natijalarni baholash yengil atletika joriy jadvali bo`yicha odatda ochkolar bilan baholansada boshqa sistemalardan foydalanishga qarab baholash ham ruxsat etiladi.

3. Har bir musobaqa nizomida qanday baholash sistemasi qabul qilinishi albatta ko`rsatilishi lozim.

4. Shaxsiy - komandalar musobaqalarida natijalar jadvali bo`yicha baholanganda erishilgan eng yaxshi natijalar komanda birinchiligi uchun sinov hisoblanadi. Garchi bunday natija kvalifikatsiya musobaqalarida dastlabki musobaqalarda yoki final musobaqalarida ko`rsatilgan bo`lsa ham hisobga olinaveradi.

5. Komandalar musobaqalarida va match uchrashuvlarida bir xil natijalarga erishilsa va bu natijalar o`rnini belgilash uchun qo`shimcha musobaqalar o`tkazishni talab qiladigan darajada bo`lsa ham qo`shimcha musobaqalar o`tkazilmaydi va o`rtadagi o`rinlar teng bo`ladi.

Musobaqalarni bekor qilish

1. Musobaqa o`tkazayotgan tashkilot musobaqaning bir yo bir necha turni yoki programmani bekor qilishga xaqli.
Eslatma: Musobaqa o`tkazuvchi tashkilot o`z fikrini bosh hakamga yozma holda bildirish kerak.
2. Musobaqani bekor qilish, uning boshlaishini kechiktirish boshlangan musobaqaning uning boshlanishi kechiktirish boshlangan musobaqani to`xtatish yoki vaqtincha tanaffus e’lon qilish musobaqa bosh hakamining ixtiyorida bo`ladi va quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
a) agar musobaqa o`tkaziladigan joy noqulay yoki tayyorlanmagan bo`lsa;
b) agar asbob-anjomlar yoki inventar bo`lmasa, yoki bunday narsalar tayyorlanmagan bo`lsa yo bo`zilgan bo`lsa;
v) agar musobaqaning o`tkazilishiga ob-havo sharoiti imkon bermasa, qorong`i tushib qolsa, yoki musobaqani normal borishiga xalal beradigan boshqa sabablar bo`lsa;
g) agar meditsina xodimlar bo`lmasa;
d) agar programmani ayrim nomeri bo`yicha o`tkaziladigan musobaqa startiga zayavkada ko`rsatilgan qatnashuvchilardan faqat bittasigina chiqqan bo`lsa;
Eslatma: Agar programmaning bu nomeri komanda birinchiligi uchun hisoblansa, qatnashuvchi bitta bo`lganda ham musobaqa o`tkazilaveradi. Bunday hollarda qatnashuvchi erishgan natija komandaga hisoblanib, shaxsiy birinchilik o`ynalgan hisoblanmaydi.

Ariza va shikoyatlar

1. Qatnashuvchilar yoki komanda vakillarida musobaqalarning to`g`ri olib borilayetganligiga shubxa yoki biron savol tugilsa, shuningdek qatnashuvchilar yoki vakillarning fikricha, ayrim sudyalarning qarorlari noto`g`ri deb topilsa, komanda vakillar sudyalar kollegiyasiga ariza va shikoyatlar bilan murojaat etishlari mumkin.
2. Vaqt arz qilishga sabab bo`lgan hodisani musobaqa davomida hodisadan keyingi 15 minut mobaynida og`zaki tarzda bildiradi. Ariza bilan bosh sudyaga yoki uning o`rin bosarlariga murojaat qilinishi lozim. Agar og`zaki arz darhol xal qilinmasa yoki uning shikoyatini yozma holda, dalillar bilan asoslab to`pshirishi kerak.
3. Shikoyatlar musobaqalarning shu turi tamom bo`lganidan keyingi bir soat mobaynida shu kungi musobaqa natijalarini xal qiladigan sudyalar kollegiyasi majlisi boshlanmasdan to`pshirilishi lozim.
4. Sudyalar kollegiyasi og`zaki bayonoti tezlik bilan xal qilish shart. Yozma shikoyatni darhol xal qilish imkoni bo`lmasa, majlisda muxokama qilish mumkin.
Eslatma: Yakkama-yakka yugurish yoki ayrim final o`yinlar o`tkazilishi xaqida arz yoki shikoyatlar tushsa, uni keyingi davra boshlangungacha xal qilmog`i lozim. Agar masalani darhol xal qilish imkoniyati bo`lmasa, shikoyat to`pshirgan qatnashuvchilar kelgusi musobaqaga shartli ravishda qo`yilishi mumkin. Shikoyat bo`yicha xal qilinadiganmasala bosh sudyaning ye uning o`rinbosarining yozma qarori yoki sudyalar
kollegiyasi majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi.
5. Sportchining musobaqada qatnashish - huquqiga yo uning yoki bu komandaga mansub ekanligi masalasiga oid arz va shikoyatlar mandat komissiyasiga yoki shu musobaqa o`tkazilayetgan tashkilotga berilishi kerak.

