Darajali funksiya. 𝛼 haqiqiy son va ixtiyoriy x musbat son uchun x 𝛼 soni har vaqt aniqlangan bo‘ladi. x < 0 va 𝛼 = 𝑚 n bo‘lganda y < x 𝛼 funksiya aniqlanmagan. Biz x > 0 hol bilan shug‘ullanamiz. Har qanday 𝛼 haqiqiy son uchun (0; +∞) musbat sonlar to‘plamida aniqlangan y = x 𝛼 funksiya mavjud. Unga 𝜶 ko‘rsatkichli darajali funksiya deyiladi, bunda x – darajaning asosi. Darajali funksiya x = 1 da y = 1 dan iborat doimiy funksiyaga aylanadi.
Darajali funksiyaning asosiy hossalari:
1. Darajali funksiya barcha x > 0 qiymatlarda aniqlangan.
2. Darajali funksiya (0; +∞) da musbat qiymatlar qabul qiladi.