MUSOBAQADA QATNASHUVCHILAR.

Qatnashuvchilarni yoshi

1. Musobaqada qatnashuvchilar yoshiga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi.

Uspirinlar guruhi.
(13 va 14 qiz va ugil bollar)

Kichik yoshdagi usmir va qizlar guruhi


(15 va 16 yoshdagi qiz va usmirlar)

Katta yoshdagi yigit va qizlar guruhi


(17 va 18 yoshdagi yigit va qizlar guruhi)

Kattalar guruhi

19 dan 35 yoshgacha bo`lgan ayollar
19 dan 40 yoshgacha bo`lgan erkaklar

Katta yoshdagilar guruhi

36 yoshda va undan katta bo`lgan ayollar
41 yoshda va undan katta bo`lgan erkaklar

2. Bolalar va usmirlar gurxidagi qatnashuvchilarning yoshi tugilgan yilga qarab belgilanadi.


3. Katta yoshdagi yigit va qizlar musobaqalarida kichik yoshdagi qiz va usmirlar guruhiga, shuningdek kichik yoshdagi usmir va qizlar musobaqalarida kattayoshdagilarga qatnashish ruxsat etilmaydi.

Mustakillikka erishganimizdan keyin «Ta'lim tugrisida»gi konun (1992 yil 2 iyul). «Jismoniy tarbiya va sport tugrisida»gi konun Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Soglom avlod uchun» farmoni (1993 yil 4 mart) kabul kilindi. Milliy kurash buyicha Uzbekiston birinchiligi, Osiyo va xalkaro musobakalari utkazila boshladi. 1998 yilda xalkaro kurash assosiasiyasi tashkil kilinib, uning Prezidenti etib, I. A. Karimov taynlandi. 1999 yilda boshlab jahon birinchiligi utkazilib kelinmokda. A. Kurbonov, K. Murodov va T. Muxammadiyevlar birinchi jahon chempionati goliblari unvonini kulga kiritgan sportchilardir.


Jismoniy mashklar tabiatning tibbiy kuchlari, gigiyenik faktorlar va maxsus bilimlar milliy kurashning sport mashguloti uslubiy asoslari hisoblanadi.
Jismoniy mashklar yordamchi va asosiy mashklarga bulinadi. Umumiy rivojlantiruvchi mashk, yordamchi mashklar katoriga kiradi. Va soglikni mustahkamlashga, sportchining har tamonlama jismonan kamol toptirishiga xarakat sifatlarini takomillashtirishga karatilgan buladi. Asosiy mashklarga tayyorlovchi, harakatni uzgarmas holatini, turli xilda ushlab olib uloktirishga yerga yikitishga urgatadi.
Davlat dasturiga asosan milliy kurash darslarini utish mobaynida atamalardan foydalanish muammosi tugildi. Atama milliy kurash jarayonida bajariladigan jismoniy xarakatlarning nomlanishidir.
Juda kadimdan ota-bobolarimiz, avlodlarimiz kurashib kelishgan va shu kurashlardagi usullar-harakatini uzlaricha nomlashgan, hamda baholashgan. Masalan: Kushimcha tuyachil, ichchil, kuchikchil, Paypechak, Kokma, Shipirma, Kulchil, Karmok usullari.
Shulardan biri Kushma usulini olsak hozirgi vaktda ishlatiladigan «Chalish» usulini uzidir. Bu «chalish» asosan 4 kismga bulinadi.

  1. Ikki oyokni orkadan chalish uslubi.

  2. Belbogdan ushlab yon tomondan chalish.

  3. Oldindan chalish.

  4. Ikki yoklama chalish va usullarining bajarilishi.

Darsning asosiy titlari kuzda tutilgan vazifa va dars mazmuniga kura kuyidagicha buladi.



  1. Nazariy tayyorgarlik darslari.

  2. Ukuv musobaka darslari.

  3. Umumiy jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik tayyorgarlik texnik va taktik tayyorgarlik darslari, gruppaviy, individual va aralash darslar.

  4. Amaliy darslar – ukuv yoki kalendar musobaka.

  5. Kursatmali (namunali) darslar.

  6. Musobakalarning maxsus yiginlar, uslubiy seminar mashgulotlari.

Milliy kurash sport turidagi tayanch iboralar ya'ni atamalardan foydalaniladi. Halol, yonbosh, chala, tanbex, dakki, girom, teng vakt, kurash, tuxta va hakozo. Kurashning har-xil turlari umumiy konuniyatlarga ega hamda ular kuyidagilrdan iborat.



  1. Kurashda ikkita sportchi katnashadi. Ulardan har biri usullari yoki karshi usullari yordamida uz rakibi ustidan galabaga erishadi. Shunday kilib, kurashning har bir alohida dakikalarida xujum kilayotgan va xujum aytayotgan kurashchi, ya'ni usul yoki kombinasiya bajarayotgan kurashchi va usul hamda kombinasiya uyushtirilayotgan kurashchi mavjud.

  2. Har bir kurashchi xarakat faoliyatining asosiy vazifalaridan biri bu tanlangan holatni saklab turishdir.

  3. Hujum kilayotgan kurashchining vazifasi rakibning gilamga nisbatan holatni uzgartirish uchun uni muvozanatdan chikarishdan iborat. Bunda kurashlarni bir-biriga nisbatan xolatlari turli xilda uzgarib turishi mumkin.

  4. Gilamga nisbatan holatni holatni uzgartirish shu bilan yengillashtiriladiki bunda kurashchilarning gilamga karatilgan ogirlik kuchidan foydalaniladi.

  5. Rakib gavdasining ma'lum bir berilgan nuktasiga zarur kuch berish har bir usulning biomexanik asosini tashkil kiladi.

  6. Usul kuch buyicha golib bulishga imkon beradi va ular bir necha kismdan iborat: tayyorgarlik harakati, ushlab olish, asosiy harakat, xujum hamda yakunlovchi xolatlar.

  7. Har-bir usul uzgartirilishi va dinamik vaziyat hamda rakib xususiyatlariga karab murakkablashtirilishi mumkin.

  8. Har bir usul uzining marom-sur'attavsiflariga ega. U bellashuvning har xil vaziyatlarida yoki bugun bellashuvda uzgartirilishi mumkin.

  9. Har bir usulni bajarish joyi kurash gilami ulchamlari bilan chegaralangan. Kurash turlarining mazmuni, alohida kurash turida kurashchilarning harakatlari uziga xos xususiyatlariga ega ekanligiga karamasdan, umumiy asosga ega va bir xil belgilariga karab tasnivlangan.

Kurash texnikasi asosiy usullarining yagona tasnifi va tuzilishining ishlab chikishda kuyidagi vazifalar ishlab chikishda kuyidagi vazifalar kuyilgan.
Kurash texnik xarakatlari urtasidagi uzaro boglikligining turli tumanligi va murakkabligini ochib bergan holda uning mohiyatini aks etirish.

  • Gilamda sodir etilayotganlarni kurash turiga kiyoslamagan holda aks etirish;

  • Hamma kurash turlari uchun umumiylikni aniklashga yordam berish,

  • Har bir kurash turining uziga xos xususiyatlarini saklab kolish,

  • Har bir kurash turiga boshka turlardan (shu katorda milliy kurashdan) eng yaxshi usullarni uzlashtirish imkonini yaratish.

  • Asosiy texnik usullarini «maktabni bajarish»ga tasniflash.

  • Usullarni ta'riflash uchun kuyidagilarni bilish zarur.

  1. Gilamda nima bajarildi (tashlash, utkazish, agdarish x.k.) ya'ni usul kaysi kichik guruhga taalukli ekanligi.

  2. Usul kanday bajarildi (orkaga egib, oldinga engashib), ya'ni xujum kilayotgan kurashchining asosiy harakatini tavsiflovchi usul kaysi guruhga taalukli.

  3. Usul. Kanday ushlab olish va boshka xususiyatlar bilan bajarildi ya'ni ushbu holda usulning kanday varianti nazarda tutildi. Masalan, kullar va gavdadan ushlab olib orkaga egilib tashlash.

Sport kurashini ukitish – bu sport kurash nazariyasi va uni ukitish uslubiyati tugrisidagi bilimlar kurashchining musobaka, hakamlik pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan kunikma va malakalar ahamiyatga ega.
Ukitish maksadi shugillanuvchilarda murabbiyning kasb faoliyati konsepsiyasini aks ettiruvchi bilimlar tizimini shakillantirishdan iborat. Ushbu konsepsiya bilim va malakalar, ilmiy fikrlash uslublari, shugillanuvchilarda ongli hamda amaliy faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni uz ichiga oladi.
Sport kurashi nazariyasi va ukitish uslubiyati ukuv fanining uziga xos sharoitlari hamda xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy vazifalar kuyidagilardan iborat.
Milliy kurashda Musobakalarni tashkil kilish va dars utkazish joylarga kuyiladigan gigiyenik talablar.

  1. Har bir halkaro turnirlar, kit'alar birinchiligi, jahon birinchiligi va olimpiya uyinlari dasturidagi kurash musobakalarida, fakatgina halkaro kurash assosiasiyasi tomonidan tasdiklangan hakamlar faoliyat kursatadi.

  2. Xakamlar hay'atining tarkibi.

a) bosh hakam, b) bosh hakam yordamchilari, ularning soni musobakalar utkaziladigan gilamlar sonidan bir kishiga kup bulishi lozim.
v) bosh kotib va gilam kotiblari.
g) Gilamdagi hakamlar va gilam chetidagi hakamlar.
d) Vaktni nazorat kiluvchi hakam.
ye) Tablodagi hakam.
ё) E'lon kiluvchi hakam.
j) Musobaka komendanti.
z) Musobakani tibbiy hodimi (shifokor).


  1. Musobaka vaktida hakamlar kurash gilamiga chikkan vaktida, urtadagi xakam kulini kuksiga kuyishi bilan chetdagi ikkala hakam ham kulini kuksiga kuyib, tamoshabinlarga va bosh hakamga karab buyin egib ta'zim kiladilar.

  2. Hakamlar harakati bosh xakam va hakamlar hay'ati tomonidan nazorat kilib boriladi. Agarda ular musobaka koidalariga zid hatti-harakat kilsalar, hakamlik vazifasidan mahrum kilinib, musobakadan chetlashtiriladi va tegishli tashkilotga yuboriladi.

  • Kurashchilar kuk yaktak va ok rangli ishton kiyishlari shart va birinchi chakirilgan katnashchi kuk yaktakni kiyadi, ikkinchi esa yashil kiyadi. Ranglarning rakamlari: kuk- 5 zm; yashil – 4 kx.

  • Kurash formasi paxtadan tayyorlangan yaxshi holatda bulishi, mato uta kattik bulmasligi shart.

  • Kuyidagicha belgilash ruxsat beriladi.

  1. Davlat gerbi (chop kukrakda maksimal ulchami 10x10 sm).

  2. Yaktakni uzunligi tizzadan 15-20 sm balandlikda bulishi kerak.

Bel atrofida ikki marta uralib boglangan belbogning tugundan uchigacha bulgan kismi 20 sm dan kam bulmasligi kerak. Yaktak yenglari uzunligi kupi bilankul tirsagidan va yeng orasi 8 sm bulishi kerak.

  1. Kurashchi ayollar yaktak ichidan ok rangli maxkam futbolka yoki kalta yengli yokasiz kuylak kiyib, tiriko ichida bulishi kerak.

  2. Agar kurashchining kiyimi talabga javob bermasa, xakam kurashchidan uni almashtirishni talab kilishi shart. Kurashchi kullarini oldinga uzatib, xakamni yaktak yenglari belgilangan koidalarga mos ekanligiga ishontirish shart.

  3. Har ikkala jinsdagi kurashchilar ham yalang oyokda kurashadilar.

  • Kurash gilamining minimal ulchami 14x14 m maksimal ulchami 16x16 bulishi kerak.

  • Kurash gilami odatda kizil yashil, kuk, ok va och yashil ranglardan iborat material bilan koplanishi shart.

  • Kurash gilami ikki maydonga bulinadi. Bu maydonlarni ajratib turadigan chizik «Xavfli chizik» deyiladi, uning minimal ulchamlari 8x8 m, maksimal ulchamlari esa 10x10 m buladi.

  • Havfli chizik tashkarisidagi maydon «havfli maydon» deyiladi va eniga 3 m buladi,

  • Eniga 1 m va uzunligi 2 m bulgan xavfsiz maydondagi ikki ok chizik bellashuvni boshlash va tugatish maydonchalarini belgilaydi. Bu chiziklar bir-biridan 5 m uzoklikda bulishi kerak.



Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin